Kanal
Qiziqarli

Tomorqa yeringizni jannatmakon joyga aylantiradigan 17 jozibador va haddan tashqari oddiy g’oyalar

Tomorqa yeringizni jannatmakon joyga aylantiradigan 17 jozibador va haddan tashqari oddiy g’oyalar

Bo’yoqlar bilan qurollangan holda odatda o’g’itlar, yomg’ir suvi yoki ahlat uchun mo’ljallangan eskizlangan bochkalarni tubdan o’zgartirib yuborish mumkin. Yangilangan bochkalardala-hovlingizning yorqin va o’ziga hos bezagi sifatida xizmat qiladi.

Plastik –juda shubhali material, undan tayyorlangan narsalar juda bachkana bo’lib ko’rinishi mumkin. Ammo, agar kompozitsiyalarning yaratilishiga salgina hafsala-yu tasavvur hamda aql bilan yondoshilib, ularni darahtlarning soyasiga joylashtirilsa atigi qandaydir tiyinlarga tushadigan manzaraning juda noyob bezagiga erishish mumkin. Masalan, plastik butilkalardan haqiqiysiga juda o’xshash palmalar, qushlar va hayvonlarning shakllarini yaratish mumkin.

Katta bo’lmagan arralangan yog’och bo’laklarini saranjom-sarishta bog’ yo’lakchalarini yotkizish uchun ishlatish mumkin.Albatta, bunday yo’lakchalar eskirish jihatidan beton yo’lakchalarga yeta olmaydi, lekin ularning tayyorlash uchun harajatlari ham juda kam.

 

O’ta ixtirochan dala-hovli egalari allaqachon eski mebelni tashlab yuborishdan bosh tortganlar. Buning o’rniga ular eski shkaflar, tumbalar, stullar bilan rakovinalarni yorqin gulzorlarga aylantiradilar. Mana bu gullayotgan komodga bir nazar tashlang – uning har qayerida faqat gullar o’sadi. Bu eski mebeldan foydalanishga ijodiy yondoshishning betakror namunasi.

O’z hududingizda mittigina bo’lsada hovuzchangiz bo’lishini orzu qilasizmi? Unda orzuingizni ro’yobga chiqarish uchun sizga bolalar vannachasi kerak bo’ladi. Uni yerning ichiga qisman ko’mib o’rnating, ichiga suv to’ldiring, yon qirg’oqlarini esa toshlar-u tirik o’simliklarning butalari bilan bezang.

Har bir dala-hovli egasida eskirgan, dastaksiz va tubi teshilib ketgan chelak topiladi. Bu chelakni endi ishlatib bo’lmaydi, albatta. Biroq, uni tashlab yuborishga shoshilmang, chunki undan chiroyli dekorativ kompozitsiyalar yaratish mumkin. Oddiygina qilib unga tuproq to’ldiring, maysa eking, yuzada kichgina favvoracha, rangli toshchalardan mittigina yo’lakchalar, devor, o’yinchoq uycha va shu kabi boshqa narsalarni yasab o’rnatib qo’ying. Tayyor kompozitsiyani ayvonning oldiga, orqa hovliga yoki gulzorli bog’ning o’rtasida o’rnatib qo’ysangiz ham bo’ladi.

Bog’ yo’lakchalari o’ta zerikarli va befayz bo’lib ko’rinmasligi uchun betondan tashqari yorqin ranglarga bo’yalgan yassi mayda toshlardan foydalaning.

Plastik butilkalar bilan ipdan ignalarning o’rniga o’t o’sadigan ajoyib tipratikanlarni yasash mumkin.  Tayyor shaklchalarni gulzorga yoki bog’ ichiga joylab qo’ysangiz u ham chiroyli bir bezak vazifasini bajarib turadi.

Eskirib ketgan choynakni gul o’stirish uchun juda o’ziga xos idishga aylantirish mumkin. Bu tarzda yaratilgan guldonning ko’rkiga ko’rk qo’shish uchun uni chiroyli bezakli chizgilarni tushiring, mitti toshlar, yoki shunga o’xshash boshqa narsalarni yopishtirib chiqing.

Devorning ichki tomonida plastik qopqoqchalardan terib chiqilgan bejirim manzara. Bunday san’at asarini yaratish uchun juda ko’p vaqt, sabr va musavvirlik qobiliyati kerak, albatta. Ammo, rangli qopqoqchalardan eng oddiy bezaklarni yaratish deyarli har kimning qo’lidan keladi.

Ijodiy odam istalgan, xatto, bir qarashda eng keraksiz bo’lib tuyulgan narsalar uchun ham ishlatish o’rnini topa oladi. Bunga yorqin misol – mana bu xonaki o’simliklar, yog’ochli deraza romlari va oddiy qutilardan yaratilgan betakror kompozitsiya.

 

Eski uslubdagi jomadon –interyer uchun qanday bo’lsa shahar orti dala-hovlisi uchun ham xuddi shunday ajoyib topilma. Bu topilma ishlatishning eng oddiy usuli – unga tuproq to’ldirib gul ekib qo’yishdir. Ochiq jomadonni ayvonda, dahlizning oldida joylashtirib qo’yish yoki  bog’da juda effektli kompozitsiya yaratish uchun undan foydalanish mumkin.

 

 

Eski deraza eshiklarini osma gulzorlar uchun ishlatish mumkin. Uni oddiychasiga uyning old tomoniga yoki dala-hovlining istalgan boshqa qurilmasiga qatirib o’rnatib qo’ying, unga gul ekilgan tuvakchalarni ilib qo’ying.

 

 

Aql bovar qilmaydi, ammo bitta katta xodadan ajoyib parovozcha bilan unga ulangan gulzor-vagonchalarni yaratsa bo’ladi. Bunday kompozitsiya xohlagan gulzorning yaqqol ko’zga tashlanar qismi bo’lib qolishi shubhasiz, albatta.

Oddiy beton qo’rasi yoki gulhan o’rnini mayda yassi toshlar bilan bezash mumkin. Agar qo’rani yanada ko’rkamroq qilmoqchi bo’lsangiz, bo’yalgan toshlarni ishlating.

 

Yog’ochli qurilish taglikdan kurakcha, ketmon, xaskash uchun juda qulay va noyob organayzer yasab olsangiz bo’ladi. Bunday buyum dala-hovlingizning uslubiyligiga juda mos keladi hamda ombor yoki garajingizda ham tartib, saranjom-sarishtalikka erishtiradi.

 

Uyning devorini bezash bilan birga hududingizda talaygina joyni tejab qolish imkonini yog’och taglikda tashkil qilingan osma o’tzor beradi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish