Kanal
Texnologiya

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro

Flyte — bu magnitlar biriktirib qo’yilgan kichik yog’och asos ustida, havoda uchib yuruvchi simsiz lampa. Bunday lampalarni allaqachon faol ishlatishyapti, chunki bu juda ham energotejamli – kunda 6 soat ishlaganda, lampa 22 yil xizmat qilishi mumkin.

Flexwarm nomli kurtka matosiga orqa tomon, ko’krak va bilaklarga maxsus isitish elementlari biriktirilgan. O’z xohishizga binoan maxsus sensorlar yordamida siz issiqlik uzatishni nazorat qilishingiz mumkin. Bu foydali ixtironi nafaqat sport muxlislari a’lo baholashlari mumkin.

Kitchen Sanitizing Wand uskunasi ultrabinafsha nurlari orqali barcha g'ovak bo'lmagan yuzalardan 99%gacha zararkunanda bakteriyalarni va mikromavjudotlarni o’ldirishi mumkin. Barcha uy bekalari orzusi amalga oshdi shekilli, - endi oshxona toza bo’lib yaltillaydi, chunki bu fikr allaqachon hayotga kirib kelgan.

Uchta bir-biriga bog’liq ekran birta uyali telefon ichida har xil uslubda ishlay oladi, hattoki bir vaqtning o’zida bir necha dasturdan foydalanilayotgan bo’lsada. Klaviatura uskunaning uch buklama elementlaridan birining orqa tomonida joylashgan. Zamonaviy foydalanuvchilar orzuda, ushbu loyiha tezroq ishlab chiqarishgacha yetkazilsin, deb.

Mittigina naushnikni quloqqa taqishni o’zi kifoya – u darhol sozlamada tanlangan tilda avtomatik ravishda tarjima qilishni boshlaydi. Va buning hammasi internetga bog’lanmasdan amalga oshiriladi. Shu uchun bugundan boshlab sayohatingiz oson va qiziq davom etishi mumkin.

Odatiy sketbordlarda o’laroq,  Sidewinding circular skates oyoqlarni erkin boshqarishga, buralishga vaaylanishga imkon beradi. Skeyt asosida – 2 ta 25smli g’ildirak va oyoqlar uchun qulay platformalar. B kabi ixtirodan nafaqat o’smirlar xursand bo’ladi. Va bu allaqachon haqiqatga aylangan!

Port – bu telefonga quyoshenergiyasi orqali zaryad beradigan ixcham tashqi akkumulyator. Bu uchun uniuydagi, mashina yoki samolyotdagi xohlagan oynaga maxsus yopishtirg’ich bilan biriktirib qo’yilsa bo’lgani. Judayam qulay, o’zingiz ham bir sinab ko’ring.

Va nihoyat Bluetooth garniturava  telefonni bir uskuna ichida birlashtirildi. Telefonni ikki chetidan qisganingizda, o’rtadan naushnik bargchasi chiqib turadi, va u quloqqa taqib qo’yiladi. Afsuslar bo’lsinki, Cambala nomli loyiha hali g’oya boshqichida.

Ovqat tarkibini tez va aniq bilmoqchi bo’lganlar uchun maxsus TellSpec nomli uskunani ixtiro qilishdi. U mahsulotlarni skanerlaydi va tarkibiy qismlar hamda ovqatning ozuqaviy qiymati ma’lumotlari ko’rsatilgan ro’yxatni smartfondagi maxsus dasturiga yuboradi. Endi biz iste’mol qiladigan mahsulotlar xavfsizligi to’g’risida o’ylamasak ham bo’ladi.

Portal – bu tushib qolishdan qo’rqmaydigan va suvga 10 metr chuqurlikkacha sho’ng’ishga imkoni bor, juda moslashuvchan smartfon. Shu bilan birga u qo’lda turadigan gadjetga yengilgina aylanib qoladi, va fitness-treker hamda smart-soat rolida ham xizmat qilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar uskunani yaqinda bozorga chiqarishga so’z berishdi.

Copy & Paste rasmlarni qayerda va qanday holatda bo’lmasin o’qib olib, bosib chiqaradigan moslama. Obyektni skanerlash degan tugmani bosish kifoya, va undan keyin siyoh orqali olingan rasmni xohlagan yuzaga olib ko’chirish mumkin. Hozircha bu faqatgina g’oya, lekin bu moslamani ishlab chiqarganlarida, unga albatta uzun navbatda turishadi.

Window Phone tasvirchan va juda real holatda ob-havoni ko’rsatishi mumkin, buning uchun u shunchaki ekran tashqi qiyofasini o’zgartiradi. Faqatgina g’oya amalga oshirilishini kutish qoldi xolos.

Phree ruchkasi yordamida nimaiki xohlasangiz va qayerda xohlasangiz yozish mumkin, va bu real holatda ishlaydigan uskuna. Xohlagan yuzagaterilgan belgilar sonlanadi va smartfon yoki kompyuterga yuboriladi. Rostdanham, tezda yozish kerak bo’lib qolganda, qo’l ostida na telefon, na qog’oz bo’lgan paytda tengi yo’q uskuna.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish