Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan



Dehlidagi ustun o’zidan 7 metrdan sal uzun va kilosi 6,5 tonnani tashkil qiluvchi ustundir. U deyarli bir yarim ming yillik mobaynida Kuvvat-ul-Islam maqbarasining tashlandiq joylariga yaqin joylashgan, va undagi cho’zib yozilgan sanskritdagi yozuvda aytilishicha, u shoh Chandraguptaning O’rta Osiyo xalqlari ustidagi g’alabasiga atab barpo etilgan.
Olimlar ushbu haykalning sirini aniqlash uchun yillab ter to’kmoqdalar. Gap shundaki, kolonna deyarli korroziyaga uchramaydigan sof temirdan qilingan, va bunga hatto hozirgi darajadagi texnologiyalar bilan ham juda qiyin. Aynan shu sababli ba’zilarning fikrlariga ko’ra, ustun – o’zga sayyoraliklar tomonidan qo’yilgan belgidir. Tadqiqotchilar holatni boshqacha tushuntirishadi. Ular fikriga ko’ra, bu yerda gap o’zga sayyoraliklarda emas, balki Dehlidagi o’ziga xos iqlim sharoitlarida, va aynan shu sababli haykal yuzida maxsus qoplama shakllangan va aynan o’sha uning buzilishidan saqlaydi.
Mahalliy fuqarolar ta’kidlashlaricha, kolonna mo’hizaviy kuchga ega va xohlagan kasalliklarni davolashga qodir. Hatto odam ustun oldiga xassa bilan kelsada, unga qo’lini tekkizganidayoq, xassalarini tashlab yuborar ekan. Aytilishicha, haykal nafaqat kasalliklarni davolaydi, balkim, turli xil istaklarni bajo keltiradi. O’zingizda sehrli kuchini sezishingiz uchun, kolonnaga orqangiz bilan suyanib, qo’llaringiz bilan uni o’rab olishingiz kerak, va bunda barmoqlaringizni iloji boricha birlashtirishingiz lozim. Shu holatda bir necha daqiqa turib, niyatingiz amalga oshadi deb umid qilish kerak. Kolonna hududida tashlab yuborilgan xassalar hali kuzatilmagan.

Eravan mehrobi Bangkokning eng jonli chorrahalaridan birida joylashgan. Bu joyni balan osmono’par binolar va qimmat do’konlar orasida topish oson – u doimo o’zining yorqin rangli taqinchoq va bezaklari (xushbo’y hidlar ham o’nlab qadamda) bilinib turadi. Mehrobni yarim asr oldin Indra xudosi va uning fili Eravan nomiga atab nomlashgan, va figura markazida to’rtboshli ilohiy jismning bronzali tilla yurgizilgan shakli joylashgan.
Mehrob, shu nomli mehmonxona ro’parasida joylashgan, va uning qurilishi tugalmas noxushliklar bilan davom etgan. Xollni bezash uchun mramorli kemani suv bosdi. Keyin noaniq sabablarga ko’ra bir nechta ishchilar halok bo’lishdi. Xavotirlangan taylar braxmanlarga murojaat qilishdi, va ular javoban mehmonxona oldida mehrob barpo qilishni maslahat berishdi. Shundan so’ng qiziq holatlar sodir bo’lishi tugadi. Tailand poytaxtining xursand odamlari ushbu joyga kelib, ilohiy sovg’alarni berishni boshladilar. Ularga qarab butun dunyo turistali ham kelishni boshlashdi. Mahalliy fuqarolar aytishlaricha, agar ilohlardan biror narsani chin dildan so’rasa, unda tilagiz albatta, amalga oshadi. Indraga fil haykalchalarini, aromatik shamlarni va gulli girlyandalarni berish mumkin. Ba’zan esa mehrob poydevorida qayanatilgan tuxum va boshqa yeguliklarni ko’rish mumkin.
Eravan ro’parasida kichik bir devor mavjud. Tilaklari ushalgan odamlar, Indraga atab raqs tushib berayotgan raqqosalarga pul bergan holda tashakkurlarini bildirishlari mumkin. Kechqurunlari bu yerda ko’pincha milliy tay raqsli shoular o’tkaziladi.

Ba’zi Buyuk Britaniyaliklar, agar daraxt po’stiga tanga qo’yib qo’ysa, tilaklari ushaladi deb ishonishadi. Ammo, daraxt oddiy daraxt bo’lmasligi kerak. Bu kabi marosim daraxtlar Birlashgan Qirollikning ko’p joylarida bo’lishi kerak, biroq ularning ko’pisi Shotlandiya va Irlandiyada. Eng taniqlilari orasida – Lox-Marining orollaridan biridagi - Maridagi eman daraxti. U qirolicha Viktoriyaning 1877 yildagi tashrifi sababli tanildi: sayohati paytida qirolichaning o’zi marosimni amalga oshirdi va keyinchalik bu haqida kundaligida yozdi ham. Eski emanning po’stlog’i deyarli bilinmaydi, chunki u butunlayin tangalar bilan qoplangan, ularning eng eskisi 1828 yilga tegishli.
Pullik eman oldida, afsonalarga ko’ra, qadimgi ilohiy quduq bor edi va u aqlidan ozganlarni davolashi mumkin bo’lgan. Kasalni qo’y oyog’ini boylab, qayiqqa yotqizishgan, va unda orol atrofida uch marta soat strelkasiga qarshi aylantirishgan. Bunda kasalni har doim suvga tashlab, qaytib chiqarishardi. Bunday marosimdan so’ng u o’sha suvdan yaxshilan ichib olishi kerak edi. Keyin esa eman po’stiga tanga tiqishardi yoki shunchaki shoxlariga bog’ich bog’lab qo’yishardi.
Bu kabi marosimlarni XIX asr o’rtalarigacha bajarganlar, ammo keyinchalik ko’lning ilohiy kuchiga bo’lgan umid yo’qolib ketgan. Emanni esa haligacha ilohiy deb biishadi. Birinchi Jahon urushi vaqtida daraxt katta ziyon chekkan, va uni bir necha vaqtda olib qo’yishgan edi. Ammo kechroq shoxlarni va badanining bir qismini qayta joyiga qaytarishdi. Tilagini oshirtirmoqchi bo’lganlarning istaklari vaziyatni o’zgartira oldi.

Marokkoda tilaklar deyarli har bir qadamda ushalishi mumkin: agar Marokko shaharlarida suv tashuvchini uchratsangiz, tilagingizni aytavering. Biroq Marrakeshda yana bir uslub mavjud. Odamlar bu yerda shaharning eng asosiy yodgorliklaridan biri bo’lgan, qadimiy Al-Kutubiya maqbarasi oldida tilaklarini aytishadi.
Al-Kutubiyani XII asrda qurganlar. Ammo qurilish vaqtida mehrob Makka tomonga yo’naltirmaganligi aniqlandi. Buni eshitib jahli chiqqan sulton Abd-Al-Mumin, aynan uning hukmdorligi paytida qurilish boshlangan, arxitektorni qatl etishni buyurdi.
Boshqa bir afsona maqbarani bezayotgan oltin sharlarning kelib chiqishi haqida so’zlaydi. Aytishlaricha, RAmazon oyida ro’za vaqtida sulton xotinlarining biri gunoh qilibdi – uch dona uzum donasini yebdi. Tavba sifatida musulmon ayol barcha oltin taqinchoqlarini eritishga va ularda oltin sharlar yasab, minoraning cho’qqisiga qo’yishlarini so’raydi.
Bugunda turistlar va mahalliy yashovchilar nomidan bajariladigan marosim aynan shu afsonaga taqaladi. To’linoy kechasiga turib, minoraning tagiga yuzingizni sharqqa qaratib turish lozim. Aytishlariga ko’ra, agar qandaydir daqiqada oyda sharlar aksini ko’rsangiz, tilagingizni aytishingiz mumkin. Ammo, tilak ushalishi uchun insonning niyatlari toza bo’lishi lozim.

Yaffa – dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri. Hozir u Tel-Avivning tumanlaridan biri hisoblanadi, qachonlardir esa mustaqil hudud bo’lgan. U haqidagi birinchi eslatmalar m.a. XVI asrlarga borib taqaladi. Hikoyalarga ishonganda esa, Noy o’z kemasini aynan shu yerda yasagan. Shu yerda havoriy Pyotrga ko’rinish kelgan, va shu yerdan payg’ambar Ionning sayohati boshlangan.
Hozirda Yaffaning qadimiy qismida munajjimlar yo’lakchasi degan joy bor. Bu yerdagi ko’chalar munajjim belgilari nomlari bilan atalgan, va o’z tilagizgiz ushalishi uchun o’z belgingiz bilan nomlangan ko’chani topishingiz va u yozilgan taxtachaga qo’l tekkizishingiz lozim. Lekin, ba’zan, o’z belgingiz nomigacha yetib olish uchun ancha harakat qilishingizga to’g’ri keladi – ba’zilari ikki yarim metr balandlikda joylashgan.
Bundan tashqari, tilagingizni, dastalari munajjim belgilari bilan bezatilgan ko’prikda turib ham aytishingiz mumkin. Bu yerda ham xuddi o’sha ishni: o’z belgingizli plitaga qo’l tekkizish lozim.

Asal oyini Italiyada o’tkazish ko’pgina sevishganlarning orzusidir. Ammo bu mamlakatga hali sevgi bobida unchalik omadi chopmaganlar ham borishlari mumkin. Ularga Veronadagi Djulyettaning uyiga boorish tavsiya etiladi, va uyning hovlisida Djulyettaning haykalini ko’rishlari mumkin. Odatga o’ra, bronzali Djulyettaning o’ng ko’ksika qo’l tekkizish lozim, o’shanda sevgi bobida albatta omadingiz keladi. BU odatga kam odam ishonmasligi aniq, chunki Djulyetta uyi Italiyaning eng ko’p tashrif buyuriladigan yodgorliklaridan biri hisoblanadi.
Hisoblanishicha, o’sha joyning o’zginasida Verona markazida Kapello oilasi yashardi, va aynan ular zamonaviy Kapulyeti oilasi misoliga aylandi. Uzoq vaqt davomida turistlar bu uy devorlarida ko’p sonli tilaklarni yozib qoldirishardi: kimdir qog’ozlarni saqich bilan yopishtirardi, kimdir graffiti chizardi. Ammo qandaydir vaqtda tilaklar shunchalik ko’paydiki, Verona hokimiyati devorlarni tozalashga qaror qilishdi. Shuning uchun endi Djulyetta muzeyiga rasman tashrif buyurib, tinch va sokin holatda unga xat yozib, sevgi borasiga omadni so’rsh mumkin.
Yaqindagina esa Verona hukumati yangi xizmatni taklif qildi – zamonaviy Djulyetta balkonida to’y qilish. Bunday noan’anaviy nikoh uchun Verona fuqarolariga £600, Yevropa Birlashmasidan kelgan juftliklarga £200 ko’proq, va boshqa mamlakatdan kelgan sevishganlarga £1000 to’lashga to’g’ri keladi.

Sharq Venetsiyasi deb ataladigan Suchjou, ikki yarim ming yil oldin barpo qilingan. Shahar qurilishi haqida sulola hukmdori U buyruq bergan, uning xohishiga ko’ra, Suchjou dunyodagi eng go’zal joylardan biriga aylanishi kerak edi. Shundoq bo’ldi ham. Xityliklarda maqol ham tug’ildi: “Osmonda Jannat bor, yerda esa – Suchjou va Xanchjou”.
Qadim zamonlardan Suchjouda doimo suv bosishlar bo’lib turgan. Va shaharni bundan qutqarish uchun xitoyliklar kanallarning kengaytirilgan tizimini qurishdi. Qachonlardir ular mingga yaqin bo’lgan, ammo bugungi kungacha atigi 200 ga yaqini saqlanib kelgan. Avvallari ularni yog’ochdan qurishgan, keyinroq toshdan qurganlar, va har bir ko’prik o’z nomiga ega. Karyera ko’prigi, Farovonlik, Tinchlik, Omad ko’prigi va boshqalar.
Eng qadrli va taniqli ko’priklardan biri – Qimmatli kamar ko’prigidir. Uni imperator Yuan Xe davrida XI asrda qurganlar. Uning uzunligi – 317 m, va afsonaga ko’ra, u sotilgan nefrit kamaridan kelib tushgan tushumga qurilgan. Ko’prikni qurish buyurilgan mahalliy prefektda mablag’I tugab qolgan. Ishni oxirigacha yetkazish uchun, unga nefrit kamarini – Suchjou hukmdoridan sovg’ani sotishga to’g’ri keldi. Aytilishicha, Qimmatli kamar ko’prigi moliyaviy barqarorlik va ishlarga omad keltiradi. Buning uchun ko’prik ustidan suvha tang ava biror bir taqinchoq tashlash lozim.

Chichen-Itsa shahri, Yukatan yarimorolida joylashgan bo’lib, yomon shuhratga ega. Aynan o’sha yerda O’lim qudug’i degan joy bor, va aynan uni qadimiy mayalar qurbonliklar uchun ishlatishgan. Bu joy haqidagi birinchi eslatmalarni yepiskop Diego de Landon, hindular marosimlarini tasvirlagan insonning yozuvlarida topish mumkin. Uning so’zlariga ko’ra, quruqchilik davrida mahalliy yashovchilar eng chiroyli bokira qizni topib, uni arqonlar bilan bog’lab, suvga, u o’lishigacha botirib qo’yishgan. Shunday qilib ular xudolarga qurbonlik qilib, yomg’ir yog’ishini so’rashgan. Chuqurlikka ko’pgina qiymatli jismlar ham tushgan: qimmatli toshlar, tilla bezaklar, qimmatli metallardan jihozlar. Mayalar hisoblashlaricha, bu marosim davrida tashqariga krokodilga o’xshash yashil ruh ko’tarilar edi.
XX asrda ikkita amerikaliklar quduq ichiga ekspeditsiyani amalga oshirishdi. Qurbonlikla haqidagi afsona tasdiqlandi. Quduqda ko’pgina skeletlarni topishdi. Aniqlanishicha, hindular quduqqa nafaqat yosh qizlar balki, yigitlar va hatto bolalarni ham tashlashgan. Quduq allaqachon qurbonlik maskani bo’lmasada, ko’p insonlar uning mo’jizaviy kuchiga haligacha ishonishadi. Bugunda odamlar unga tilaklari ushalishi uchun tanga tashlashadi. Kimdir yomg’ir so’raydimi yoqdi no’malum.

