Tovadagi mini pitsalar: bir kiprik qoqishda tayyor bo’ladi!

• 2 stakan un
• 1 stakan qatiq
• 0,5 choyqoshiq soda
• 2 dona tuxum
• 150 gr pishloq
• 300 gr kolbasa
• 200 gr pomidor
• bir chimdim tuz va murch

Pitsalar uchun odatiy usulda qatiqli hamir tayyorlab olinadi. Buning uchun yuqorida keltirilgan barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtirasiz. Nachinka masalliqlarini esa qirg’ichdan o’tkazasiz yoki to’rtburchak shaklda to’g’rab olasiz.

Sovutgich ichidan bulg’or qalampiri, ko’katlar topilsa, ularni ham ayamasdan qo’shavering. So’ng barcha masalliqlarni xamirga aralashtirib, qizdirilgan o’simlik yog’ida qizarguniga qadar qovurib chiqasiz.

Yoqimli ishtaha!


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.