"Oscar" taqdimot marosimi tarixidagi eng qoyilmaqom soch turmaklari

Emma Stoundan boshlaylik, chunki bu aktrisa yaqinda haqiqiy Gollivud yulduziga aylandi va allaqachon uslublar ikonkasi unvonini olishga muvaffaq bo'ldi. Va bu ajablanarli emas! 2016 yilda marosim uchun tanlagan soch turmagiga qarang: yarim yig'ilgan turmak, yengil jingalak va yorqin rang. Oddiy, xashamdor va zamonaviy obraz!

Britaniyalik aktrisa 2019 yilda ikkinchi marta "Oskar" mukofoti uchun qizil gilamga chiqdi. Sochi bob uslubida kesilgan, 20-yillarning uslubidagi jingalak qilingan ko'rinishda. Ushbu obraz Lyusini dunyoga uslub ikonasi sifatidatanilishiga sabab bo'ldi. Endi uning go'zallik uslubi butun dunyo bo'ylab minglab moda bloggerlari va moda shaydolari tomonidan takrorlanadi.

Zendaya Oskarning eng zamonaviy ko'rinishli yulduzlaridan biriga aylandi. Uning 2018 yilgi qiyofasi moda va go'zallik dunyosini zabt etdi.Yuqoriga yig’ilgan soch zamonaviy va beqaror ko'rinadi. Agar siz zamonaviy soch turmagini yaratishni istasangiz, unda turmakka zamonaviy aksessuarlarni uyg'unlashtiring.

Natali Portman 2005-yilda yig'ilgan soch turmagi bilan boshga aksessuar tanladi. Shundan so'ng ushbu aksessuar keng ommalashgan. Natali Portman toshlar bilan bezatilgan aksessuarni nafis soch turmagiga ajoyib ko'rinish baxsh etish uchun tanlagan.

Ushbu aktrisa allaqachon bir necha bor eng nufuzli film mukofotiga nomzod bo'lgan. Uning iste'dodi shubhasizdir va uslubi butun dunyo bo'ylab moda ustalarini hayratga soladi. Keyt klassik uslubni yaxshi ko'radi va go'zalligini qanday ta'kidlashni biladi. Bu obrazida yengil jingalak sochlari betakror ko'rinishiga sababchi bo'lgan desak sira adashmaymiz.

Jennifer Lourens 2013 yilda nafis obrazni yaratdi. Barcha yaxshi biladiki, aynan ushbu uslub sira ham urfdan chiqmaydi. Aytgancha, bu turmak 2020 yilgi qish uchun eng chiroyli 10 ta to'y soch turmaklaridan biriga aylandi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.