Rossiyalik qandolatchi to’y uchun qiymati179 000$ lik tort pishirdi

“Shimkentda, Rixos mehmonxonasida chiroyli to’y bo’lib o’tdi!
Talaygina yulduzlar bor edi, lekin mehmonlarni yulduzlar bilan xayratda qoldirish qiyin edi, hatto Valeriya va Shon ham oddiy artistlar qatorida edi. Oqshomning va barcha ijtimoiy tarmoqlarning eng asosiy xitlari – tort va bokschi bo’ldi”, deb yozadi Telegram kanalida musiqiy prodyusser Jan Mukanov.

Pazandachilik durdonasining muallifi — tortlarning yaratishdagi boy fantaziyalari bilan tanilgan mashxur Rossiyalik pazanda Renat Agzamov.
Renat Agzamov ijtimoiy tarmoqdagi o’z saxifasida yozganiday, to’rt metrli tortni yaratish uchun uning guruhiga uch kun vaqt kerak bo’ldi.

Eng murakkab xalqaro loyihani amalga oshirdilar. Tortning diametri – uch metr, balandligi 4,2 metr (aravacha bilan). Vazni 1500 kilogramm atrofida, — deb xabar berdi pazanda.

To’y tantanasida maxalliy Tamara Asar, Sunet Baygochin va qozog’istonlik bokschi Gennadiy Golovkin kabi shou-biznes va sportning yulduzlari ishtirok etdilar.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.