Kanal
O'zbekiston

O'zbekistonda tasviriy san'atning rivojlanish tarixi

O'zbekistonda tasviriy san'atning rivojlanish tarixi

Buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri yetuk sanʼatkori - Kamoliddin Behzod - Hirot miniatyura maktabi asoschisi, muzahhiblarning yetakchisi va ustozi bol'gan.

Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi Ahmadning maʼlumotlariga koʻra, Kamoliddinn Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqoshoʻz tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, unirivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir isteʼdodi juda tez shakllangan ekan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida oʻsha davrning yetuk sanʼatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad kabi xattotlar ijod bilan band boʻlganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Behzod ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda — Navoiy va boshqa sanʼatkorlar ijodi taʼsirida kamol topgan.

Kamoliddind Behzod musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga chaqirilgan. 1487- yil Sulton Husayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy oʻz davrining badiiy akademyyasiga aylangan. Uni mutaxassislar "Nigorxonayi Behzod" yoki "Behzod akademiyasi" deb ataganlar. Musavvir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizgʻin ijod bilan band boʻdgn, koʻplab moʻtabar qoʻlyozmalarni yaratishga rahnamolik qilgan, maʼlum qismini nafis rasmlar bilan ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi, qator zamondoshlarining — Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning chexrai kushoylarini yaratdi, bir guruh yoshlarga rassomlik sirlarini oʻrgatdi.

 

1507—10 yillarda Behzod Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida boʻldi. Bu davrdan bizgacha Behzod yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510-yil Hirot shahri safaviylar qoʻliga oʻtadi. 1520-yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmosibga rasm oʻrgatishi uchun Behzodni oʻz saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi, 1522-yil esa maxsus farmon bilan rassomni oʻz kutubxonasidagi kitobat axli (kotib, naqqosh, muzaxlib, jadvalkash, halkor, zarkoʻb, lojuvardshoʻy va boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524-yil Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh Tahmosib davrida ham Behzod katta obru va eʼtiborga ega boʻlgan. Tabrizda Behzod Sulton Muhammad, Ogʻa Mirak va Mir Mansur kabi musavvirlar bilan hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning maʼlumotiga koʻra, Behzod hayotining oxirida ona shaxri - Hirotga qaytgan va shu yerda vafot etgan. Musavvirning qabri Koʻhi Muxtorning (hozirgi Afg'oniston hududida)  xushmanzara joyida joylashgan.

Oʻrta Sharqda 17-asrgacha rassomchilikda asosiy taraqqiyot yoʻnalishini belgilab bergan Behzod ijodi uning zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. Behzod oʻzidan oldingi rassomlar anʼanalarini davom ettirdi va boyitdi. Asarlarining tarxi murakkab, erkin harakatlarga boy, yorqin, jozibador ranglardan tuzilgan boʻlib, ular oʻzaro uygʻun. Tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy, ishonarli va taʼsirchan tasvirlangan. Chiziqlar nihoyatda nozik, ranglar nafis ishlangan. Portretlarida inson maʼnaviy qiyofasi, ruhi, his-tuygʻulari, xulq-atvorini aks ettirishga ahamiyat bergan.

Saʼdiyning "Boʻston" asari qoʻlyozmasi (1478, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) rasmlari, Attorning "Mantiq-ut-tayr" asari qoʻlyozmasiga (1483, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida) 1487-yil chizilgan rasmlar, Navoiyning "Hamsa" qoʻlyozmasiga (1485, Oksforddagi Bodli kutubxonasi va Manchesterdagi Jon Reylands kutubxonasida) ishlangan 13 rasmning "Paygʻambar oʻz sahobalaribilan", "Xoja Abdulloh Ansoriy darvishlar bilan suhbatda", "Moniy Baxromga Diloromning rasmini koʻrsatmoqda" va boshqa miniatyuralar Behzodga nisbat beriladi. Saʼdiyning "Boʻston" asarining Misr nusxasi (1488, Qohiradagi Milliy kutubxonada) rasmlari (qoʻlyozmani xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan, naqshlarni Yoriy Muzahqib yaratgan) —12 rasmdan 6 tasida Behzodning imzosi bor: "Sulton Husayn saroyida ziyofat" (qoʻsh rasm), "Doro va otboqarlar", "Masjiddagi bahs", "Olimlar suhbati", "Zulayhoning Yusufga iltijosi" nomli rasmlar Behzod tomonidan yaratilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari qoʻlyozmasining (1467, AQSH, Baltimordagi Jon Xopkins universitetida) xattot Sherali koʻchirgan nusxasidagi 12 miniatyuraning 8tasi (15-asr 90-yillari) Behzod asaridir. Rasmlarda rasmiy qabul, jang lavhalari, qalʼa qamali bilan bir qatorda Samarqanddagi Bibixonim masjidi qurilishini tasvirlovchi qoʻshaloq rasm ham mavjud. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarining xattot Sulton Muhammad Nur koʻchirgan nusxasiga (1528, Hirot, Tehrondagi Saltanat kutubxonasida) Behzod rasmlar chizgan. 

Nizomiyning "Hamsa" asari nusxasiga (1442, Londondagi Britaniya muzeyida) 1493—1535 yillar davomida ishlangan 19 miniatyuradan 3 tasi Behzod ijodi mahsuli. "Layli va Majnun qabilalari jangi", "Suvoriylar jangi" va "Bahrom Goʻrning ajdar bilan olishuvi". Bularda "Savarraxu alabd Behzod" degan yozuv bor. Nizomiyning"Hamsa" asari nusxasidagi (1494, Londondagi Britaniya muzeyida) 22 rasmdan 7 tasida Behzod nomi qayd etilgan. Amir Xusrav Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostoni qoʻlyozmasiga (1495, Sankt Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi xalq kutubxonasida) Behzod "Layli va Majnun maktabda", "Doʻstlari va otasi Majnunga nasihat qilmoqsalar" nomli rasmlarni chizgan. Amir Xusrav Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostonining Sulton Muhammad Hiraviy koʻchirgan qoʻlyozmasi (Sankt Peterburg)da Behzodga nisbat berilgan "Madrasadagi bahs", "Layli va Majnun maktabda", "Layli va Majnun sahroda", "Majnun Laylining iti bilan" va "Majnunning elchisi Layli huzurida" nomli miniatyuralar bor; Saʼdiyning "Guliston" asari qoʻlyozmasining (1486,Garvarddagi Fogg sanʼat muzeyida, sobiq Rotshild majmuasidan) xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan nusxasiga Behzod 2 rasm ishlagan. Amir Xusrav Dexlaviyning "Hamsa" asari qoʻlyozmasidagi (1495, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) 13 rasmning 4 tasida Behzod asarlariga xos xususiyatlar mavjud. "Sulton Husayn bogʻda" qoʻshaloq rasm (1485—90, Tehrondagi Guliston muzeyi, muraqqada). "Chol va yigit" rasmi (Nyu Yorkdagi Kevorkyan majmuasida). "Tuyalar olishuvi" rasmi (Tehrondagi Guliston muzeyida), Sulton Husayn portreti (Shvesiyadagi F. Martin majmuasida), Muhammad Shayboniyxon portreti (Timken Burnet majmuasida), Abdurahmon Jomiy portreti (Erondagi Rizo kutubxonasida), "Sulton Husayn va Alisher Navoiy" qoʻshaloq rasm (Sankt Peterburgda). Bulardan tashqari, Behzod asarlari al-Xavarnaq qasrining qurilishi (Nizomiyning "Hamsa" asariga Behzod ishlagan miniatyura) kutubxonalari, qoʻlyozma fondlari, muzeylari va shaxsiy majmualarda ham mavjud. Ustod sanʼatkor sifatida Behzod Hirot va Tabrizda qator shogirdlarni tarbiyalab yetkazdi. Uning shogirdlari Behzod anʼanalarini butun Oʻrta Sharqqa yoydilar. Behzod anʼanalari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Mahmud Muzahhib (Muzahhib oltinbilan bezovchini anglatadi) o‘z ustozidan eng yaxshi fazilatlarini tasviriyvositalarda yaxlit ifoda etishni o‘rgandi.

Bizgacha yetib kelib, hozirda Parijdagi milliy kutubxonada saqlanayotgan, XIV-asrga mansub Rashid-ad-Dinning"Maqolalar to‘plami" ga ishlangan miniatyura (mo‘j’az san’at) portretlari O‘rta Osiyoda qadimgi tasviriy san’at asarlari hisoblanadi.

XIV-asrga kelib Samarqandda Amir Temurning "Bog‘i Shamol", "Bog‘i Dilkusho" saroylari devorlariga, harbiy yurish, jang va ov marosimlarida Temurni o‘z kanizaklari, Amir, shaxzodalari bilan o‘z davrining miniatyurachi rassomi Axmad Bog‘i-Shamol tomonidan tasvirlangan.

O‘rta Osiyo miniatyura san’atini gullab rivojlanishi XV-asrda boshlanadi. XV-asrni ikkinchi yarmida Hirot Husayn Bayqaro saltanatida buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy rahnamoligida taraqqiy etgan madaniyat o‘chog‘iga aylanadi.

Hirot adabiyot va san’at namoyondalari ichida Kamoliddin Behzod yorqin yulduz bo‘lib yarqiradi.

Ulug‘ miniatyurachi musavvir o‘z zamondoshlari: Sulton Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, shoirlar Jomiy, Xatefiy kabilarni ajoyib portretlarini chizib bizlarga meros qilib qoldirgan.

Portretlar chuqur ruhiy holatlari bilan ajralib turadi. Sulton Husayn Boyqaro portreti tashqi qiyofasi xarakterihaqida Bobur o‘z xotiralarida shunday ta’riflaydi: u ma’noli qarab turgan, mahobatli gavdasi kelishgan bamisoli sher, belidan pasti ingichka. U sergap, xushchaqchaq Xurosonda 40 yil davomida davlatpanoh bo‘lgan, Behzod o‘zbek xoni Shayboniyxon portretini 1507- yili Xirot olingandan keyin yaratdi. U ulug‘sarkarda davlat arbobi, ilmli olim, adabiyot va san’atni nihoyatda ulug‘laydigan shaxs edi.

Xon kalta yengil oddiy xirot halatboshida salla, chordana qurib o‘tiribdi. Og‘ir vaznli, to‘g‘ri nigohli qo‘li tizzasida yuz qiyofasida matonatli katta qalb egasi siymosida tasvirlangan .

Behzod portretlari yaxlit ranglar bilan tasvirlangan. Chiziqlarni aniq va plastik tuzilish xususiyatlari Shaybonixonni barvasta qudrati yelka gavda qiyofasini ifodalab beradi.

Shayboniyxonni portretida inter’erdagi siyohdon kitob, qamchin, katta o‘ng barmog‘idagi uzuk kabi buyumlar tomoshabinga ulug‘ sarkarda qiyofasini ochib berishda boyitadi .

Kamoliddin Behzod o‘z asarlarida o‘sha davrda portret miniatyura san’atini cho‘qqisiga erishdi. Xusayn Boyqaro qarorgohida miniatyura san’atida boshqa rassomlar ham ijod qilgan. Tarixchi Xondamir 1498- yil o‘zining "Xulosat Al’-Akbar " risolasida rassom Qosim Alini asrimiz nozik asar mualliflarining sardori, deb baholagan edi.

U san’at sir asrorining Xusayn Boyqaro kutubxonasida uning raxnamoligida egallagan edi.

Shayboniyxon saroyida Behzodning qobiliyatli shogirdlaridan biri Mahmud Muzahhib (Muzahhib oltin bilan bezovchini anglatadi) o‘z ustozidan eng yaxshi fazilatlarini tasviriy vositalarda yaxlit ifoda etishni o‘rgandi.

Uning dastlabki hammaga ma’lum Alisher Navoiyning portreti (XVI-asr) misol bo‘lishi mumkin .

Mo‘ysafid yoshlardagi shoir, hassaga tayanib turgan holda tasvirlangan. Quvg‘inlikda, amirlik, davlatni boshqarish ishlarida sochlari oqarib irodasi sayqal topgan edi.

"Men keksaysam ham tanam tetik, mening so‘zlarim xanuz qilich kabi o‘tkir" - degan edi Alisher Navoiy.

Mahmud Muzahhibni miniatyura asarida ulug‘ Alisher qiyofasida, soch, soqollari oqargan, biroz gavdasi engashgan, tugalmas hayotiy kuch, o‘tkir nigoh, labdagiyengil tabassum, shoirning xalqparvar, "gumanist", mutafakkir inson ekanidan dalolat beradi.

Kompozisiya jihatidan bu portret miniatyura san’atida o‘ziga xos xususiyatga ega, uning nozik qiyofasi hayotiyligi, ko‘z-qoshlari harakatlarida ifoda etilgan.

XVII-asrda bir xil O‘rta Osiyo rassomlari o‘z vatanidan uzoqda miniatyura san’atida an’analarni davom ettirdilar .

Rassom Davlat Muxammad Hindistonda Boburiylar saroyida sulton va ularni oilalarini, saroy amirlarini, shoirlarning portletlarini yaratdi.

Shu davrda Hindistonda Muhammad-Murod Samarqandiy Bobur saroyida ijod qilib, portret ustasi nomini oldi.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘rta Osiyo va O‘zbekiston xalqlarini o‘tmishda qoldirgan boy madaniy va estetik merosiga qaramay, tarixiy ob'yektiv sharoitlar sababli realistik tasvir san’ati o‘z shaklini topmay qolgan edi.

XIX- asr 60-yilari O‘rta Osiyoga, Rus ilg‘or realistik san’ati o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Tashrif buyurgan rassomlar o‘z asarlarida odiy xalq va tabiatni tasvirladilar .

Turkistonda birinchi bo‘lib ijod qilgan rassomlar ichida "Turkiston turkumi" suratlarini yaratgan ijodkor Vasiliy Vasilevich Vereshagin hayotni kuzatuvchisi sifatidir etnografik hayot tarzini chuqur o‘rganib etyud va eskizlar bajarish natijasida har xil mavzuda asarlar yaratdi. Uning "Balog‘atga yetmagan bola savdosi", "Zindon", "Nashavandlar" shular jumlasidandir.

Kompozisiya jihatidan ko‘p figurali, ko‘p planli bu asarda oddiy fuqaro, darveshlar, otda yuzboshi sarbozlar, ularni bo‘lib o‘tayotgan tantanaga psixologik munosobatlari, milliy liboslari aks etgan quyoshning yorug‘ shu’lasida Samarqand tabiati iliq gammada tasvirlab berilgan.

O‘zbekiston zamonaviy realistlik tasviriy san’atiga asosan XX-asr boshlarida O‘zbekistonga kelgan rus rassomlari tomonidan asos solindi. Birinchilar qatorida Mixail Ivanovich Kruzin, Lev Leonardovich Bure, Ivan Semyonovich Kazakov, Abduqodir Yusupov, Nikolay Ryazanov kabi rassomlarni aytish mumkin.

1918-yili Samarqandda, 1919-yilda Toshkentda Turkiston O‘lka rassomchilik maktabi tashkil topdi, boshqa rassomlar qatorida Aleksandr Nikolayevich Volkov yoshlarga dars berdi. Samarqandda esa Oganes Tatevostyan rahbarlik qildi.

Oganes Tatevostyan rassom sifatida 20-yillarda tanildi. U o‘zini manzara, natryumort, portret, maishiy janrlarda sinab ko‘radi va asarlarida sharqni o‘ziga talqinqildi.

Keyinchalik u natyurmort ustasi professor sifatida tanildi va 1954-57- yillarda yosh rassomlarga dars berdi.

Rus demokrat rassomlardan Ilya Efimovich Repinning shogirdi N.Rozanov 1924 yili san’at muzeyi qoshida birinchi bo‘lib tasviriy san’at studiyasini tashkil etdi. Bu milliy studiyada o‘zbek rassomlar X.Valiyev, Z.Saidnosirov, A.Toshkentboyev, O‘rol Tansiqboyev va boshqalar birinchi bo‘lib saboq olishdi .

Nikolay Rozanov kabi Ivan Kazakov ham rus realistik san’atini asoslarini yoshlarga o‘rgatdi.

Realistik san’at bilan bir qatorda Petrov-Vodkin, Nikolay Kuznesov , Aleksandr Volkov kabi bir necha rassomlar formalistik yo‘nalishga burilib ketdilar .

Bu yo‘nalishni amalga oshirganlardan biri Aleksandr Volkovdir. Uning "Anorli choyxona", "Karvon", "Sandal oldidagi o‘yinchi" kabiasari 1924-yilda Toshkentda Moskvada shaxsiy ko‘rgazmada namoyish etildi .

Jamoatchilik tomonidan tanqidga uchragandan keyin relaistik yo‘nalish qaror topdi. Volkov "Anorli choyxona " asaridan keyin ijodida burilish yasadi.

U o‘z esdaliklarida realizm yo‘li inson obrazini yaratishdan to‘g‘ri yo‘lligini ta’kidladi.

Avtoportret, Rafiqasi portreti, “Kolxozchi”, “Paxta terimi”, "Bayram" asarlarida realizm yo‘li namoyon bo‘ldi .

Alesksandr Volkov bahor marosimlari - sayl, lola terish, to‘y, hosil bayramlarini quvonchli ranglarda ifodaladi.

"Karvon" asarida tuyani uchburchak shaklidagi ayol va bosh harakati ara g‘ildiraklarini g‘ildirash tovushlari bilan bog‘lanib, bir rang spektri kompozisiyasiga aylangan "Uchta so‘zana" asarida shartli geometrik figura qizil, ko‘k, oxra, sariq rangli shakllarni bir-biriga tutashishi musiqa ohanglarini estaladi.

Shu davrda portret va tarixiy mavzuda O‘rol Tansiqboyev, Usta Mo‘min (Nikolayev), Vldimir Ufimsev, Mixil Arinin kabi rassomlar ijod qilishdi.

Keyinchalik, 1960- yildan boshlab O‘rol Tansiqboyev ijodida manzara janri gullab rivojlandi.

U o‘ziga xos usulda manzara kompozisiya maktabini yaratdi. Uning "Issiq ko‘l", "Ona o‘lka", "Tog‘da kuz" kabi ko‘plab asarlari san’at muzeyining oltin fondidan joy olgan.

Peterburg Badiiy akademiyasida ta’lim olgan Pavel Petrovich Benkov 1928-yili birinchi marta O‘zbekistonga keldi.

Bu diyor o‘zini betakror go‘zalligi bilan uni o‘ziga maftun etgan edi.

Shu vaqtda u Buxoroda bo‘lib, "Buxoro bozori", "Chor minor masjidi", "Xovuz labidagi choyxona", "Uzum bozori", "Usti yopiqbozor" kabi manzaralarni yaratdi.

Bu asarni o‘zbek tasviriy san’atida birinchi realistik ijod namunasi deyish mumkin. O‘z paytida u Tretyakov davlat gallereyasining doimiy ekpozitsiyasidan o‘rin olgan edi.

Rassom 30-yillarda katta tematik suratlar ishlash uchun etyudlar, xomaki chizg‘ilar sifatida badiiy materiallar to‘pladi.

Uning "Hujum" nomli pillakashlik fabrikasi, "Registonda 8 mart" polotlonalari shular jumlasidandir. U o‘z ustozlari Dmitriy Nikolayevich Kardovskiy, Ilya Repindan o‘rgangan hayotni chug‘ur aks ettirish, badiiy obrazlar yaratish an’analarini davom ettirib o‘ziga xos ranglar "palitra"sini yaratdi. "Uzum uzish" yoki "Dugonalar" kartinasida ko‘p millatli vatanimizda xalqlar do‘stligi g‘oyasi obrazi ochib berilgan. Janubning sahiy quyoshi, go‘zal farovon turmushi asar kompozisiyasida mohirona hal etilgan.

Qalin novdava barglari orasidan tushgan quyosh nurlaridan pishib yetilgan uzum bog‘lari manzarasi fonida ikki qiz tasvirlangan. Biri o‘zbek, ikkinchisi rus qizi, ular kompozisiya ma’naviy markazini tashkil etadi. 

Asarning personajlari, zavq bilan tomosha qilayotgan, qizlar ham, bolalar ham keksa bog‘bon ham bir oila a’zolaridek ko‘rinadi.

Tasvir yorqin bo‘yoqlarda ishlngan, unda havo ko‘p bo‘lib, serquyosh O‘zbekistonning go‘zal tabiati juda nafis ranglarda aks ettirilgan.

Pavel Benkov, hayotni ko‘p ko‘rgan, yoshi ulug‘ odmlar suratini chizishni yoqtirardi. Uning eng yaxshi yaratilgan asarlaridan biri "Ilg‘or kolxozchi portreti" edi. Unda sochlariga oq oralagan, mehnatdan chiniqqan insonning obrazi aks ettirilgan.

Portret iliq gammada ishlangan bo‘lib, ayni ijod pallasini aks ettirgan . Samarqandda o‘tgan hayoti tematik kompozisiyalar, maishiy kartina va portretlarga boy bo‘ldi. Lekin manzara ishlashni ham kanda qilmas edi.

U o‘zining 20-yillik ijodida "Bibixonim" da bahor, "Bahor", "Shaftoli gulladi", "Tokzorli hovli", "Kuzdagi hovli" kabi manzaralini yaratdi. Biz yuqorida ko‘rib chiqqan asarlardan Pavel Benkovning naqadar kuchli rassom bo‘lganligiga iqror bo‘lishimiz mumkin.

Uning ijodi pedagogik faoliyat bilan chambarchas bog‘langan. U Samarqand rassomchilik bilim yurtida umrini oxirigacha yoshlarga saboq berdi, tasviriy san’at sirlarini o‘rgatdi. U ajoyib ijodkor yoshlarni tarbiyaladi. 

Shularorasida O‘zbekiston xalq rassomlari Lutfulla Abdullayev, Malik Nabiyev, Abdulxaq Abdullayev, Zinaida Kovaleskaya, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan arboblari - rassomlar Yusuf Yelizarov, Rashid Temurov va boshqalarni misol keltirish mumkin.

Uning pedagogik mahoratining siri, yuqori darajali qobiliyati, chuqur bilimida, yoshlarga bo‘lgan mehrida edi. U o‘z o‘quvchilariga kundalik hayotni sevish uni go‘zalligini ko‘ra bilish va bu go‘zallikni o‘z asarlarida aks ettirishni uqtirar edi. Naturani to‘g‘ri anglab chizishni, fikr yurgizishni, xotiradan chizish, tasavvurini kuchaytirishni doim talab qilar edi. Muntazam ravishda naturadan soya-yorug‘ ranglarini o‘zgarishini chizib ko‘rsatar edi.

Benkov yoshlarda san’atga bo‘lgan ijodiy qobiliyatini uyg‘otish kabi muhim qimmatli fazilatlarga ega edi. Samarqandda rassomchilik bilim yurti shakllanishida Benkov o‘z tajriba, bilimini ayamadi .

1936- yili Leningraddagi sobiq ittifoq ko‘rgazmasida Benkov va uning o‘quvchilarning ijodi namunalari yuqori baholar oldi.

Bu ajoyib inson, o‘z asarlari kabi yorug‘, sahovatli edi. Shu yillar Respublika rassochilik maktabini Bahrom Xamdamiy, bilim yurtlarini A.Toshkentboyev, L.Abdullayev, A.Roziqovalar, Moskva, Leningrad, Penza bilim yurtlarini I.Ikromov, A.Siddiqiy, O'rol Tansiqboyevlar tamomlab ijodga yo‘llanma oldilar.

Ularning ijodiy mahorati Siddiqiyning "To‘y (1932)", Bahrom Xamdamiyning L.Abdullayevning "Paxta terimi (1931)", Roziqovning "Maktabga(1932)" asarlarida namoyon bo‘ldi.

Akram Siddiqiyning "To‘y" kartinasi katta shgulli so‘zana fonida kontrast ranglarda, kompozisiya tuzilishi amaliy san’at yo‘lida tasvilangan. U o‘zbek xalq amaliy san’atini yaxshi o‘rgangan edi. Realistik san’at yo‘lidagi bu asarlarning yaratilishi Respublika badiiy hayotda muhim voqea bo‘ldi.

Ijodiy izlanishi Akram Siddiqiyga yaqin bo‘lgan O‘rol Tansiqboyev yorqin ranglar tizimida "Choyxona" (1934) kartinasi yaratdi. Bahrom Hamdamiyning tengdoshi rassom A.Toshkenboyev mehnat, kundalik hayot voqealari mavzusidagi asarlaryartdi. 1934-yili bularni yaratgan kompozisichya asarlari ko‘rgazmada yaxshi baholandi. Pavel Benkov bilan Samarqand rassomchilik maktabida yoshlarga dars bergan Zinaida Kovalevskaya "Teatr lojasida" nomli ajoyib asaryaratdi. Teatr lojasida o‘tirgan o‘zbek qizlarni nigohlarida hayajon, go‘zallikhis tuyg‘ularini ko‘ramiz.

Orqada e’tibor bilan kinoklda kuzatayotgan keksa erkak va ayolni xotirjam qarashlari, qo‘l harakatlari lirik holatini ko‘rish mumkin .

Rang tasvir kopozisiya jihatidan o‘ziga xos milliy koloritda ifoda etilgan. Pavel Benkov, Aleksandr Volkov qo‘lida o‘qigan Bahrom Xamdamiy, A.Toshkenboyev, A.Roziqovlar o‘z ustozlarini yaxshi an’analarini davom ettirdilar, mazmun g‘oyalarni kengaytirdilar. Ayniqsa Samarqand rassomchilik bilim yurtini bitirgan Lutfulla Abdullayev dastlabki "Paxta terimi" (1931) kartinasi bilan tomoshanbin va san’atshunoslar fikrini qaratgan bo‘lsa, keyinchalik yetuk rassom sifatida murakkab kompozisiya sarlarini yaratdi.

Ayniqsa "Yosh shoir huzurida" kartinasida kompozisiya ustasi ekanligini tasdiqladi.

Yigit va qizlar yosh shoirning she’rlarini eshitmoqda. Zamonaviy xonada shoir gavdasi aniq tasviri kompozisiya markazini tashkil etdi.

Shoir qo‘lini ko'tarib tantanali hayajon bilan she’r misralarini o‘qimoqda.

Yoshlarning bilimga chanqoqligi, mehnatga mehr bilan intilishi ifodalangan.

Uning "Mulla To‘ychi Toshmuxamedov" portreti, "Frontdan qaytish", "Qo‘riq yer ochuvchilar", Malik Nabiyev , S.Muxamedov, X.Raxmonovlar bilan hamkorlikda yaratilgan poyafzalchi "Ubay Raxmatullayev brigadasi" asari eng yaxshi san’ati asari sifatida O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanmoqda. Yuqorida qayd etib o‘tilgan rassomlar 50-yillarda Toshkentdagi Benkov nomli rassomchilik bilim yurtida yoshlarga dars berdilar, rasm chizish va kompozisiya asari yaratishni o‘rgatadilar .

40-50-yillarda shular bilan bir qatorda rassomlar yoshlarga tasviriy san’at sirdarini o‘rgatdilar. Maishiy janrda ko‘plab asarlar yaratgan rassom Nadejda Kashinadir. Uning "Doira chalayotgan qiz" (1945), "Tushki tanaffus" asarida insonni mehnat bilan barhayotligi, uni toza havo oftob nurlaridan tabiatdan zavqlanayotgan o‘z aksini topgan .

Asar kompozisiyasi, rang koloriti, milliy ruhda , insonni zamonaviy xislatlari, kompozisiya tuzish vositalari namoyon bo‘lgan. Yoshlarga metodik tasviya vazifasini bajaradi .

1947-yili Chingiz Axmarov, Toshkentdagi Navoiy nomli opera va balet teartri binosi foyesi devoriga A.Navoiyning "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" asariga bag‘ishlangan mahobatli rang tasvir asarini ishladi . Asosiy mavzu afsona yoki bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘lishiga qaramay, tipajlar, ularni aniq o‘xshashligi, murakkab kompozisiya yechimida topilgan .

Tasvirdagi odamlar hajmsiz aniq chizgilarda va yengil nozik ranglar tusida tasvirlangan .

"Monumental" panno mavzusida, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin", "Yetti sayyora, "Iskandarnoma", "Layli va Majnun" ning poemasi asosida "Farhod va Shirinni, Layli va Majmunni uchrashuvchi, Baxrom - go‘r va Dilorom ", Iskandarning to‘g‘on qurilishini kelib - ko‘rishi kompozisiyaning asosiy negizini tashkil etadi". Shirin kanizaklari bilan Farhodga nigoh tashlab uni qilgan jasoratiga ta’zim qilayotgan vaqti ifodalangan. Asarning muvafaqqiyatli chiqishida rassomning Alisher Navoiy dostonlarini yaxshi sinchiklab o‘rganganligi katta yordam bergan. Bu asar uchun Chibgiz Axmarov 1948-yili "Davlat mukofoti"ga sazovor bo‘lgan edi.

50-yillarda rassom Moskva, Kozon , Dnepropetrovsk, Kemerevo shaharlarida asosan mahobatli -devoriy asarlar ustida ishladi. 1961-yildan boshlab Chingiz Axmarov yana O‘zbekistonda ijod qila boshladi. "A’lochi qiz", "Rahima", "Balerina", Rassom "Temurov portreti", "Mukarrama Turg‘unboyeva", "Zulfiya " kabi portretlari yaratdi.

Ayniqsa shoira "Zulfiya portreti"da nozik chizgilar bilan gavda va qo‘lholati, liboslar o‘ziga xos go‘zal holatda ifodalagan.

Shoirning samimiyligi, yoqimtoy nigohi chuqur poetik ijod sohibi ekanligi sezilibturadi. Chingiz Axmarov zamonaviy o‘zbek ayolini ziyo tarqatuvchi ma’naviyboyligini, ichki go‘zaligi ochib bergan. Chingiz Axmarov ko‘p yillar davomidaKamoliddin Behzod nomli Toshkent milliy rassomchilik va dizayn institutida kafedra mudiri, professor bo‘lib ishladi.

Ko‘plab o‘zbek "monu-mental"chi rassomlarni yetishtirib chiqaradi va o‘ziga xos mahobatli kompozisiya san’ati maktabini yaratdi. 1953- yili Repin nomidagi Leningrad badiiy akademiyasi institutini Rahim Axmedov, Ne’mat Qo‘ziboyev, T.Oganesov, M.Saidov, V.Zelikov, Muxina nomidagi oliy san’at bilim yurtini V.Jmakin , V.Sosedovlar (1954-1955). Vasiliy Surikov nomidagi Moskva rassomchilik institutini Yusuf Yelizarovlar tamomlab yangi kuch va ishtiyoq bilan san’at olamiga kirib kelishdi. Ijod bilan bir qatorda Pavel Benkov nomli rassomchilik bilim yurtida yoshlarga saboq berishdi.

Bu yerda dastlab O.Tatevosyan, V. Podgurskiy, M.Shchurovskiy, R.Ahmedov , A.Krivonos, N.Qo‘ziboyev, pedagogika institutida Yu.Yelizarov, M.Saidov, T.Oganesov, V. Yurovskiylar tasviriy san’at asoslaridan yoshlarga dars berishdi.

Ayniqsa, Rahim Ahmedov tashabbus ko‘rsatib, ko‘p mehnat qildi. Shijoatli olov qalbli buinson keyinchalik butun umrini O‘zbekiston tasviriy san’at maktabini tashkil topib , rivojlanishiga bag‘ishladi. Samarali mehnati va ijodi uchun nufuzli davlat mukofotlari, orden, medallariga sazovor bo‘ldi.

Rossiya Badiiy Akademiyasi Muxbir a’zosi, O‘zbekiston Badiiy Akdemiyasini Akademigi professor Rahim Ahmedov institutida ijod laboratoriyasini, tasviriy san’atbilimlarini ochdi, keyinchalik aspirantura tashkil qildi.

Uning maqsadi yosh iqtidorli rassomlarni tarbiyalab o‘qitish va O‘zbekiston tasviriy san’atini rivojlantirishdan iborat edi.

Musavvirning "Ona o‘ylari", "Tong", "Sora Axmedova" portreti, "Lola" portreti", "Oqtoshda bahor", "Surxondaryolik ayol", asarlarida jozibali ranglar vositasida o‘zbek xalqining o‘tmishi, ichki dunyosi, his-tuyg‘u, orzulari o‘z ifodasini topgan.

Rahim Ahmedov dastlab portret sohasida juda berilib ijod qildi. Zamondoshlarni betakror obrazini, mazmun g‘oyalarni ifodalashda o‘ziga xos badiiy til topdi. Portret yaratganda, nafaqat uni tashkil qiyofasiga, ranglarni uyg‘unligiga, balki uni chehrasidagi insoniy fazilatlarni ochib berishga intilardi. Shuning uchun mehnatsevar xalqning milliy xususiyatlarini, o‘zida mujassamlashtirgan ayollar, qariyalar, o‘spirin- yoshlarni obrazini yaratishga qaratilgan edi.

"Cho‘pon portreti" da tabiat bilan kurashib og‘ir mehnatni yoshlikdayoq yelkasigaolgan 40-yillar avlodining taqdirini tasvirlangan. Cho‘pon yigit qiyofasidasinchiklab qarayotgan nigohi gavda kompozisiyasiga bog‘lanib ketgan , tayoqqasuyalgan, qabargan qo‘llari va suyalgan gavdasi jazirama oftobda fonida-issiqranglarda o‘z yechimini topgan. Portret kompozisiyasini asosiy mavzuni birinson borazidir .

Kattalarga taqlid qilib boshiga qiyiqcha o‘ragan og‘ir mehnatning lagan, pushti ko‘ylakdagi o‘spirin bola tasvirlangan. Bu ajib asar hozirdi O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida avaylab saqlanmoqda.

1956- yili Rahim Ahmedov qishlog‘ida, ikki o‘g‘li hamda tumush o‘rtog‘i frontdan qaytmagan, meshnatda qaddi bukilmagan mardona keksa ayol portreti, "Ona o‘ylari" asarini yaratdi. Ayol ko‘pincha qariyalarga xos o‘tirar, xayolgan cho‘mar edi. Ayol kechinmalari, onadan yosh yetim qolgan Raxim Axmedovning bag‘rini to‘lqinlantirib, unga mehr, chuqur hurmat uyg'otdgan.

"Ona o‘ylari" portreti kompozisiyasida, figura biroz oldinga chiqqan. Yong‘oq daraxti yonida yostiqqa suyanib tizza ko‘ziga qo‘l panjalarini saranjom -o‘yib, xayolga cho‘mgan ayol qiyofasi, kompozisiya jihatidan klassik mavqeiga ega, juda muvafaqqiyatli topilgan. Ayol yuzidagi chuqur ruhiy holatni , uning g‘amgin yuzidagi katta yorug‘ ko‘zlarida, mehnatda toblangan yuz chehrasida haykalga xos o‘z ifodasini topgan.

Gavda "siluet" aniq, yengil ranglardagi manzara fonida, ko‘k, binafsha, pushti, yashil, sarig‘ ranglarda shiddatli mahorat bilan tasvirlangan.

"Hozirgi davrda janrli portretga ko‘proq ahamiyat berish kerak" der edi Rahim Ahmedov, chunki insonni tabiiy sharoitda, mehnat jarayonida ichki kechirmalarini ishonarli chuqur ifodalab berish sharoiti mavjud.

Ranglarni maftuni bo‘lgan Rahim Axmedov ko‘p zamondoshlari qatori 1959-yil "Surxondaryoli qiz" portretini yaratdi.

Sariq ranglar fonida u boshiga oq ro‘mol o‘rab o‘tirgan, yuzlari quyoshda toblangan bug‘doy rang ayol obrazini yaratdi.

Egnidagi libos qizil-zarg‘aldoq, dekorativ ranglarda bo‘ynidagi yaltiroq kumush tangalar, tumorlar o‘ziga xos uslubda tasvirlangan.

Rahim Ahmedov bilan bir qatorda Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn institutida Chingiz Axmarov, Ne'mat Qo‘ziboyev kabilar yoshlarni tarbiyalashda o‘z hissalarini qo‘shdilar .

Muxtor Saidovni "Askiya" (1964-y) asarida paxta dalasi manzarasi yog‘ochkarovatda dam olayotgan paxtakorlar asar ishtirokchilaridir. Kompozisiyamarkazida qo‘lida piyola ushlagan qariya, navbatdagi hazil musobaqag‘alabasidan so‘ngi yuzidagi kulgi, iliq chehra, ro‘parasida hazildan yutqazibo‘zini noqulay holatda sezib o‘tirgan raqib tasvirlangan . Xushchaqchaq hazilkulgidan o‘zini tutolmay o‘tirgan atrofdagi odamlar har xil holatlartasvirlangan. Tomoshabinni e’tiborini o‘ziga qaratgan chol figurasi kartinadaasosiy bog‘lovchi - kompozisiya markazini tashkil etadi . Har bir tipaj o‘zigaxos psixologik holatda jozibali iliq-tillarang koloritda ifoda etilgan.

V. Jmakinning "Paranji tashlagan ayol" (1957-yil) kartinasi ko‘p figurali monumental kompozisiya asarida dramatik holat tasvirlangan. Asar mazmuni yaxlit kompozisiya yechimi chuqur psixologik asosda ko‘rsatilgan .

Yorug‘ oftobli ko‘chada bo‘layotgan tarixiy dramatik voqea ifodalangan. Kompozisiya markazini paranji tashlab salobatli turgan o‘zbek ayoli tashkil etadi .

Muallif kelajakka intilgan ayol obrazini, eski tuzum vakillariga, ruhoniylar kontrast holatda qarama-qarshi qo‘ygan .

Vasiliy Ivnovich Jmakin kartinada "tipaj"lar obrazini, ularning ruhiy munosabatlarini, ularning liboslarini kontrast ranglarda ustalik bilan tasvilab bergan.

1955-yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida Badiiy grafika fakulteti tashkil topdi.

Bu yerda dastlabki yillarda Yusuf Yelizarov, Muhtor Saidov, Malik Nabiyev yoshlarga tasviriy asoslarini o‘rgatishdi, Respublikamiz maorifsohasiga yosh rassom-o‘qituvchilarni tarbiyalash bilan bir qatorda , ko‘plabijodiy asarlar yaratishdi.

Moskvadagi Surikov nomidagi rassomchilik institutida akademik I.Grabar, S. S.Gerasimov qo‘lida ta’lim olgan Yusuf Yelizarovning ijodi dastlab portret sohasida boshlanib, shakllandi.

Uning "Paxtakor qiz", "Kabutar ko‘targan qiz", "Onalik"asarlarida, rassomning kolorit, nozik ranglar ko‘rish kabi yaxshi xislatlarinamoyon bo‘lgan .

"Kabutar ko‘targan qiz" (1953-y) ochiq havoda (planerda) bajarilgan. Toklar soyasida o‘tirgan yosh o‘zbek qizchasi obrazi namoyon bo‘lgan yumshoq tabassumli chehrasi aks ettirilgan. Chambarak qilib o‘rilgan qora sochlari, iliq yengil qarashlari, uning erkin holatda o‘tirishda o‘ziga xos xarakter ifodasini beradi, uyning devoriga tushgan yorqin oftob nuri, hovlidagi yashil maysafonida bayram libosidagi qizning ruhiy holati jozibali tarzda tasvirlab berilgan. Yuzidagi iliq, libosdagi sovuq reflekslar, rassom tasavvuridagi go‘zal, haqqoniy ifodani namoyon etib turadi.

Abu RayhonBeruniy obrazi tasviri uning qomusiy olim va mutafakkir inson ekanligi, uzoqvaqt davomida mashaqqatli ijodiy mehnat qilish, alloma yashagan davrni yaxshio‘rganish, bir necha bor eskiz va rang lavhalarni ishlash natijasida yuzagakeldi.

Malik Nabiyevning "Beruniy portreti" birinchi bor 1950- yilda , ikkinchi varianti 1974- yili allomaning 1000 ylligi o‘tkazilishiga bag‘ishlangan tanlovda g‘olib chiqdi. YuNESKO tomonidan chaqiriladigan "Kur'er" jurnalining1974-yil iyul soni muqovasida bosilib chiqdi va dunyo xalqlariga borib yetdi.

Rassom asarda ilm sirlarini yechish uchun butun vujudi bilan kirishgan tarixiy shaxs, insonparvar olim Abu Rayxon Beruniyning butun salobatini, nufuzini gavdalantiradi. Kartinaning keyingi planlaridagi kitoblar, tibbiyot, ilm fangabog‘liq bo‘lgan buyumlar, ayniqsa portret kompozisiya yechimidagi sharqona tahlil, yuz qiyofasidagi chehra chizgilari, ruhiy holati mujassamlashib yaxlit Beruniy obrazini, uning qomusiy olim mutafakkir inson ekanini yanada bo‘rttirib ko‘rsatishga xizmat qilgan.

Shuningdek, Malik Nabiyev Sohibqiron Amir Temur portretini 1995-96 yilda yaratdi. U davlat tanlov komissiyasi tomonidan umum namuna sifatida qabul qilindi.

Asar nibirinchi qismida shoir Furqatning do‘stlari, ustozlari bilan xayrlashuvi haqidagi lirik poema tasvir vositalarida kompozision jihatdan hayotiy va mukammal tasvirlangan .

Asarning markaziy qismi keng panoramada mehnatkash xalhning, Farg‘ona kanali qurilishiga otlangan kishilar grafik uslubda, yorug‘ va issiq rang koloriti tasvirlangan.

"Triptix"ning uchinchi qismida usta kulolning ijod qilishi jarayoni sovuq ko‘k yashilranglar gammasida tasvirlangan.

Dumaloq-oval shaklidagi laganlarni va suv havzasini plastik shakli, tandir oldida laganga bezak berayotgan usta yaxlit kompozisiya tuzilishida ifodalangan va tomoshabinga sobiq ittifoq Badiiy akademiyasining kumush medaliga sazovor bo‘lgan edi.

B.Boboyev 60-yillarda o‘z ijodida o‘rta asr miniatyura san’ati ustalarining tajriba-namunalaridan va Deynekaning dastlabki izlanish natijalaridan foydalanishga harakat qilgan .

Shunday rassomlardan biri Vladimir Burmakin. Ijodiy diapazoni keng bu rassom hayotmazmuni, bo‘lgan voqealarini chuqur anglagan holda o‘z kompozisiyasida asarmohiyatini jozibali ochib berishga erishadi va tomoshabinni o‘ziga rom etadi."Xamon ko‘tayotgan ayollar", "Boysun ayoli" asarlarida mukammal kompozisiya yechimi, o‘ziga xos boy rang koloriti o‘z ifodasinitopgan. Latofatli yosh ayol, Ona obrazini yaratish , mavzuni chuqur anglash natijasidir.

Uning "Daraxt haqidagi poema" kartinasida sar qahramonlari, ikki yoshninghayot taqdiri tasviri tabiat qonunlari to‘g‘risida falsafiy fikr yurgizigaundab tomoshabinni o‘ylantirib qo‘yadi.

Ikki yoshning ezgu his - tuyg‘ularni aynan tabiat qo‘ynida bir-biriga izhor etishiholati, daraxt oldida kompozisiya jihatidan falsafiy - lirik yechimini topgan.

Men mazkurqo‘llanmaning muallifi sifatida 40 yildan ortiq pedagogik va ijodiy ishtajribaga ega bo‘lib , shu davr ichida bo‘lib o‘tgan munozara, badiiy maktabuslubiyatidagi o‘zgarishlar, yoshlarni yangicha ijodiy yo‘nalishining guvohibo‘la turib, realistik san’atning haqqoniyligini ta’kidlab o‘tmoqchiman.Shaxsiy ijodiy ish tajribamdan bir nechta asarlar ustida to‘xtalmoqchiman .

Zamonaviy mavzuga bag‘ishlangan ko‘p qiyofali kompozisiya "Baxmal qizlari" debataladi. Asosiy mavzu ijodiy safar vaqtida paydo bo‘lgan . Vatanimiz Jizzax viloyati, Bahmal nohiyasi tog‘ yon bag‘rida hayot kechirib mehnat qilayotgan qizlar rang-barang milliy kiyimga o‘ranib yoshlik g‘ururiga to‘yinib, ezgu-niyat, xayollarga ko‘milgan ohusimon go‘zal qizlarni bahmal gilamda bir daqiqaga to‘xtagan vaqt asosiy mavzu qilib olingan. Qoshlariga o‘sma qo‘yib mehnat nashidasini so‘rayotgan va raqsga tushmoqchi bo‘lib turgan qizlar rangli bo‘yoqlar va uyg‘un chiziqlar, orqali aks ettirilgan. Yoshlarning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari shivirlayotgan holati, jozibali tasvirlashda kompozision barcha unsurlarda o‘z ifodasini topgan.

Yana bir asarning nomi "To‘y" deb ataladi. Bu asarning kompozisiya tuzumi, bajarilishi jihatidan qisman sharqiy miniatyura san’ati namunalarini eslatsada, u dekorativ uslubda bajarilgan. Asar kompozisiyasida milliy g‘oya, to‘y marosimi, insonlarning bir-biriga bo‘lgan qadr-qiymati, hurmat-izzati, mehmondo‘stligi jozibali ranglarda o‘z aksini topgan. Bu borada shunga o‘xshash "Oila", "Mexanizatorlar tashvishi" kabi yaratilgan asarlarni misol ketirish mumkin.

70-yillari Moskva Leningrad badiiy o‘quv yurtlarini Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov kabi yosh iqtidorli rassomlar bitirib keldilar. Ular talabalik yillaridayoq badiiy ko‘rgazmalarda qatnasha boshladilar. Javlon Umarbekov, aslida sobiq Butunittifoq kinomotografiya institutini tamomlagan bo‘lsada, tasviriy san’atdagi ijod yo‘lini portret, maishiy tarixiy janrda boshladi.

Uning dastlabki "Alisher va Xusayn Boyqaroning yoshligi" asari sharq miniatyura an’analari uslubida yaratilgan. Ikki yosh o‘spirinning muloqoti,lirik-poetik holati kompozisiya yechimida ustalik bilan tasvirlangan. 

Kartina uyg‘onish davri tasviriy san’at ustalari asarlaridan ta’sirlanib yaratgan. Shuningdek uning "Tafakkurli inson" asari maqtovga sazovordir.

Asarda inson, koinot taraqqiyotim, abadiyat va zamon haqidagi mavzu asos qilib olingan.

Bu asar muallifning ijod cho‘qqisi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Murakkab kompozisiya yechimida, estetik did, yuqori malakaviy saviya, mahorat, chuqur falsafiyfikrlash o‘z aksini topgan .

1986-yili Leningradda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston tasviriy san’ati badiiy ko‘rgazmasida Milnikov tomonidan yuqori baholandi.

Bahodir Jalolov Leningrad rassomchilik - ijodiy maktabini chuqur egallagan rassomdir. Uo‘z asar personajlarini sodda tabiiy holda atrofga, kasbga munosabatni, ichkihis-tuyqularini, ma’naviy boyligini ifodalaydi.

 Rassomning salohiyati o‘tkirligi "Avtoportret", "V.Axunov","Komil Yormatov" portretlarida o‘z ifodasini topgan . Asardagi maqomiga yetgan qalam tasvir, chiziqlar, kompozisiya tuzish mahorati, uni yuksak saviyali bilimdan dalolat beradi. Uning mazmuni kompozisiya yechimida monumental yo‘nalish asosiy vosita bo‘lib, Uyg‘onish davri rassomlarining badiiy tamoyillariga asoslangan.

U mahobatlirang tasvir hamda dastgohli rangtasvir san’ati asoslarini professor Andrey Andreyevich Milnikovdan o‘rgandi. Keyinchalik mukammal akademik qalam tasvirga asoslanib, Salvador Dali, Albrext Dyurer ijodi va jahon badiiy meoslarinio‘rganib, badiiy tafakkurni olg‘a siljitgan.

Uning "Niyatga yetish", "Folbinlik", "Metamorfoza", "Ikkilanish", "Yaratuvchi - inson", "Ikki asos kurashi" asarlari turkumida hayotni falsafiy muammolari, insonning yashashuchun kurashi, undagi ma’naviy dunyoqarashining shakllanishi kabi masalalarni olg‘a suradi. Uni tasavvurida Uyg‘onish davri rassomlarining g‘oyalari chuqur izqoldirgan.

U Monumental san’at asarlari, Yevropa va sharq "progressiv" ijodkorlar yo‘nalishida bajarilgan asar sifatida bo‘lajak rassomlarni monumental kompozisiya tuzilishini o‘rganishda asosiy dastur, vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Har qandaysan’at turi insonga o‘z ta’sirini o‘tkazib unda dunyoqarashini shakllantiradi.

Tasviriy san’at insonda hayotdagi ko‘rsatgan jasoratini, fikr va ichki xissiyotlarini aks ettiradi.

O‘zbek tasviriy san’atini dastlabki rivojlanishi bosqichida rassomlar haqiqatni yarim manzara shaklida tasvirlandi. Ularni sharqona hayot, yodgorlik, obidalar fonida, g‘ala-g‘ovur bozor hayoti, choyxonada hordiq chiqarayotgan rang-barangliboslardagi odamlar qiziqtiradi.

20-asr 90-yillarining ikkinchi yarmida tasviriy san’atda maishiy janr rivojlanishi muhim hodisa bo‘ldi. 

Xalqning yangi turmush-tarzi, qishloq hayoti, paxta dalalaridagi mehnat jarayoni, o‘zbek rassomlarining asosiy mavzusi bo‘lib qoldi, O‘zbekiston tasviriy san’ati hozirgi bosqichda "professionionalizm"- mahorat jihatidan o‘zining yuqori mavqeiga ega bo‘ldi.

Hozirgi zamon san’ati rivojlanishiga, rassomning ijodiy izlanishi yangi mazmunli g‘oya, insonlarning ma’naiy -ma’rifiy talablarini qondirish bilan bog‘liqdir. Shuning uchun kartina kompozisiyasi yechimi, murakab ruhiy holatini topish, rassomdan kundalik hayotdagi go‘zallikni aks ettirish muammolarini, zamondoshlarning ichki his-tuyg‘ularini sezishni, to‘g‘ri chuqur tasavvur etishni talab qiladi.

Rassomlar zimmasiga o‘z asarlarida badiiy obrazlarni yaratish vositalarni boyitish, taraqqiy etgan jahon ilg‘or rassomlari tajribalari bilan dunyoqarashlari ko‘lamini kengaytirish kabi ma’suliyatlar qo‘yilgan.

Mustaqillik tufayli boshlangan buyuk tarixiy taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay olg‘a rivojlanib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi oldida endilikda bir qancha muhim vazifa vamuammolar turibdi.

XXI asrga dadil qadamlar bilan kirib kelgan O‘zbekiston respublikasining kelajagi ilm-fan, ta’lim-tarbiya taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. 1997-yilda qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risidagi " qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida jamiyatimizda ta’limni tubdan isloh qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ilm-fan, madaniyat va ma’rifat har qanday mamlakatni yuksaklikka ko‘taradi, uni taraqqiyotini ta’minlaydi.

Darhaqiqat, butun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki unda harbiy qudrat emas, balki intelektual salohiyat, aql-idrok, fikr ilg‘or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Endilikda har qaysi davlat, har qaysi millat, birinchi navbatda, o‘zining yuksak madaniyat va ma’naviyatibilan kuchlidir. Kuch - bilim va tafakkurdadir - degan edi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov.

Mamlakatimiz kelajagi so‘zsiz kadrlar tayyorlashga bevosita bog‘liq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo‘lish uchun, ta’lim-tarbiya tuzimini tubdan o‘zgartirish, uni davr talabi darajasiga ko‘tarish, jamiyatimizning, har birimizning oldimizdagi eng muhim vazifalardan biri bo‘lmog‘i lozim.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish