Toshkentning qaysi tumanida tug‘ilishingiz kerak edi ?

Toza va ravon yo'llar, chiroyli daraxtlar, yaqin masofada joylashgan zo'r do'konlar - bularning ba'ri siz uchun! Bundan kamiga loyiq emassiz!
Bu yerda siz umuman zerikmaysiz, chunki Chilonzor aynan sizga o'xshagan - suhbatkash, pozitiv, oddiy bolalar yashashadi!
Agar siz jiddiy odam bo'lib keraksiz gaplarga vaqtingiz bo'lmasa demak - Yunus-Obod aynan siz uchun! Chunki bu yerda hamma ishlari bo'yicha shoshilib yurishadi.
Sizga eski shaxarda yashash juda maqul keladi - bu yerda eski Toshkentdan ko'p narsalar saqlanib qolgan. Misol uchun kichik qadimiyroq uylar, hunarmandchiliklar va an'anaviy udumlar saqlanib qolgan.
Siz hech qayerga shoshmaysiz, shuning uchun markazdagi ish yoki o'qish joyingizga yetib borish qiyin emas 🙂 Shuningdek bu yerda yaqinda metro quriladi!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.