Tarixdagi eng boy insonlar 10 taligi

Biz shunga o’xshash yana 10 ta inson haqida aytib o’tishni lozim topdik. Biroq har xil davrda yashab o’tgan bu o’ta qudratli va boy insonlarni solishtirishda ba’zi qiyinchiliklar tug’ildi. Chunki o’tmish va hozirgi davr boyliklarining qiymatida juda katta farq bor.
Quyidagi barcha davrlardagi boy va qudratli insonlarning ro’yxatini tuzishda dunyoning yetakchi iqtisodchi, tarixchi va moliyachilarning tadqiqotlari natijasiga tayanildi.


Yashagan: 1955- hozirgi davr Davlat:Amerika Qo’shma Shtatlari Boyligi: 78 900 000 000 dollar
Bill Geyts – hozirgi paytda dunyoning eng boy insoni.U Microsoft kompaniyasining asoschisi bo’lib, bu yilgi kapitali Forbes hisobi bo’yicha 78 900 000 000 dollarni tashlik etadi. Bu boyligi bilan Geytsdan keyin ikkinchi o’rinda turadigan Zara ta’sischilaridan biri Amansio Ortega ning boyligidan 8 mlrd ko’proqdir.

Yashagan:1040-1093 Davlat: Angliya Boyligi: 194 000 000 000 dollar
Buyuk sarkarda Wilgelmning jiyani bo’lmish Rufus Normandiyni zabt etishda amakisiga qo’shiladi. U vafot etganida moliyaviy ahvoli 11 000 funtni tashkil etar edi, bu esa hozirgi davrda 194 mlrd dollarga teng

Yashagan: 1839-1937 Davlat:Amerika Qo’shma Statlari Boyligi: 341 000 000 000 dollar
1863 yilda Rokfeller mablag’ini neft sanoatiga tikdi va 1880 yilga kelib uning Standart Oil kompaniyasi Amerika neftsanoatining 90% ini tashkil etdi. Vafot etgan paytida uning moliyaviy ahvoli 1,5 mlrd dollarga teng edi.

Yashagan: 1835-1919 Davlat:Amerika Qo’shma Shtatlari Boyligi: 372 mlrd dollar
Endryu Karnegi barcha davrdagi eng boy amerkalik hisoblanadi. Bu shotlandiyalik emigrant JP Morgan kompaniyasining narxini 1901 yilda 480 mlndollarga olib chiqdi, bu esa AQSH ichki yalpi mahsulot (IYM) 2,1% ga teng edi.

Yashagan: 1878-1953 Davlat:SSSR Boyligi:butun dunyo IYM ning 9,6% iga ega bo’lgan mamlakatni boshqarish
Stalin zamonaviy ekonomik tarix doirasida o’z izizni qoldirib o’tgan: hokimiyat boshqaruvini mutloq o’z qoliga olgan diktator, shuningdek dunyoning eng yirik iqtisodiyotini boshqargan. Noyob ekonomik qudrat va SSSR ni boshqarish uyg’unligi Stalinni barcha zamonlarning boy odamlardan biri bo’lishini ta’minlaydi

Yashagan: 1542-1605 Davlat:Hindiston Boyligi:dunyoning 25% IYM imperiyasi
Boburiylar sulolasining davomchisi bo’lmish hind shoxi Akbar dunyo IYM ning chorak qismini tashkil qiluvchi saltanatni boshqargan. Hind yuqori tabaqasiga tegishli bo’lgan Akbar shox dabdabaga berilganligi tarixda ma’lum.

Yashagan: 1048-1085 Davlat:Xitoy Boyligi: dunyo IYM ning 25 dan30% gacha bo’lgan imperiya
960-1279 yillar davrida Xitoy barcha zamonlarning iqtisodiy qudratli imperiya hisoblangan. O’sha davrda Xitoy dunyo mahsulotining 25-30% ini ishlab chiqargan. Va tabiiyki o’sha davr imperatorlik qilgan Shenzong bizning ro’yxatdan joy olishga haqli.

Yashagan: eramizdan avvalgi 63 yil – eramizning 14yili Davlat:Rim Boyligi:4,6 trillion dollar
Rim imperiyasi ham dunyo mahsulotining 25-30% ini ishlab chiqargan. Bu davrda saltanat tepasida Avgust Sezardan ham boshqa imperatorlar turgan albatta. Biroq aynan Sezar Rim imperiyasining umumiy kapitalining 1/5 qismiga teng bo’lgan boylikni boshqargan. Bugungi kunda bu 4,6 trillion dollarni tashkil etadi.

Yashagan: 1280-1337 Davlat:Mali Boyligi:ta’riflashga so’z ojiz
Timbuktu shohi Mansa Musu tarixdagi eng boy inson bo’lgan. Musa saltanati dunyo tarixidagi eng yirik oltin qazib olish korxonasi hisoblangan. Ho’sh Musaning o’zi qanchalik boy bo’lgan? Tarixdan ma’lumki, Musaning Haj safari Evropada iqtisodiy tanglik holatini keltirib chiqargan. Chunki uning qilayotgan xayr-ehsonnining cheki yo’q edi. Uzun karvondagi tuyalarga ortilgan oltinlarning son-sanog’Ii yo’q edi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.