Kanal
Texnologiya

Turmush kundalik tashvishlarini xursandchilik olib kelivchi ermakka aylantiruvchi va uy xo'jaligida o'rnini bosilmaydigan yordamchilarga aylanadigan 14 ta juda zo'r devauslar

Turmush kundalik tashvishlarini xursandchilik olib kelivchi ermakka aylantiruvchi va uy xo'jaligida o'rnini bosilmaydigan yordamchilarga aylanadigan 14 ta juda zo'r devauslar

Bu yo'sindagi qurilmalar uy xo'jaligida jufa tez orada haqiqatda ham o'rni bosilmaydigan yordamchilarga aylanadi. Uning foydasini birinchi o'rinda eng band uybekalari baholaydilar. Shunisi ham muximki, bu devayslarni topish unchalik ham qiyin emas.

Shar - changyutgich

Ko'rinishidan qiziqarli o'yinchoq bo'lib ko'rinadigan yorqin, yumshoq sharcha, aslida esa, robotlashtirilgan changyutgichdir. Uchta o'rnatilgan batareyka yordamida sharcha pol bo'ylab dimalab yurib, chang va mayda chiqindilarni o'zining onson yechiladigan va tozalanadigan, yumshoq mikroto'lqinli yuzasiga yig'ib chiqadi. Mocoro absolyut darajada shovqinsiz ishlaydi, shunday qilib, tozalash jarayoni uydagilarning xech birini bezovta qilmaydi, batareykalarning quvvati esa, uch soatga etadi va bu vaqt sifatli tozalash uchun etib ortadi.

O'rnatilgan akkumulyator va raqamli dvigateli bor bo'lgan, ixcham va juda katta quvvatli qo'l changyutgichi. Moslama atigi bir yarim kilogram vaznga ega bo'lib, unchalik katta bo'lmagan joylarni tozalash uchun mo'ljallangan. Akkumulyatorning zaryadi atigi yigirma daqiqaga yetadi, ammo, so'rib olishning hayratomus quvvati hisobiga, bu vaqt avtomobil salonini, oshxonani yoki vannaxonani sifatli tozalash uchun yetib ortadi. 

Miniatyur UVe moslamaning alohida tozalik kerak bo'ladigan xonalardagi pollarni sifatli tozalash va dezinfeksiyalashh uchun genial ixtiro. Dezinfektorning ishlash prinsipi juda oddiy: dok stansiyasi bilan birga moslamani tozalanishi lozim bo'lgan yuza ustiga qo'yib, uni yoqish kerak bo'ladi. Shundan so'ng, moslama ultrabinafsha nurlanish orqali, shoshilmasdan belgilangan maydonni ishlov qilishni boshlaydi. Prosessning oxirida moslama mustaqil ravishda bazaga qaytadi.

Qiziqarli qor tozalovchi robot radioboshqaruv pultiga ega bo'lib, holdan toydiruvchi hovlidag qor tozalashni maroqli vaqtichog'likka aylantira oladi. Moslama taxminan, 30 - 40 daqiqa to'xtovsiz ishlashga yetadigan akkumulyator bilan jihozlangan bo'lib, u unchalik katta bo'lmagan hovli va bog' yo'laklarini tozalashga yetarlidir.

Mushuklar - bu maftunkor xayvonlar bo'lib, inson hayotiga ko'p pozitiv olib kelishga qodir. Mushuk egalari duch keladigan yagona noqulaylik, bu mushuklar xojatxonasini tozalash. Bu jarayonni yengillashtirishda elektron datchik o'rnatilgan, avtomatlashtirilgan mushuklar xojatxonasi yordam berib, u xayvonning xojatxonadan foydalanganligini aniqlab, xaskashga o'xshash xayvon faoliyat maxsulotlari va qumaloqlarni yig'ishga mo'ljallangan mexanizm bilan, hamda hamma axlatlar yig'iladigan, berkitilgan konteyner bilan jihozlangan. 

Mebelni changdan va mayda chiqindalardan sifatli tozalash uchun qo'lqop ko'rinishidagi qulay changyutgich - chetka. Qurilma ikki qismdan iborat bo'lib: ichida kichkina motorcha berkitilgan bilakuzuk va axlat yig'ish uchun mo'ljallangan konteyner, hamda kaftida. chyotkasi bor qo'lqoplar. Changyutgich - qo'lqop ham tarmoqdan, ham avtonom holda ishlaydi, lekin, akkumulyatorning zaryadi faqatgina 10-15 daqiqaga yetadi.

Jozibdor va juda qulay gubka yorqin gul ko'rinishida bo'lib, - idish yuvish jarayonini qiziqarli jarayonga aylantirivchi, oddiy devays.

Birinchi qarashdan bu jihoz oddiy kir yuvish mashinasidek ko'rinadi, biroq, haqiqatda bu model sensoFresh funksiyasi bilan jihozlangan bo'lib, u kiyimini atigi 10 daqiqa ichida yuvib beradi. Bu, suv ishtirokisiz, hamma hidlarni aktiv kislorod orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Siemens kir yuvish mashinasi maxsus, junli kiyimlar va oyoq kiyimlar uchun mo'ljallangan, savatcha bilan jihozlangan bo'lib, ular yuvish jarayonida buyumlarni drformasiyadan saqlab qoladi.

Oyna yuvish jarayonini xuzur bag'ishlaydigan deb hisoblaydigan odamni topish juda qiyin bo'lsa kerak. Lekin, kir oynalar xech kimni ilhomlantirmaydi.  Bunda insonga yuqori texnologiyalar yordamga keladi - avtomatlashtirilgan moslama  Winbot Window Cleaning Robot oynaga vakum so'rg'ichlar yordamida mustaxkamlanib, oyna yuzalarini sifatli tozalaydi.

Original changyutgich, elektr zaryadi bilan ta'minlovchi, ishchi stansiya hamda, mayda axlat va changlarni yig'ish uchun mo'ljallangan kichik tayoqchadan tashkil topgan. Bu, tayoqcha zaryadlangan statik elektr bo'lgani sababli ro'y beradi. Moslama barcha kichik maydonchalarni va yetib borish qiyin bo'lgan joylarni hamda kiyimlar va oyoq kiyimlarni changdan va uy xayvonlari yunglaridan tozalash uchun juda yaxshi to'g'ri keladi.

Par yordamida buyumlarni yangilash va barcha yoqimsiz hidlarni yo'q qilish imkonini beruvchi, mini - ximik tozalash funksiyasi asosiy hususiyati bo'lgan, innovasion veshalka. Veshalka qora va oq ranglarda taqdim etilgan bo'lib, har qanday javonda o'rinli bo'ladi.

O'zi bilan olib yurish mumkin bo'lgan,  protativ kir yuvish mashinasi. Innovasion moslama o'rtasida juda kichik sensor ekrani bor va kir yuvishni boshlash va tugatish uchun mexanik, start - stop tugmasidan tashkil topgan. Kir yuvish yuqori bosim ostidagi par yordamida amalga oshiriladi.

Barcha turdagi yuzalarni sifatli dezinfeksiyasini o'tkaza oladigan va hamma mikroblarni ultrabinafsha nurlanish yordamida yo'q qila oladigan protativ qurilma. Quyidagi devays ustiga juda ko'p mikroblar yig'iladigan, oshxonadagi stollarni, bolalar xonasidagi mebellarni, hamda maishiy texnika va klaviatura hamda, noutbuklarni tozalashga juda to'g'ri keladi.

Ko'ykak va futbolkalarni dazmollash haqida tamoman esdan chiqarishga imkon beruvchi unikal qirilma FondiMate apparati o'zi atigi besh daqiqa ichida hamma ishni bajaradi. Mashinaga, faqatgina, 10 - 15 futbolkalarni joylashtirib va qisqa vaqt o'tgandan keyin, saranjomlik bilan taxlangan, dazmol qilingan kiyimlarni olib ketish kerak bo'ladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish