Shamollashda shifobaxsh ichimliklar

Na’matak C vitaminiga boy. Quritilgan na’matak mevalarini maydalang. 3 osh qoshiq na’matakka qaynoq suv quyib, termosda tun bo’yi qoldiring. Ushbu ichimlikni bir kunda 4 mahat ovqatdan yarim soat oldin iching.

Quritilgan jo’ka gullaridan choy damlang va unga malina barglarini qo’shing. 30 daqiqaga dam bering.

Agar sizda shamollash kuzatilayotgan bo’lsa, yangi damlangan qora yoki ko’k choyga 1choy qoshiq asal va ikki bo’lak limon soling. Ushbu ichimlik organizmdan shamollashni ketkazishga yordam beradi.

Bunday choy sovuq kunlarda imunitetni oshirishga va faollikni kuchaytirishga yordam beradi. 1 stakan qaynoq suvga 1 osh qoshiq asal, 1 osh qoshiq limon sharbati, 0,5choy qoshiq zanjabil va bir chimdim dolchin qo’shib damlanadi.

Agar yo’tal tutsa, qaynoq sutga mineral suv qo’shib ichsangiz, u yo’talni daf qiladi.

Quruq mevalar iliq suvda yuviladi. Olma va nok 30 daqiqa davomida yumshaguninga qadar qaynatiladi. Keyin esa limon, shakar va asal solinadi. Bu ichimlik ham shamollashni samrali davolay oladi.

Moychechak yallig’lanishga qarshi eng yaxshi vosita. Unga asal va jo’ka qo’shilsa yanayam yaxshi ta’sir etadi. Bunday choy tayyorlash uchun 1 choy qoshiq moychechak va jo’ka gullari 1 stakan qaynoq suvga solinadi va 20 daqiqa dam beriladi. Suzib olingach, bir kunda 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi. Ta’bga ko’ra asal ham qo’shish mumkin.

Ushbu ichimlikni tayyorlash uchun sutga 10 tomchi sarimsoq sharbati qo’shiladi va tun bo’yi qoldiriladi. Bu ichimlikni kechki payt yotishdan avval iching.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.