Qiziqarli ma'lumot: Aslida muhum vazifani bajaradigan, lekin biz e'tibor bermaydigan buyumlardagi detallar


Albatta, tayoq bilan quti burchaklaridan guruch va lag’mon ilib, barmoqlaringiz mahoratini oshirishingiz mumkin. Lekin qutini ochsangiz, u likobga aylanadi va undan yeyish ancha oson bo’ladi.

Bu elektr simidagi yuqori chastotali to’siqni bosadigan ferrit filtri. Uning yordamida raqamli signal sifati yaxshilanadi. Aytgancha, ularni yechib qo’ysa ham bo’ladi.

Bu tugma bir paytlar bo’yinbog’ yoqaning tagidan ko’rinib, chiqib turmasligi uchun kerak bo’lgan. Hozir bunaqa ko’ylaklarni topish qiyin, chunki bu tugma ostiga sig’adigan tor bo’yinbog’lar modasi o’tib ketgan. Endi bu tugmalar faqat bir bezak vazifasini bajarishadi.

Idish og’zi qopqoq bilan berkilganda shishaning tubida kuchli bosim paydo bo’ladi. Idishlarning tubidagi chuqurlik bosimni bir-xil miqdorda bo’lib yuboradi va shuning uchun shisha yorilmaydi. Aytgancha, gazlangan vino uchun shisha ostidagi chuqurlik kattaroq bo’ladi.

Nima uchun kuylakdagi tugmalarning ko’pini sirtmoqlari vertikal, yuqoridagining sirtmoqi esa gorizontal. Javob oddiy: bu nuqtada ko’ylak ko’pincha yechilib ketadi. Gorizontal sirtmoqdan tugma chiqib ketishi oson emas, vertikaldan esa aksincha.

Bu teshiklardan ko’pchilik foydalanmaydi va bekor qiladi. Qo’shimcha bo’lgan bu teshiklar yordamida krossovkalarning shnurlarini oyog’ingizga qulay qilib bog’lab olsangiz, sport mashg’ulotlari vaqtida oyoqlaringizni shilinib ketishidan saqlaydi.

Bu teshikchalar ventilyatsiya vazifasini bajarishi mumkin, biroq undan tashqari uning boshqa vazifasi ham bo’lgan ekan. Gap shundaki, dastavval bu oyoq-kiyim basketbolchilar uchun mo’ljallab ishlab chiqarilgan va u oyoqda qulay va yopishib turishi uchun shnurlar shu teshiklardan ham o’tkazilgan.

Qancha spaghetti pishirish kerakligi ustida boshingizni qotirmasligingiz uchun ham shu tirqishchalar qilingan. Shu qoshiqqa sig’gan miqdor – bir kishilik mayor hisoblanadi.

Bu teshik orqali cho’mich ilgakka osib qo’yiladi. Biroq bu teshikcha taom tayyorlash jarayonida qoshiq uchun tirgak vazifasini ham bajaradi.

Bolalar hattoki maktab yoshida ham duch kelgan narsalarni og’izlariga solaveradilar, ruchkalar ham bundan istisno emas. Agar bordi-yu bola tasodifan ruchkaning qopqog’ini yutib yuborsa va u nafas yo’lida turib qolsa, bu uncha katta bo’lmagan tirqish sababli bolaga havo o’tib turadi.

Afsuski bu belgi hamma mashinalarda ham bo’lavermaydi. Chunki bu belgi benzik baki mashinaning qaysi tarafida ekanligini bildirib turadi. Bunday yordamchi ko’rsatgich avtomobilni ijaraga olganda ayniqsa asqotadi.

Bu narsa texnologik asosga ega: bu kichkinagina teshikcha konfet ushbu plastikli cho’pga yopishib turishi uchun kerak. Bu konfetli cho’pni oxirida qiyomga botirib olinganda, qiyom shu teshikchalar orasiga kirib, konfewtning yanayam mustahkamroq jipslashishiga xizmat qiladi.

Albatta bu cho’ntak emas. Gap shundaki, qulfaklar buyumning asosiy matosidan bo’lmagan boshqa yumshoq materialdan tayyolanadi. Qulfakning (lastovitsa) yon tomonlari yon tomondagi choklarga kirib ketadi, orqa tomonlari esa ichki chok ichiga kirib ketadi. Yana bir ichki chok qilishning imkoni bo’lmaganligi bois qulfakning oldingi qismi tikilmay qoladi va buning natijasida hech narsaga yaramaydigan cho’ntaksimon shakl hosil bo’ladi.

Dastavval bunday teshikli nashivkalar turistik ryukzaklarda bo’lgan: bu yoriqlardan arqon va karabinlar o’tkazilgan. Keyinchalik esa shaharliklarning ryukzaklariga ham bunday nashivka bezak sifatida tikiladigan bo’ldi.

Bugungi kunda bu chiziqlar klassik shimlarning asosiy xususiyati bo’lib qoldi, biroq ularni hech kim atayin o’ylab topgan emas. Gap shundaki, XIX asrda kiyim tikish korxonalarining ko’p qismi mahsulotlarni asosan eksport qilish uchun ishlab chiqargan. Yuk tashish vaqtida mahsulotlar iloji boricha kam joy egallashi uchun kiyimlarni presslb qadoqlaganlar. Natijada kiyim matolarida ketkazish juda qiyin bo’lgan shunday chiziqlar tushib qolgan. Bunga ko’nikishdan boshqa ilojisi bo’lmagan.

Bunday popuklar ilk bor frantsuz dengizchilarining bosh kiyimlarida paydo bo’ldi. Bu dengizchilar juda past bo’lgan kema shiftiga va do’ndiqlariga boshlarini urib olaverganlaridan keyin ularning bosh kiyimlariga shunday yumshoq popuklar tikib qo’lyildi. Keyinchalik har xil shakldagi pomponlar ham boshqa armiya bosh kiyimlarida paydo bo’la boshladi. Bu popuklarga qarab, bosh kiyim egasi qaysi harbiy bo’linmada xizmat qilishini bilin olish mumkin edi.

Odatda u yerda tovoq turadi. Lekin, aslida, u isitgich deb ataladi. U tayyor ovqat iliq bo’lib qolmasligi uchun kerak.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.