SSSR lik emigrant milliarderning 85 million$ uyi qanday ko'rinishda?

Mazkur uy Sobiq Ittifoq, aniqrog'i Gruziyadan kelgan muhojir Tamir Sapirga tegishli. U Nyu-York ko'chmas mulkidan pul biriktirgan. Sapir AQSHga kelganida ishni taksi haaydovchiligidan boshlagan, keyin esa o'zining elektronika do'konini ochdi, u yerda birinchi navbatda rus mijozlarga xizmat ko'rsatishgan. keyin Tamir neft kompaniyalari uchun elektronika ta'minotini tashkil etdi. Ishlab topgan pullarini ko'chmas mulkka kiritgan va shu tariqa u 2002-yilda milliarderga aylangan.
Tamir Sapir 2014-yilda vafot etgan. Kimligini yashirgan uyning hozirgi egasi uni 2013-yilda 15,9 million dollarga sotib olgan, lekin aytishlaricha, u yerga ko'chib bormagan. 2015-yilda esa saroy 100 ming dollarga sotilgan.


Saroy mulk - Long-Aylend qirg'oqlaridagi eng ulkan va qimmat inshoot. Hozirgi kunda u yana sotuvda.

Uy Manhattandan 40 kilometr uzoqlikdagi Kings-Pointda joylashgan.

Hududning katta qismini parvarishlangan maysalar va bog'lar egallaydi. Ba'zi binolarga egri podyezd yo'llar olib boradi.

Asosiy uy - minorali toshli saroy - 1928-yilda qurilgan bo'lib, u o'tgan asrning 20-yillaridagi joziba va hashamni o'zida mujassam etadi.

Uy ko'p bora rivojlantirilgan, shuning uchun u yerda barcha hashamat qulayliklari mavjud.













Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.