Norvegiya qamoqxonasi ko’proq kurortga o’xshaydi!


Shinam kameralarda televizor, sovutgich va dizaynerlar mebellari bilan jihozlangan. Xarbir maxbusni boqish davlat (ya’ni soliqto’lovchilar) uchun yiliga 150 ming evroni tashkil etadi.

Qamoqxona ichi ko’proq zamonaviy biznes markazni eslatadi.

Majmua hududi – 30 gektardan oshiqroq. Uning katta qismi o’rmondan iborat bo’lib, u yerda maxbuslarga xar qanday vaqtda nazoratsiz aylanib yurishga ruxsat beriladi.


Bunday yondashuv o’z mevalarini bermoqda. Statistika bo’yicha faqat 20% jazo muddatini o’taganlar qaytadan qamoqqa keyingi 2 yil ichida qaytar ekan. Misol uchun, EI va AQSH da bu ko’rsatkich 2-3 barobar oshiq.

Maxbuslar uchun trenajor va sport zallari mavjud.

Bundan tashqari hudud ichida supermarket ham joylashgan bo’lib, unda muzqaymoqdan tortib to yangi so’yilgan mol go’shtigacha xamma narsani topish mumkin.
Boshqa qamoqxonalardagi singari bu yerda ham maxbuslar mehnat qilishga haqli. Bittafarq – minimal ish haqqi – kuniga 6 evro!

Xar qaysi kishi o’ziga istakka ko’ra taom tayyorlashi mumkin. Xarbir blokda barcha jihozlar bilan ta’minlangan oshxona bor.


Qamoqxona uchin mutlaqo fantastik rasm! Bunga qaramay Xaldenda xozirgacha qo’riqchilarga hujum yoki qochishga urinishlar xech qayd etilmagan.

Norvegiya qamoqxonalarida ko’pchilik qo’riqchilar ayollar bo’lib, umuman qurolsizdir (maxbuslar uchun qurolning borligi psixologik noqulaylik tug’diradi deb hisoblanadi).Xamma qo’riqchilar 2 yillik tayyorlov sikllarini otishini ta’kidlab o’tish joizdir. U o’z ichiga psixologiya, inson huquqlari, etika va yurisprudensiya kurslarini oladi.

Ahloq tuzatish muassasaning boshlig’I Ore Xeidal. Uning qo’l ostida 350 nafar qo’riqchi va xizmat ko’rsatuvch xodimlar ishlaydi.

Ajablanarli albatta lekin, qamoqxonada kun tartibi bor bo’lib, kamerada 20:30dan to 7:30gacha bo’lish kerak. Qolgan vaqtda esa maxbuslar o’z ixtiyorlarida qolar ekanlar. Istakka ko’ra ishlash, hudud ichida sayr qilish yoki boshqa ishlari bilan mashg’ul bo’lish mumkin ekan.

Sodir etilgan jinoyati va jazo muddatidan qat’iy nazar xar bir maxbus muloqotga haqli. Ular haftasiga 3 marta oilasi bilan muloqotga yoki alohida qurilgan kottedjda kunduzgi uchrashuvga egalar.

Bu esa Xaldenning alohida gururi – musiqa studiyasi. Unda musiqa asboblarida o’ynashni bepul o’rgatib, qoshiq va radioko’rsatuvlar yoziladi.

Qamoq emas, toza havodagi sanatoriy!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.