Kanal
Qiziqarli

Oyoqlar nimalarga qodir?.. Oyoqlar haqida qiziqarli faktlar

Oyoqlar nimalarga qodir?..  Oyoqlar haqida qiziqarli faktlar

Inson o’rtacha hisobda kuniga 10000 ta qadam tashlaydi. Umri davomida esa 185000 km yo’lni bosib o’tadi, bu yer sharini 4 marta aylanib chiqish bilan barobar.

Ayollar kun davomida erkaklarga nisbatan 5 km ko’proq yo’l yuradilar.

Insoniyat tarixidagi ilk poyabzal bundan 5 000 000 yil avval muzlik davrida hayvon terisidan tayyorlangan.

90 foiz ayollar o’zlariga kichik poyabzal kiyib yuradilar.  

Qadimgi rimliklar ilk bor oyoq kiyimni chap va o’ng tomonga ajratganlar.

Ayollar erkaklarga nisbatan oyoq bilan bog’liq muammolarga 4 marta ko’proq duch keladilar.

Oyoq kunning ikkinchi yarmida yetarlicha shishgani sabab, poyabzal harid qilish uchun aynan shu vaqtda yo’lga chiqish lozim. Yo'qsa yangi tuflingiz oyoqni siqishi mumkin.

Inson turgan holatida oyoq o’lchami asl holatidan kattalashadi.

Poyabzal o’lchami ilk bor Qirol Edvard II tomonidan 1324 yili Angliyada o’ylab topilgan.U bitta don diametri, 0,838 sm, bir o’lcham bo’lishi haqida e’lon qilgan. Ushbu tizim bugunga qadar saqlanib qolgan.

Poshnadagi balandlikning har bir santimetri oyoq barmoqlariga bo’lgan bosimni 25 foizga kuchaytiradi. shu bois ham ayollarning oyoq bilan bog'liq muammolari erkaklarnikiga qaraganda ko'proq bo'ladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish