Telefon qoplama ishlab chiqaruvchi iPhone 8 ning oxirgi dizaynini fosh qilib qo’ydi

Gap shundaki, ushbu sur’atlar lyuks smartfonlarga qoplama yasaydigan Nodus kompaniyasidan kelib tushgan. Qoidaga binoan, bunday kompaniyada moslama ishlab chiqarishga berilgunga qadar uning chizmalari va insayderdan ma’lumotlar bo’ladi.
Forbesning ma’lumotlariga qaraganda OLED –displayining diagonali 5.8 dyuymni tashkil qiladi. Hoshiyalari Samsungning oxirgi modellaridan farqli o’laroq, qoldiriladi, biroq kengligi to’rt millimetrdan oshmaydi. Home tugmasi butunlay yo’qladi. Tepa qismida faqatgina kamera, dinamika va datchiklar uchun tor joy qoldiriladi. Yana telefon ekrani tasodifan bosilib ketishlardan programma orqali himoyalanadi.





Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.