Kanal
Sayohat

Shimoliy Koreyada taqiqlangan oddiy narsalar

Shimoliy Koreyada taqiqlangan oddiy narsalar

Yarim asrdan buyon KXDR fuqarolari totalitar mamlakatda zo'rg'a yashab kelmoqdalar. Bu  yerda birgina nojo'ya nigoh uchun qamoq jazosi beriladi, esnagani uchun hattoki mudofaa vazirini ham otib tashlashadi.

Shimoliy Koreyada musiqa shaydolari uchun qiyin. Hamma axborot vositalari, radio

eshittirishdan boshlab internetgacha hammasi hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Kanye

 Uestni tinglamoxchimisiz?  Unda qamoqqa marhamat! Shimoliy Koreya estradasini yerga

 urish kerak emas edi,  uning o'rniga radioni yoqib Chuchhe haqidagi musiqalarni kuylash kerak! 

Shimoliy Koreyada Kim Ir Sen va Kim Chen Inlarning monumental haykallari ko'p uchraydi. Bu sizga hozir hech kimni qo'rqitmaydigan qandaydir Leninning haykali emas. KXDR da rahbarlarning haykallariga hatto turistlar ham ta'zim qilishlari kerak, mahalliy aholi uchun esa bu odatga aylangan. Haykallarga hurmatsizlik qilgan odam qattiq jazolanadi. 

Kim Chen Ir uchun 100 kun motam tutilgan. Kim motam tutgan?  Butun mamlakat! Shimoliy Koreya xalqi 3 oy davomida tom ma'noda jazavaga tushib qolgan. G'am chekayotganiga ishontirolmagan odamlar darrov politsiya mahkamasiga tushuntirish uchun chaqirtirilgan. Lekin ko'pchilik u yerdan qaytmagan. 

2014-yilning may oyida Kim Chen In navbatdagi majlisni to'playdi, bu majlisga apparatning barcha vakillari kelishi shart bo'lgan, albatta. Hamma Chuchhening og'ziga qarab,  eshitib o'tirgan. Lekin birgina Xalq Qurolli Kuchlari vaziri uxlab qoldi. Bu kun tarixda yana bir voqea bilan qoldi: Xen Yen Chxol esnagani uchun yuzlab odamlar orasida otib tashlandi. 

To'g'risini aytganda,  buni alkogolizm deb ham bo'lmaydi. KXDR da hech kim ko'ngli tusagan payt icha olmaydi: buning uchun davlat bayramini kutish kerak. Ichishning sababi haqida hech kim so'rab o'tirmaydi. Yarim yil oldin bir ofitser ishdan bo'shatishgani uchun pinhona ichgan(Kim Chen In uchun 100 kunlik motam paytida). Uni ham otib tashlashgan. 

Xayriyatki,  bu faqat sanoat sohasida. 2015-yilning boshlarida Kim Chen In toshbaqa fermasini aylanishni qaror qiladi-toshbaqa fermalari odamlarga nimaga kerak o'zi?  Tekshiruv vaqtida boshliq biologlardan: "toshbaqalar bilan birga omarlarni ham boqishni xohlarmidingiz?",  - deb so'ragan. Hayron qolgan ishchilarni omilikda ayblashgan,  ularning boshqaruvchisini esa o'ldirishgan. 

Shimoliy Koreyada 2013-yilning o'zida 120ta odam rasmiy ayblanib, o'ldirilgan. Ularni Janubiy Koreyada ishlangan seriallarni ko'rishda ayblashgan. 2014-yilda divan xatar sevuvchilari kamaydi: 50ta serial ishqibozlari otib tashlandi. 

Diniy ozodlikmi? Ahmoqgarchilik!  Shimoliy Koreyada faqat bitta din mavjud: kimizm yoki Chuchhe. Birinchi navbatda ular Kim Ir Senning 1980-yillarda chiqarilgan maqolalarini o'qishlari kerak. Mamlakatda boshqa dinga e'tiqod qilishga rasmiy ruxsat berilgan. Lekin 2013-yilda 80ta odamni uyidan Bibliya kitobi topilgani uchun otib tashlangan. 

KXDR da chet el musiqasi kabi chetdan kelgan kitoblarni o'qish ham taqiqlangan. Ularning fikricha,  bu kitoblar ularni to'g'ri yo'ldan adashtiradi. Kitobga bo'lgan muhabbat 21-asr kommunist fuqarosi uchun hayot bilan xayrlashishiga olib keladi. 

Qadimda Sharq bozorlarida o'g'rilarning o'ng qo'lini kesib tashlashgan, boshqa odamlarning cho'ntaklarini o'marmasligi uchun. Lekin bu chora Shimoliy Koreya uchun emas (mehnat lagerlarida odamlar yo o'g'rilik qilishi yo ochlikdan o'lib ketishi mumkin edi). O'g'ri xalq orasida otib tashlangan. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish