Ovqatlar retsepti: Bulg'orcha dimlama — yangi kartoshka bilan yanada mazali!

Tayyorlanishi: 1. Kartoshka va sabzini tortburchak, bulgor qalampirini somoncha, piyozni esa halqa shaklida tograng. Qizdirligan osimlik yogiga avval piyoz, songra qolgan masalliqlarni solib qovuring.

2. Pomidor va ezilgan sarimsoqpiyozni ham taomga qoshing. Engil aralashtirib, qiymani solasiz. 10 daqiqa ortacha olovda qovurib, suv quying va olovni pasaytiring. Taomning asosiy qismi tayyor bolgach, quruq tovaga suzib oling.
3. Qayla tayyorlash uchun smetanaga tuxum va un qoshib, aralashtiring. Tuz namagini sozlang. Qaylani tovadagi masalliq ustidan quyib, yuzasini tekislang. Song 25 daqiqaga qizdirilgan gaz pechiga qoying.
4. Taom tayyor bolgach, likopchalarga suzing-da, togralgan kokatlar bilan bezating. Smetana yoki achchiq sous bilan dasturxonga tortsangiz, yanada xushxor bo`ladi.
Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa
6 kishilik
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.