Sayyoramiz haqida, ehtimol siz birinchi marotaba eshitayotgan 10 ta fakt

Haqiqatda esa bu unday emas - ba'zi olimlar, odamlar Yer haqida butun koinot haqida bilib o'rganganlaridan ko'ra kamroq narsani bildilar, deb hazil qiladilar.
Siz uchun odam.uz bizning sayyoramiz haqida, ehtimol sizni hayratga soladigan, bir qancha qiziqarli faktlarni yig'di.


Mauna-Kea vulqoninig dengiz sathidan balandligi 4 205 metrni tashkil qiladi, ammo uning katta qismi suv ostida yashiringan. Bucho'qining umumiy balandligi esa, 10 203 metrni tashkil qiladi, ya'ni Everestdan 1 355 metrga ortiq.

Karman chizig'i - bu shartli chiziq bo'lib, u dengiz sathidan 100 kilometr balandlikda joylashgan. Yer atmosferasi ancha balandda tugashiga qaramay, Xalqaro aviasiya assosiasiyasi aynan shu belgini koinot va atmosfera o'rtasidagi chegara deb tan olgan.

Sayyoramizning eng qurg'oqchilikli joyi deb - Chilining Atakama cho'li hisoblanadi. U yerda yog'ingarchilikkar bir necha ming yildan beri bo'lmagan. Lekin, Yerda yog'ingarchiliklar 2 million yildan beri bo'lmagan joy bor bo'lib, bu Antarktidada joylashgan Mak-Merdo quruq vodiylaridir. Bundan tashqari, bu yerda sayyoramizdagi eng kuchli shamollari esadi.

Sayyoramizning 97% suvi dengiz va okeanlarda joylashgan bo'lib, uning barchasi tarkibida yuqori miqdorda tuzlar va minerallar borligi sababli iste'molga yaroqsiz. Qolgan 3% suvdan 70% muzliklarda joylashgan, qolgan 20% esa Baykal ko'lida.

Eng qadimiy Gyobekli-Tepe nomli ibodatxona kompleksi qoldiqlari xozirgi zamonaviy Turkiya hududida joylashgan. Devorlar qoldiqlaridagi topilgan sur'atlar, olimlarga 11 000 yil avval Yerga kometa qulaganini va buning natijasida butun sayyoramizning harorati pasayib ketgani to'g'risida taxmin bildirishlariga imkon berdi.

Shveysariya olimlarning ilgari surgan taxminlariga ko'ra, 4,36 milliard yil avval Yer gipotetik sayyora Teya bilan urinma bo'yicha to'qnash kelgan. Buning natijasida Yer mantiyasi uzilib, sayyoramizning tabiiy yo'ldoshiga aylangan.


Hammaga ma'lumki, 335-175 million yil avval mavjud bo'lgan yagona Pangeya qit'asi Lavraziya va Gondvanada bo'lingan. Ular esa, keyinchalik xozirgi kunda mavjud bo'lgan qit'alarga bo'linganlar.
Olimlarning bashoratlariga ko'ra 250-300 million yildan so'ng qit'alar qaytadan yagona bo'lib birlashadilar va So'nggi Pangeya nomli superqit'a hosil qiladilar.

Masachuses texnologiya universitetining olimlarining nazariyalariga ko'ra, natijasida Yer yuzida 90% tirik mavjudotlar qirilib ketgan, ommaviy qirg'nning sababi bo'lib, atigi bitta metanosarsina nomli bakteriya xizmat qilgan.
252 million yil avval Dunyo okeani suvlarida uning miqdorining o'sishi olimlarga ma'lum bo'lgan xasharotlarning ommaviy qirilishiga olib kelgan. Aynan shu dinozavrlarning ajdodlari - arxozavrlarga "hayotga yo'l" bergan deb hisoblanadi.

Ma'lumki, Dunyo okeani yer sharining 71% ni egallaydi. Quyosh nurlari bilan yoritilgan suv qavatining qalinligi 200 metrdan oshmaydi. Qolgan barcha suv qavatlari qorong'ulikda joylashgan. Shunga muvofiq, sayyoramizning katta qismi, kun va tunning istalgan vaqtida, zulmatga cho'mgan.


Amerikalik Samoa va Kiribatiga tegishli bo'lgan Layn orollari o'rtasidagi masofa atigi 2 000 kilometr bo'lishiga qaramay, vaqtning farqi 25 soatni tashkil qiladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.