Qiziqarli faktlar: Marokko mamlakati haqida hayratlanarli faktlar


Ajablanarlisi shu-ki, Marokkoda – issiq janubiy mamlakatda – qishki sport trulari: chang’i, snoubord va boshqalarini rivojlantirishga imkon beruvchi qishni, va shunchalik katta hajmdagi qorni uchratish mumkin. Qorli qavat bu yerlarda dekabrdan aprelgacha turadi. Shuning uchun Marokko sayohatchilarni dam olish uchun yilning turli fasllarida taklif qiladi.

Marokkodagi tabiat shunchalik noyob va takrorlanmaski, u o’ziga qadimgi zamonlardan buyon kinematografchilarni jalb etib kelgan. 60- yillarda “Araviyalik Lourens” o’sha yerda suratga olingan, natijada – 1983 yilda hatto “Atlas” nomli dunyodagi eng yirik kinostudiyalardan biri ochilgan. Marokkodagi peyzajlarda eng zo’r tarixiy filmlar suratga olingan, masalan, “Gladiator”; shu zaminlarda “007: Spektr” va “Taxtlar o’yini” dagi hodisalar suratga olingan.

Ulardan biri – “nonni tashlash mumkin emasligi”. Uy hayvonlari bor oilalarda, nonni hayvonlarga ozuqa sifatida berishadi. Boshqa ortiqcha non mahsulorlarini esa boshqa biror narsaga, uy uchun foydali narsaga, masalan, idish-tovuq yuvish mahsulotida almashtirishlari mumkin.
Ikkinchi ta’qiq – “rakvinaga issiq suvni quyish mumkin emas”. Marokkandliklar Djinlar haqiqatda ham mavjudligiga ishonishadi, va ular suv quyiladigan joylarda yashaydi deb o’ylashadi. Issiq suv djinni bezovta qilishi yoki jahlini chiqarishi mumkin, va bu uyda paydo bo’ladigan katta noxushliklarga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun, agar qaynoq suvni rakvinaga quyish kerak bo’lsa, parallel ravishda sovuq suvli quvurni ham ochish kerak bo’ladi.

To’rtinchi ta’qiq – “chap qo’l bilan yeyish mumkin emas”. Bu qo’l arablarda “toza emas” qo’l hisoblanadi. Ovqat iste’mol qilishda faqat o’ng qo’l bilan yeyish, asosan uch barmoqni: bosh, ko’rsatgich va o’rta barmoqlarni ishlatib yeyish lozim.


Qirollikda eng qimmat yog’och o’sadi. Uni tui – marokkolik Atlass tog’larida o’sadigan daraxtlardan tayyorlashadi. Bu daraxt yog’ochi dunyodagi eng nufuzli avtomobillardan biri – Rolls-Royce ning salonini jihozlash uchun ishlatiladi.

Marokko yashovchilari shahar binolari ranglanishiga katta e’tibor qaratishadi. Ayniqsa, ular ko’k rangni xush ko’rishadi. Trotuarlardan to uy devorlarigacha va hatto panjaralargacha, hamma narsa ko’kka bo’yalgan butun bir shahar ham bor. Ular uchun bu dengiz, osmon, tinchlik va salqinlik belgisidir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.