Kanal
Sayohat

Qiziqarli dunyo: Fojia sodir bo’lgan joylarga sayohat

Qiziqarli dunyo: Fojia sodir bo’lgan joylarga sayohat

Biznes uchun g’oyalar juda bisyor, oddiylaridan tortib, g’ayritabiiyligigacha. Turizmning nostandart turlari ham biznes uchun yaxshi g’oyadir. Fojialar ro’y bergan joylarga sayyohlarning borishida hech qanday yomonlik yo’q. Aksincha, bu bizning tariximizga yana bir bor nazar tashlab, fojia haqida unitmaganligimizni, uni hamisha yod etishimizni bildiradi. Ushbu maqolamizda dunyodagi shunday joylar bilan tanishishingiz mumkin.

Bugungi kunda Fukusima atom elektr stantsiyasiga turizm sayohatlari uyushtirilgan. Tarqalgan radiatsiya tufayli bu yer tashlandiq holga kelgan. Tashrif buyuruvchi sayyohlar radiatsiyaga qarshi kostumlarni kiyishlari lozim bo’ladi.

Osventsim kontslageri – millatchi Germaniyaning dahshati va vahshiyligini ko’rsatuvchi joydir. Bugungi kunda bu yer ham turistlar tashrif buyurishi mumkin bo’lgan joy hisoblanadi. Bu yerga faqat yanvar-may oylaridagina tashrif buyurish mumkin.

Bugungi kunda ko’plab sobiq qamoqxonalar omma uchun ochiq. Alkatras qamoqxonasi ham shular jumlasidandir. Bu qamoqxona San-Frantsisko qirg’oqlari yaqinidagi orolda joylashgan. Ba’zi qamoqxonalar esa mehmonxonaga aylantirilgan. Masalan, Istambuldagi Malmaison Oxford hamda Amsterdamdagi Hotel Lloyd qamoqxonalari shular jumlasidandir.

Bu shahr bir paytlar 50 ming kishilik aholidan iborat edi. Aholining ko’pchilik qismi Chernobil atom elektr stantsiyasida ishlar edilar. 1986 yildagi Chernobil AES dagi avariya sababli Pripyat tashlandiq shaharga aylandi. Bu shaharning qo’rqinchli, xilvat ko’chalari va binolari bugungi kunda ko’plab sayyohlarni o’ziga jalb qilmoqda. Kimsasiz ko’chalarda tashlab yuborilgan protivogazlar va SSSR davrining buyumlarini ko’rish mumkin.

Kambodjadagi irqchilik fojiasi tufayli 3 millionga yaqin inson o’ldirilib, ko’mib yuborilgan. Bugungi kunga kelib ommaviy qirg’in bo’lgan bu joyga turistlar oqimi kelmoqda. Bu yerda shuningdek, genotsid qurboni bo’lgan odamlarning bosh chanog’i bilan to’ldirilgan tarixiy o’g’irlarni ko’rish mumkin.

Italiyaning Toskana viloyati sohilbo’yida Costa Concordiya kruiz laynerining halokatga uchrab, g’arq bo’lgan joyi ekskursovodlarning diqqatini tortib kelmoqda. Ular ham o’z navbatida turistlarni shu halokat sodir bo’lgan joyga olib bormoqdalar.

2005 yilda AQSH dagi Yangi Orlean shahriga Katrina to’fonining yopirilishi oqibatida shahar yaxshigina zarar ko’rgan. Buning natijasida turistlarning ham qiziqishiga sabab bo’lgan. Shuning uchun ham bugungi kunda bu yerga sayyohlar kelib turadilar.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish