Shaxsiy rivojlanish tomon 7 qadam

1. So‘zlaringizni extiyotkorlik va diqqat bilang tаnglang, ularni qanday talaffuz qilayotganingizga e’tibor bering. O‘ta sekin gapirmang, jumlalarni cho‘zib ham yubormang. Bunday holatlarda odamlar so‘zlaringizni so‘ngiga qadar eshita olmay toqatsizlana boshlaydilar.

2. Tashqi ko‘rinishingizga nisbatan bee’tibor bo‘lmang. Ruhshunoslarning aytishlaricha, jozibador insonlar boshqalarning hayolida aqlli va bilimli inson tasavvurini uyg‘otar ekanlar.

3. Eshitishni o‘rganing. Tinchlash qobiliyati inson intellekti kabi muhim tushuncha. Suhbat davomida qarshingizdagi insonga o‘rinli va qiziqarli savollar bering.

4. Хotirangiz ustida ishlang. Shuni ham unutmangki, bili deya ataluvchi tushunchaning aksariyat qismi - shunchaki yaxshi eslab qolish qobiliyati natijasi xolos.

5. Chuqur nafas oling. Bu orqali o‘zingizga bo‘lgan ishonchni his qilishingiz mumkin. Atrofdagilar ham o‘ziga nisbatan ishonchi yuqori bo‘lgan insonlarni e’tiborga sazovor deb baholaydilar.

6. Qomatingizni tik tuting. Suhbat davomida hatti-harakatlaringizga ham e’tiborli bo‘lishingiz kerak. Bukchayib yuradigan odamlar odatda dangasa, uyatchan va tajribasiz inson kabi tasavvur uyg‘otadilar.

7. Dunyoqarashingizni kengaytiring. Barcha mavzularga doir fikringiz bo‘lsin. Buning uchun esa ko‘proq kitob qo‘ying va o‘zingizdan ko‘ra tajribaliroq insonlar bilan suhbatlashing.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.