Siz u yerda yashaganingiz uchungina, sizga pul to'laydigan mamlakatlar

Agarda siz, uzoq vaqt davomida boshqa davlatga ketishni orzu qilib yurgan bo'lsangiz, u holda bu postimiz siz uchun!

Detroid shahri, Michigan shtati, AQSH
"Garbning Pariji", " AQSH ning avtomobil poytaxti"... Deyarli bo'shab qolgan shahar bu sharafli unvonlarini XX asrning ikkinchi yarimida yo'qotgan. Va xozirgi vaqtda bor kuchi bilan o'tib ketgan shon-shuhratini qaytarishga harakat qilmoqda. Mahalliy hukumat Challenge Detroit nomli yangi dasturini taqdim etdilar va u turli hil industriya sohalari mutaxassislariga 2500 dollarni shaharga kelib ishlab yashasalar taklif qilmoqdalar.

Alyaska, AQSH
Agarda siz qishni, qorli peyzajlarni va shoshilmaydigan hayot tempini yaxshi ko'rsangiz va sizni haroratning past farajalari qo'rqitmasa, unda Alyaskadagi hayot siz uchun ideal bo'lishi mumkin. Maxsus hukumat fondi aholi soni to'xtamay kamayib borayotgan hududlarda ishlashga rozi mutaxassislarga pul to'laydi. Yagona shart - Alyaskada kamida bir yil davomida yashash kerak.

Saskachevan provinsiyasi, Kanada
Kanada provinsiyasi yaqin orada oliy ta'lim muassasalarini bitirgan, hali hayotda nima qilishni aniqlab olmagan, mutaxassislarga juda ajoyib imkoniyat taklif qilmoqda. Yosh entuziastlarga etti yil davomida provinsiyada yashab, ishlaganlari uchun 20 ming kanada dollarini to'laydilar.

Niagara sharsharasi, AQSH
Yana bitta fantastik imkoniyat. U haqiqat bo'lishi uchun juda ham ehtimoldan uzoqqa o'xshaydi. Sayyoramizning eng go'zal joylaridan birida yashab, yana buning uchun pul ham olish. Hukumat universitet bitiruvchilarga mahalliy korxonalarfa ikki yil davomida ishlashlari uchun stimul qiluvchi faktor sifatida taklif qilmoqdalar.

Ponga, Asturiya, Ispaniya
Bu go'zal qishloqcha Ispaniyaning shimoliy sharqidagi qo'riqxona hududlarda joylashgan bo'lib, mamlakatdagi eng qadimiylardan biri hisoblanadi. Yosh aholini jalb qilish uchun va iqtisodiyotni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukumat u yerga yashash uchun ko'chib o'tgan har bir yosh juftlikka 3 ming evro taklif qilmoqdalar. Bunga qo'shimcha, qishloqda tug'ilgan har bir bola uchun ham 3 ming evro to'laydilar. Bu ekologiyasi toza va juda go'zal joyda yashash uchun juda ham zo'r imkoniyatdir.

Utrext, Niderlandiya
Niderlandiya butun dunyoga o'zining gumanitar va ijtimoiy fanlarni chuqur o'rganilishi bilan taniqlidir. Va mana bitta ijtimoiy eksperimentlardan biri: agar bir shaharda yashovchilar hamma 1 ming dollar oladigan bo'lsalar nima yuz beradi?

Kertis, Nebraska, AQSH
Shubhasiz, har birimiz mahalliy hukumat shahar uchun jiddiy xech narsa qilmayapti, deb arz qilganmiz. Amerikalik Kertis shaharchasi yechim taklif qildi - ham kim, agar shahar infrastrukturasi yoki madaniyatini yaxshilash uchun haqiqatda yaxshi g'oya taklif qilsa, bepul yer uchastkasini olishi mumkin.

Nyu-Xeyven, Konnektikut
Nyu-Xeyvan - bu davlat dasturu bo'lib, shaharga bo'lgan qiziqishni ko'paytirish uchun yaratilgan. Agar siz bu yerda birinchi marta uy sotib oladigan bo'lsangiz, sizga foizsiz bo'lgan, 10 ming dollar miqdorida ssuda beradilar. Agarda, siz u uyda besh yildan ortiq muddat yashayotgan bo'lsangiz, u holda kredit butunlay yechilib yuboriladi. Shu bilan birga, siz uyingizni yangi, energiya tejovchi funksiyalari bilan jihozlasangiz, 30 ming dollar olishingiz mumkin.

Baltimor, Merilend
Bu Amerikadagi havfli shaharlar ichiga ettinchisidir, lekin u juda ham o'zgarishni xohlaydi va shuning uchun ko'chib keluvchilar uchun, shu yerda uy sotib olishlari uchun ularga 5 ming dollar bermoqda. Agarda sizni bu pul miqdori ta'sirlantirmasa, siz uni ikkiga ko'paytirib olishimgiz mumkin. Buning uchun siz tashlandiq uy sotib olsangiz bo'ldi. Ha, bo'sh va xech kim yashamaydigan, ta'mir talab qilayotgan, lekin deyarli tekin narxga, sotib olish kerak.

Kanzas shtatining katta qismi
Kanzas sizga pul to'lashga tayyor, agar u yerga ko'chib o'tsangiz albatta. Linkoln shahri (aholisi 3500 ta odam), masalan, uy qurish uchun sizga bepul yer beradi. Agar Linkoln siz uchun juda ham kattalik qilsa, siz Markett, atigi 600 ta aholisi bor, shahridan yer olishingiz mumkin. Bundan tashqari, sizni daromad solog'i to'lashdan 5 yilga ozod qilishadi yoki oliy ta'lim muassasasida o'qish uchun, 15 ming dollargacha bo'lgan, kreditni yechib yuborishadi.

Paypstoun, Manitoba
Kanadaning Paypstoun shahrida yerni bepul tarqatishmaydi, lekin, ular juda yaxshi chegirmalar beradilar, agar siz yer uchastkasida bir yil davomida qurilish olib borayotgan bo'lsangiz. Bundan tashqari, agar siz biznes bosjlamoqchi bo'lsangiz, shahar 32 ming kanada dollari miqdorida grantlar taklif qilmoqda ( 24 ming AQSH dollari).

Matsayker oroli, Tasmaniya
Agar AQSH va Kanada sizni ilhomlantirmasa, u holda Tasmaniya haqida nima deysiz? Tasmaniya sohillari yaqindagi Matsayker orolida ishchi o'rinlari va uy-joy bermoqdalar. Afzallikni mayoqqa xizmat kursatib, meteorologik ma'lumotlarni taqdim qiladigan, yer va inshoatlarga qaraydigan oilalarga beriladi. Agarda ular nisbatan izolyasiyada yashashga rozi bo'lsalar. Yerning chetida, mayoqda yashash - bu orzu emasmi?

Misima, Yaponiya
Siz yolg'izmisiz? Unda sizni yaponoyaning Misima qishloqchasi kutmoqda (Misima shahri bilan adashtirmang). Qishloq uchta orollarda joylashgan bo'lib, aholisi 400 kishini tashkil qilib, asosan bu pensionerlardir. Misima yaponiyaliklarnga 100 ming yena (840 dollar atrofida) pul mablag'larini, ko'chib o'tirish sarf-xarajatlarini qoplash uchun, taklif qilmoqda. Hamda, bu qishloqda birinchi uch yil yashash vaqtida har oylik yordam puli ham beradi. Bu yerda siz uchta yotoqxonali uyni oyiga 23 ming yena (207 dollar) ga ijaraga olishingiz mumkin. Va oxirgisi - ular sizga sigir beradilar. Bitta bepul sigir!

Pitkern oroli, Tinch okeanining janubiy qismi
Agar siz dunyodagi eng uzoqda joylashgan orollarning birida yashashga oshiqayotgan bo'lsangiz, Pitkern oroli siz uchun. Bu yerda atigi 50 ta odam bor bo'lib, shu sababdan har bir immigrant bu orolli jannatda bepul yer oladi. Afsus, lekin 2015 yildan beri u yerga faqat bir odam ko'chib o'tgan. Balkim bu orolda bitta yagona do'kon borligi, u ham haftasiga uch kun ochiq bo'lib, barcha kerakli narsalarni Yangi Zellandiyadan oldindan buyurtma qilish kerakligi sabablidir? Lekin, sizga plyajlar va yolg'izlikda bo'lish yoqsa, siz u yerga ko'chib o'tgan ikkinchi odam bo'lishingiz mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.