Tish og’riganda yordam beruvchi 5 ta usul


Yalpizli damlama sizga yordam berishi mumkin. Damlamani quyuqroq qilib damlang, o’zingizga mos haroratgacha ilishini kutib, og'zingizni chaying. Bu sizni bir muncha vaqt tish og'rig'idan xalos qiladi.

Qalampirmunchoq yog'i og’riq qoldiruvchi (analgetik) va antibakterial xususiyatlarga ega. Tish og'riganda xona haroratidagi yarim litr suvga bir necha tomchi moydan solib tayyorlangan eritma bilan chayqash yordam beradi. Bundan tashqari, siz aralashmani kasal bo'lgan tishga paxta tampon yordamida surtishingiz mumkin.

Eng oddiy va arzon usul – sho'r suv (namokob)dan foydalanishdir, chunki tuz har bir uyda va har qanday sharoitda bo’ladi. Tuz tish og'rig'ini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarni o'ldiradi. Shunday qilib, bu og'riqni keltirib chiqaradigan omillar bir muncha vaqt yo'qoladi. Sizga maqbul konsentratsiyada, o’rtacha xona haroratidagi suvda tuzli eritmani tayyorlang va og'zingizni chayqang.

Xitoy tibbiyotida bosh barmoq bilan ko’rsatgich barmoq o’rtasidagi uchburchakdagi nuqta xe-gu, deb nomlanadi. Agar siz shu nuqtaga kichkina muz bo’lagini ishqalasangiz, tish og’rig’ining kamayganini his qilasiz. Harakatlaringizdan keladigan impulslar tish og'rig'i o’tgan kanallardan o'tib, uni zararsizlantiradi.

Agar siz kichkina paxta bo’lagini oz miqdordagi choy daraxti moyiga botirib olib, va uni bir necha daqiqaga og’riyotgan tishga qo’ysangiz, u ham tish og'rig'ini kamaytirishga yordam beradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.