Kanal
Qiziqarli

Qiziqarli ma’lumotlar: Zumba fitness haqida bilish kerak bo’lgan eng muhim ma’lumotlar

Qiziqarli ma’lumotlar: Zumba fitness haqida bilish kerak bo’lgan eng muhim ma’lumotlar

Biroq, odatiy fitness, o’zining so’zsiz ijobiy tomonlariga qaramasdan baribiram juda zerikarli va son-sanoqsiz martalab birta mashqni o’zini qaytalab takrorlashga to’g’ri keladi. Biroz harakatchanroq va hissiyotga to’la boshqa narsa bilan shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, nima qilsangiz bo’lar ekan? Yechim bor – Zumba!

Zumba qiziqarli tarzda bexosdan paydo bo’ldi, va natijada u butun bir yirik raqs yo’nalishiga aylanib qoldi. U kolumbiyalik ajoyib murabbiy Alberto Peresa tomonidan yaratildi, ya’ni Alberto mashg’ulot uchun musiqani uyda qoldirganida, holatdan chiqish va darsni qoldirmaslik uchun, hamda o’quvchilarni xafa qilmaslik uchun, mashinasida eshitayotgan musiqasini qo’ydi. Dars juda boshqacha uslubda o’tdi: murabbiy odatiy fitness-mashqlarini o’zining sevimli raqslaridagi harakatlari bilan qo’shib yubordi, va shunday qilib raqs juda shodon va o’yinqaroq bo’ldi. O’quvchilar darsdan keyin juda hayratlanishdi, ammo ko’ngillari juda to’q edi va keying darsda yana davom ettirishni so’rashdi.

Turlari juda ko’p, va har bir murabbiy o’zidan qandaydir yangilik qo’shgani bois, bir xil mashg’ulotlarning o’zi bo’lmaydi. Zumba shunchaki zerikarli bo’la olmaydi! U o’z ichiga tortadi va siz uni albatta yxshi ko’rib qolasiz. Har bir mashg’ulot juda quvnoq va pozitiv darajada o’tishini inobatga olganda, mashg’ulotlardan keyingi charchoq umuman bo’lmaydi, bo’lsa ham minimal darajada bo’ladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish