Quyoshdan himoyalovchi ko’zoynaklarni qanday tanlash kerak?


Bu shakl 60-yillarning oxirlarida mashhur bo’ldi, va, shubhasiz, har bir qiz ular haqida orzu qilar edi. Hozir ninachiga bo’lgan moda qaytib kelmoqda. Bu ko’zoynaklar boshqalardan ajralishni xohlovchi qizlar va yigitlarga juda mos keladi.

Dadillik bilan, bu ko’zoynak boshqalar ichida eng noziki desa bo’ladi. Ko’zoynak hoshiyasining burchagi sal ko’tarilgan va tepaga uzaytirilgan. Bu ozgina o’yinqaroqlik va tannozlik hissini qo’shadi. Model universal hisoblanib, undan nafaqat Ayol-mushuk obrazida, balki turlicha obrazlarni yaratishda foydalanilsa bo’ladi.

Birinchi marta ular AQSHda 1952 yildan taniqli RayBan tashkiloti tomonidan ishlab chiqarilgan, ammo keyinchalik boshqa marka kolleksiyalarida ham uchray boshladi. Aytgancha, ushbu model eng katta mashhurlikka “Tiffanidagi nonushta” filmining ommaga chiqarilganidan keyin erishdi, va o’sha filmda asosiy qahramon qiz aynan shu vayferlarni taqib tushgan.

Bundan oldingi model singari bu ko’zoynak ham o’tgan asrning 50-yillarida AQSHda ishlab chiqilgan. Uning nomidan bilinib turibdi: broulaynerlarning ustki qismi plastic aylanmalar bilan qoplangan, va aynan o’shalar ikkilamchi qosh ta’sirini paydo qiladi. Va aynan shu xususiyat uni avvalgi hoshiyalardan farq qilishiga undaydi.

Eng mashhur ko’zoynak turlaridan biri. Birinchi marta bu model boshida aytib o’tilgan RayBan tashkiloti tomonidan 1937 yilda ishlab chiqilgan va AQSH qurolli kuchlarining harbiy uchuvchilariga atalgan. Birov o’sha payt mana shu shakl kelajakda taniqli bo’lishini taxmin qila olganmidi?

Bu katta bo’lmagan aylana shakl linzali va mayin sim hoshiyali ko’zoynak. 60-yillarda ko’pgina odamlar xippiga mansublik belgisi sifatida taqishgan. Aytgancha, Ozzi Osborn ko’zoynagi esingizdami? Mana bu aynan o’shalar!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.