Kanal
Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari

Delfinlar okean va dengizlarning og’ir sharoitlarida yashab, o’zlarida takomillashgan qobiliyatlarni rivojlantirishgan. Masalan, delfinlar ko’p vaqt uyqusiz tura olishlarini, bo’shliqda ajoyib yo’l topa olishlarini, magnit hissiga egaliklarini va hatto organizmdagi qon bosimlarini nazorat qila olishlarini bilarmidingiz?

Delfinlar uxlamasliklari mumkin. Dunyodagi barcha hayvonlar uyquga muhtojlar, shu navbatda inson ham. Jahon rekordi 11 kun uxlamagan Rendi Gardnerga tegishli. Ammo to’rtinchi kunning o’zida unda gallyusinatsiyalar boshlandi.
Agar inson uxlamasa, u oxir oqibatda o’ladi. Xuddi shuning o’zi rivojlangan miya funksiyalari bor jonzotlarda takrorlanadi, ammo delfinlardan tashqari, ular ma’lum bo’lishicha, uxlamasdan yurishni va o’zlarini yaxshi his qilishni o’rganib olishdi. Masalan, delfin bolalari tug’ilgan so’ng, ota-onasi singari birinchi oyda umuman uxlamaydilar.

Delfinlarning noyob ko’rish qobiliyati. Ma’lumki, delfinlar o’zlari yashaydigan dunyoda yo’nalishni to’gri olishlari uchun exolokatsiyadan foydalanishadi. Suv chuqurliklarida ko’rish ancha qiyinroq bo’lganligi sababli, hayvonlarga predmetlarni “ko’rish” uchun ovozlarni ishlatish osonroq. Ko’rish qobiliyati ularga umuman kerak emas deb o’ylash mumkin, ammo bu unday emas.

Sizga delfinlar ustiga nega boshqa suv jonzotlari, masalan qisqichbaqalar, ilinib qolmasligi qiziqtirsa kerak? Kitlar ko’pincha shu jonzotlar bilan ildirib olinganlar, ammo delfinlarda immunitet bor shekilli? Delfinlar terisi doimo sirpanchiq, toza va yaltillagan ko’rinadi. Buning siri nimada?

Ma’lumki, delfinlar ajoyib suzuvchilar, Masalan, delfin-afalina 550 metr churuqlik suv ostiga kirib, 12 daqiqa ichida nafas olmaslikka qodir. Ular bunga noyob o’pkalari sababli qodirlar. Ularning o’pkalari hajmi bo’yicha biznikidan katta bo’lmasada, ular ancha samaradorliroq ishlaydi. Har bir nafas bilan delfin o’pkada 80 ga yaqin yoki ortiqroq foiz havoni almashtirishadi. Biz atigi 17 foizni almashtira olamiz.

Tanalarida ochiq jarohatlarga ega bo’lib turib, delfinlar bakteriyalar bilan to’la suvda suza olishadi, va bunda hech qanday yuqumli kasallikni olishmaydi. Ularni hatto akulaning iflos tishlaridan qolgan jarohatlar ham qo’rqitmaydi. Inson bunday vaziyatda qon ifloslanishidan bir necha kun ichida halok bo’lishi tayin. Ammo delfinlarga baribir!
Delfinlarga hech qanday yuqumli kasallik o’tmas ekan. Ma’lumki, bu jonzotlarning immum tizimi biznikiga o’xshash, lekin ular qanday qilib o’zlaridan barcha infeksiyani itarishadi?

Delfinlarning davolovchi kuchi odamlarga yordam beradi. Aslida, delfinlarda bunday mo’jizali qobiliyatlar qayerdan paydo bo’lgani hech kimga ayon emas. Delfinlar plankton va suv o’tlaridan o’ziga xos antibiotiklar olishi mumkin degan tahmin bor.

1936 yilda britaniyalik zoolog ser Djeyms Grey delfinlar qanchalik tez suza olishlari bilan hayratlangan edi. U delfinlarning anatomiyasini sinchiklab o’rgana boshladi va shuni aniqladiki, delfinlar terisi surkalishni oldini oluvchi mo’jizali qobiliyatga ega bo’lishi lozim, aynan o’shanda ular shunday tezlikni rivojlantirishga qodir bo’lgan bo’lardilar. Bu fikr “Grey paradoksi” deb nomlandi va 2008 yilgacha olimlar buni yecha olishmadi.

Nega delfinlar va kitlar ba’zida qirg’oqqa tashlanishadi? Bu topishmoq bir necha yillar davomida olimlarni qiynab kelgan. Turlicha nazariyalar taklif qilingan: g’aroyib kasalliklar, atrof muhitning ifloslanishi yoki harbiy texnikaning sinalishi. Ammo tadqiqotlar biror bir nazariyani tasdiqlamadi.
Hayvonlar qirg’oqqa tashlanishlari yuz yillar davomida kuzatilgan, lekin yaqindagina olimlar buning asl sababiga yetgandek bo’ldilar: buning asl sababi Quyoshda va sayyoramizning magnit maydonida ekan.

Delfinlar tanalaridagi exolokatorlar haqiqatdan ajoyibdir. Ularning masofada predmetlarni his qilish qobiliyati qoyil qoldiradi. Hayvonlar ovozli signallar uzatishga va obyektlardan kelgan aks sadoni eshitishga qodirlar.
Agar bu noyob hisga boshqa yuqorida aytib o’tilgan qobiliyatlarni qo’shib qo’yganda, delfinlarni boshqa mavjudotlardan farq qildiruvchi haqiqatdan fantastik tuyg’ular va qobiliyat egalariga chiqarish mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish