Kanal
Qiziqarli

Qiziqarli ma’lumot: Milliarder Alisher Usmonov qanday uyda yashaydi?

Qiziqarli ma’lumot: Milliarder Alisher Usmonov qanday uyda yashaydi?

Yaqinda Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyining videosi internet tarmog’iga joylandi. Uy evropacha uslubda qurilgan bo’lsa-da, qadimgi milliy ruhda bezatilgan, bunda asosan qadimgi Buxoro binolaridagi naqshlardan foydalanilgan.

Ushbu hashamatli uy 6 ta yotoqxona hamda 10 ta mehmonlar uchun mo’ljallangan xonalardan iborat. Butun uy qimmatbaho jihozlar, mebellar va qadimgi rassomlarning ijod namunalari bilan bezatilgan.

Ushbu uydagi har bir detal – qimmatbaho divandan tortib kichkinagina qutichalargacha – dabdabani bildirib turadi. Masalan, xonalardan birining shiftida milliarderning, ya’ni uy egasining ismi sharifi naqsh bialan o’yib yozilgan.

Ushbu hashamatli uyda shuningdek basseyn, jakuzi, massaj xonasi, qisqasi dabdabali hayot uchun nima zarur bo’lsa, hammasi mavjud.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish