Qiziqarli dunyo: Zamonaviy geyshalar - hamma ish qo’lidan keladigan Yaponiyaning hayratlanarli “san’at insonlari”





Bugungi kunda faqat maktabni tugatgandan so’ng geisha bo’lish mumkin. 15-16 yoshli qizlar ota-onalarining roziliklarini olishlari lozim. Ularning hayot tarzlari XX asr boshlanishidanoq ancha yaxshilandi, aynan o’sha davra geyshalarning soni eng katta bo’lgan. Yuz yillar oldindagidek, mayko (o’quvchilar) ga har kun tartib qoidalarini o’rgatishadi, musiqiy asboblarda o’ynashga, kuylashga va raqs tushishga o’rgatishadi. Qizlarga kompyuterdan foydalanish man etiladi va hatto ularda uyali aloqa telefonlari yo’q, ular ingliz tilida gaplashishmaydi.




Ko’pchilik qizlar, geysha bo’lib, choy uychalarida yashashda davom etishadi, faqat ba’zilari o’z uylarida turishadi. Ularga sarf qilingan mablag’larni ishlab qaytargandan so’nggina, geyshalar “erkin suzish” ga qarab yo’nalishlari va o’z karyeralarini qurishlari mumkin. Ancha qobiliyatlilari oyiga 100 000 dollargacha ishlab topishlari mumkin. Yuz yillar oldingidek, biy nufuzli erkak geyshaning barcha sarf-xarajatlarini o’z bo’yniga olishlari, ya’ni “patronaj” amaliyoti qo’llanilmoqda. Bunda ularni faqatgina do’stlik aloqalari bog’lashi mumkin, yaqin aloqaga ularni hech kim majburlamaydi. Oila qurishga qizlar shoshmaydi, chinki bu holatda ular boshqa geysha bo’la olmaydi.

Har bir san’at qizining tarixi sirlar, quvonchlar va fojialarga to’la.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.