Ozishga yordam beruvchi ziravorlar

“Soglom turmush tarzi” deganda,biz ratsionimizda kam miqdorda yog’liq, qovurilgan, sho’r va shirin taom bo’lishi kerakligi nazarda tutiladi. Biroq shuni ham unutmaslik lozimki, to’g’ri ovqatlanish tizimida ziravorlarning ham ahamiyati katta, buni ayniqsa sharqda yaxshi biladilar. Parhezli ziravorlarning bir necha xili bor, ulardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz.

Vanil (xushbo’y ziravor) – juda foydali ziravor bo’lib, u past kaloriyali taomlarga unutilmas maza berib va ularni yengil desert holiga keltiradi. Vanilin sababli organizm tezroq to’yadi hamda o’zining jalb qiluvchi nozik hidi bilan kayfiyatni ko’taradi.

Qalampirmunchoq – turli xil marinadlar, sous, pishiriqlarni tayyorlashda hamda go’sht va sabzavotlarni dimlashda ishlatiladigan ziravor vaznni sezilarli darajada kamayishiga yordam beradi. O’zining mast quluvchi hidi va o’tkir achchiq ta’mi tufayli qalampirmunchoq kichik miqdorda glintveyn ichimligini tayyorlashda ishlatiladi, xalq tabobatida esa antiseptik vosita sifatida foydalaniladi.

Zanjabil (imbir) – bu ta’m beruvchi ildizdan tayyorlangan ziravor davolovchi xususiyatga ham ega: organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi va tezlashtiradi, shlaklar chiqishini ta’minlaydi hamda qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Bu esa o’z navbatida ortiqcha vazndan xalos bo’lishga xizmat qiladi.

Qora murch – bu aynan siz uchun kerakli ziravordir. Axir uning tarkibida ortiqcha yog’ning erishiga xizmat qiluvchi hamda ortiqcha kaloriyani sarf qiladigan “piperin” moddasi mavjud. Bundan tashqari murch qorin dam bo’lishida va ovqat hazm bo’lmasligida yordam beradi – u organizmni isitadi, bu bilan undagi moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

Gorchitsa (xantal) – parhezli ovqat ratsionining eng kerakli va foydali ziravoridir. Bu ziravor ham organizmdagi moddalar almashinuvini tezlashtiradi va o’z-o’zidan ortiqcha vaznning ketishiga xizmat qiladi.

Kardamon – bu zanjabilgullilar oilasiga mansub bo’lgan dorivor yog’ erituvchi xususiyatga ega bo’lib, ichaklarni tozalaydi, organizmdan tuz va shilimshiqlarni chiqarib yuboradi.

Kurkuma – juda foydali ziravor bo’lib, qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi, organizmdagi kaloriya va yog’larni eritadi hamda ichaklarda qulay mikroflorani yaratadi.

Yalpiz – dorivor o’simlik, uning barglari ovqat hazm qilish yo’lini yaxshilovchi, safro haydovchi va ko’ngil aynashini bosuvchi xususiyatga ega.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.