Shimoliy-sharqqa ozgina egilgan minora, Qozon kremlining bir qismi va Qozonning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi (aytgancha, u mashhur Pizan minorasidan ikki metr balandroq). Syuyumbike minorasi haqidagi birinchi eslatmalar 1777 yildagi manbalarda topilgan, boshida uni Xan-Djami yoki Xan-Mechete deb atashgan, va totor tilidan tarjima qilinganda “xon maqbarasi” deb tarjima qilinadi. Minoraning hozirgi nomi birinchi bo’lib “Zavoljlik humoli” jurnalida paydo bo’ldi, va uning sonlarining birida Qozon yodgorliklari haqida maqola bosib chiqarilgan edi.
Minora bilan ko’pgina afsonalar bog’liq. Ulardan birida yozilishicha, uni Syuyumbike malikasi - o’z turmush o’rtog’i- xon Safa-Girey nomiga atab minorani qurgan – malikaga atab nom berganlar. Boshqa variant bo’yicha, u Ivan Grozniy buyrug’iga asosan Qozonga ega bo’lishidan yeti kundan so’ng barpo qilishgan. Aytishlaricha, rus hukmdori qozonlik malikasining qo’lini so’ragan. U esa Ivan Grozniy minora qurish shartini qo’ygan. Hammasi tayyor bo’lganida, Syuyumbike minoradan o’zini tashlagan.
Qozon yodgorligi oldiga turlicha tilaklari bor odamlar kelishadi, lekin u, ayniqsa sevgi bobida omad so’raydiganlarga yordam beradi. Aytishlaricha, aytilgan tilak, minoraga peshonangiz bilan suyalib ichingizda uch niyat aytganingizda ushaladi. Sevgi bobida esa omadni, minoraga orqangiz bilan suyanib so’rasangiz ushalishi aniq.

Mengirlar – yerga vertical tarzda urib qo’yilgan ulkan sirli plitalar – ko’p yillar davomida olimlarni bezovta qilib kelmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, ularni 4000 yil oldin yashagan qabilalar qurganlar, ammo bu toshli plitalarning ishlatilish maqsadi haligacha aniq emas. Bu 50 tonnali toshlarni tog’ cho’qqisiga qanday qilib chiqarganliklari ham aniq emas.
Qadimgi odamlar mengirlardan kasalliklarni davolash uchun ishlatishgan degan gumon bor. Ba’zi olimlar fikrlariga ko’ra, toshli plitalar yer yuzasi siniqlari yaqinida, maxsus energetic yorug’lik keladigan hududda joylashtirilgan. Shuning uchun qadimda bu joylarni sirli marosimlar o’tkazish uchun ishlatishgan.
Deyarli har bir mengirning o’z nomi bor. Ulardan eng taniqlisi Ulus-Xurtuyax-Tas, tarjimada “katta toshdan yasalgan buvi figurasi”. Toshda ayolning yuzi, ko’kragi va aylana qorni o’yilgan. Aytilishicha bu haykal ayollarga bepushtlikdan davolanishga yordam beradi. Hikoya qilinishicha, samaradorlikka erishish uchun mengirning yuzini smetana yoki sut bilan surtib chiqish kerak (ushbu marosimning ko’p marotaba bajarilishidan mengir qorayib ketdi).
Noyob haykalni buzilishdan saqlash niyatida, uning ostida shisha yurtani qurishdi. Tosh atrofida o'’ ekishdi va inshoot ichida esa doimiy harorat quvvatlanadi. Enfi toshli haykal YUNESKO ning Umumjahon merosiga kiritildi va Ulus-Xurtuyax-Tas muzeyining asosiy eksponatiga aylandi.
Ammo aytishlaricha, mo’jizaviy xususiyatlarga barcha mengirlar ega. Birorta toshli haykalni tanlab, uni soat strelkasiga ko’ra uch marotaba aylanib o’tib, toshga tegib va xayolan tilakni tasavvur qilish lozim.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.