Qanday qilib uy sharoitida kofeda chizish mumkin?

Kayfiyat shu zamonni o’zida ko’tariladi, kofe yanada mazaliroq bo’ladi, va u yordamida isinish yanada yoqimliroq deb tuyuladi. Shuning uchun biz sizga kofe ustidagi rasmlar haqida gapirmoqchi va uy sharoitlarida rasmlar chizishni o’rgatmoqchimiz!



Kofeda chizish uchun sizga 62-65 gradusgacha isitilgan, 3,4 % yog’li ko’pikli sut va sifatli pishirilgan espresso kerak bo’ladi, bo’lmasa, bezak aytgandek chiqmasligi mumkin. Ko’pikli idishni kofeli stakandan 5 santimetr uzoqlikda tuting, stakanni sal eging va ko’pikni aylanma harakatlar bilan soling. Eng oxirida ko’pikli idishni kofega juda yaqin keltiring va hosil bo’lgan aylanani “yoping”.

Espresso ichiga sutni mayin chiziq holatida soling. Ko’pikli stakanni kofening ustida balandroq tuting.Undan keyin sutli idishni chapga va o’ngga asta silkita turib suzing. Oxirgi harakat bilan rasmni “yoping”.

Ko’pikni kofe ichiga suzing. Stakan yarimigacha to’lganida, bir nechta yurakcha hosil qiling va ularni sutli chiziq yordamida bo’ling.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.