Kanal
Qiziqarli

Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Nikoh to'yi  uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Ko'pchilik to'y uchun yilning eng ideal davri bahor deya hisoblaydi.  Tabiat uyg’ongan, atrof muhit yashilga burkangan, uzoq o’kalardan qushlar qaytgan, osmon juda musaffo va och ko’k tusni egallagan...  

Bahor to'yining afzalliklaridan:

- eng yaxshi mutaxassislar (toastmaster, fotosuratchi, to'y tashkilotchisi va boshqalar) xizmatlarining narxlari ko’tarilib ulgurmagan bo’lishi;

- To’yxonaning ancha hamyonbop narxi;
- Suratga olish uchun go'zal tabiiy ko'rinishlar;

Bahordagi nikohning kamchiliklari:

 - o'zgaruvchan ob-havo; (ochiq havoda tashkillashtirilgan to’yning senariysiga xalaqt qilishi tabiiy).

To'y uchun eng mashhur mavsum - yoz hisoblanadi.

Afzalliklar aniq:

- Issiq ob-havo, uning yordamida har qanday uslubdagi to'y libosini tanlashingiz mumkin, hatto kalta va ochiqroq variantni ham;

- tabiatda to'y qilish imkoniyati;

- to'y yurishi va fotosessiyalar uchun joy tanlash cheksizligi.

Shu bilan birga, yozgi to'yda ko'plab kamchiliklar mavjud bo'lib, ularning asosiy qismi quyidagilardir:

- to'y xizmatlari uchun narxlar bahorga nisbatan 2-5 marta ko’tariladi;

- Ro'yxatga olish idorasida va to'y fotosuratlari uchun mashhur joylarda navbatlar ko’payishi;

- kuchli issiq, sog’lig’idan shikoyati bor odamlarga noqulaylik, to’y shirinliklarining tez buzilib qolishi;

Kuzda to'y yuqorida keltirilgan yozgi nishonlarning barcha kamchiliklarini hisobga olsak, ko'pgina kelinlar va qizlar to'y uchun yilning eng yaxshi vaqtini kuz deb hisoblashadi. Bunga  rozi bo'lmaslik ham qiyin.

Uning afzalliklari:

- Iliq, lekin unchalik ham issiq havo bo'lmaydi;

- To'y fotosessiyasini o'tkazazish uchun juda ajoyib manzaralarning ko’pligi ;-To’y tashkilotchilari, mutahassislar, suratchilarning yozga nisbatan pastroq bahoda ishlashlari;

Kuz to'yining kamchiliklari qatorida, ob-havo juda injiq va noaniq bo'lib qolishi ham bor, aynan shu uchun ko'plab bayram g'oyalari amalga oshmay qolishi ham mumkin. Ehtimol, bu asosiy kamchilik emasdir, hatto yagona kamchilik ham bo’lishi mumkin.

Va nihoyat  to’y uchun ko’pincha tanlanmaydigan qish fasliga yetib keldik. Negadir ko’p kelin –kuyovlar ushbu faslda to’y qilishdan qo’rqadilar. Bekor qilishadi ham. Qish faslida  to’y qilishning juda ko’p siz bilishingiz kerak bo’lgan afzalliklari bor. Shunday qilib qish faslining afzalliklarini sanashni boshlaymiz:

-Yil davomidagi to’y xizmatlari narxining eng past darajada bo’lishi;
- Mutaxassislar borasida keng tanlov, bu  davrda ular deyarli ishsiz bo’lishadi;  

-Sotuvga endi kirib kelayotgan to’y liboslarining ulkan assortimenti;

- Yangi yil bayrami munosabatlari bilan shaxarlarda yoqilgan turli tuman ajoyib chiroqlarning porlagan manzarasi;

 Qishki to’ylar ham kamchiliklardan mustaso emas, ammo bu to’g’irlab bo’lmaydigan darajada emas:

- to’y libosini tanlashda tanlov cheklanganligi ( faqat yengi uzun ko’ylaklar) va kelin uchun shuba ehtiyoji;

-Suvli ko’llar va loyli ko’lmaklar;

-Sovuq  havo sharoitlari (muz) tufayli uzoq vaqt talab qilishi mumkin;

- Juda sovuq havoda limuzin yurishga qiynaladi; 

 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish