Kanal
Texnologiya

O'z hodimlarini juda sevuchi Google kompaniyasi

O'z hodimlarini juda sevuchi Google kompaniyasi

Google o'z xodimlarini juda qadrlaydi: ular uchun bepul ovqat, sport zallari, yuqori texnologiyali hojatxonalar, ofisdagi tibbiy xizmatlar va hatto shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallangan uchuvchisiz transport vositalari bilan taminlaydi.

Ammo kam odam biladiki, Google xodimlarining o'limdan keyingi o'n yil mobaynida ayoli yoki suygan qizi uning imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari oylik maoshining 50 foizini ham ular kompaniya tomonidan oladilar . Bu haqda kadrlar bo'yicha direktor Laszlo Bok aytib o'tgan.

Ushbu vafotdan so'ng maoshning yarmini to'lab berish ishchi google kompaniyasida qancha muddat ishlaganidan qatiy nazar amal qiladi. Deylik ishchi googleda bir kun ishladi va vafot etdi. Uning rafiqasi 10 yil mobaynida maosh olib boraveradi. 

Ushbu pensiyadan tashqari ishchining oilasiga har bir farzandiga oyiga  1000$ berib borishadi toki ular 19 yo'shga yetgunlariga qadar. Agar farzandi talaba bo'lsa bu muddat 23 yoshgacha cho'ziladi.

Aslini olganda Googleda nafaqat ishlash balki o'lish ham foydali. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish