Kanal
Qiziqarli

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Leonado da Vinchi hayotdan ko‘z yumganidan 31 yil o‘tganidan keyin, 1950-yilda u to‘g‘risida yozgan ko‘plab italiyalik rassomlar biografi Djordjo Vazarining yozishicha Mona Liza Franchesko del Djokondo (italyancha: Francesco del Giocondo) ismli Florensiyalik savdogarning rafiqasi bo‘lgan. Uning gaplariga ko‘ra Leonardo bu suratga 4 yil sarflab baribir uni tugata olmagan ekan.

“Leonardo Franchesko del Djokondo uchun uning rafiqasinining portretini chizishga kirishdi, va bu asar ustida to‘rt yil ishlab, uni tugata olmay qoldirib ketdi. Bu asar hozir Fontenbloda, Fransuz qirolida.

Bu surat tasviriy san’at qay darajada tabiatga taqlid qilishi mumkin ekanligini ko‘rishni istagan har kimga bu sirni ochib beradi, chunki unda faqat tasviriy san’at yetkazib bera oladigan nozik tafsilotlar aks ettirilgan. Shuning uchun ham ko‘zlarda ustalikning ulug‘vor nafisligi mavjudligidagina tasvirga tushirilishi mumkin bo‘lgan, odatda tirik insonda bo‘ladigan yarqiroqlik va namlik, ularning atrofida esa qizg‘ish yoritilish va tuklar o‘z aksini topgan. Badanda haqiqatda tuklar o‘sishi kabi, ayrim joylarda qalin, ayrim joylarda siyrak, va teridagi teshikchalarga mos kipriklar bundan ortiq tabiiyroq tasvirlanishi mumkin emas.

O‘zining chiroyli dimoqlari bilan pushti va nozik burun tirikday ko‘rinadi. Lablarning alvonligi bilan chekkalarida birlashgan salgina ochiq og‘iz, o‘z ko‘rinishining badanga oidligi bilan bo‘yoq emas haqiqiy andomga o‘xshaydi. Bo‘yinning chuqurligida diqqat bilan qaralganida puls zarbasini ham ko‘rish mumkin. Va, albatta, shuni aytish mumkinki, bu asa shunday yaratilganki istalgan va eng o‘ziga ishongan rassomni ham, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar hayajonga soladi.

Darvoqe, Leonardo quyidagi bir ustomonlikni ishga solgan: Mona Liza juda chiroyli edi, shuning uchun ham u suratni chizish paytida lirada o‘ynagan musiqachilar yoki kuylovchi hofizlarni yollagan. Shu bilan birga, ustaxonada doim masxarabozlar hozir bo‘lgan va Mona Lizaning ko‘nglini olib, odatda tasviriy san’at chizilgan portrerlarda yaqqol ko‘rsatib beruvchi ma’yuslikni haydagan. Leonardoning bu asarida tabassum shu qadar yoqimli aks ettirilganki, tirik inson emas, qandaydir  bir ilohiyotni ko‘rib turgandek tuyuladi. Portretning o‘zi esa favqulodda asar sifatida alohida ehtiromga sazovor, chunki hayotning o‘zi ham o‘zgacha bo‘la olmas edi.”

Suratning italyan tilidagi to‘liq nomlanishi Ritratto di Monna Lisa del Giocondo - “Liza Djokondo xonim portreti”. Italyan tilida “ma donna” so‘zlari “mening bekam” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z iborasining qisqartirilgan ko‘rinishi “monna” yoki “mona” deb aytiladi. Model ismining ikkinchi qismi erining familiyasi deb hisoblanadi - del Giocondo, italyan tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “quvnoq, o‘ynoq” deb tarjima qilish ham mumkin. Shuning uchun ham ayrim joylarda La Gioconda -“quvnoq, o‘ynoq” sifatida tushuniladi.

Ilk bor “la Gioconda” 1525-yilda Leonardo da Vinchining vorisi va shogirdi - musavvir Salai merosining ro‘yxatida tilga olingan. U suratni Milandagi o‘z singillariga qoldirgan. Suratdagi yozuv suratni La Djokonda ismli xonimning portreti ekanligidan darak beradi.

Suratning yaratilish tarixi

Leonardo da Vinchining birinchi italyan biograflari bu surat musavvirning ijodida alohida o‘rin egallagani to‘g‘risida yozgan edi. Leonardo da Vinchi boshqa ko‘plab buyurtmalardan farqli o‘laroq “Mona Liza” ustida ishlashdan hech charchamagan, aksincha unga doimo o‘zgacha mehr bilan yondoshgan, “Angiaridagi jang” asari ustida ishlashdan qolgan vaqtini to‘laligicha unga sarflagan. Leonardo bu asarga vaqtining salmoqli qismini sarflagan va balog‘at yoshida Italiyadan ketayotib boshqa bir necha tanlab olingan suratlari bilan birga uni ham o‘zi bilan Fransiyaga olib ketgan. Da Vinchi bu portretga juda bog‘lanib qolgan edi, va uni yaratilishi paytida ko‘p fikr yuritgan. Masalan “Rassomlik to‘g‘risidagi falsafiy asar” hamda rassomlik texnikasi to‘g‘risidagi unga kirmagan o‘z yozuvlarida shubhasiz aynan “Djokonda”ga aloqador ko‘p ko‘rsatmalarni topish mumkin.

Leonado da Vinchi hayotdan ko‘z yumganidan 31 yil o‘tganidan keyin, 1950-yilda u to‘g‘risida yozgan ko‘plab italiyalik rassomlar biografi Djordjo Vazarining yozishicha Mona Liza Franchesko del Djokondo (italyancha: Francesco del Giocondo) ismli Florensiyalik savdogarning rafiqasi bo‘lgan. Uning gaplariga ko‘ra Leonardo bu suratga 4 yil sarflab baribir uni tugata olmagan ekan.

“Leonardo da Vinchi Franchesko del Djokondo uchun uning rafiqasinining portretini chizishga kirishdi, va bu asar ustida to‘rt yil ishlab, uni tugata olmay qoldirib ketdi. Bu asar hozir Fontenbloda,  Fransuz qirolida.

Bu surat tasviriy san’at qay darajada tabiatga taqlid qilishi mumkin ekanligini ko‘rishni istagan har kimga bu sirni ochib beradi, chunki unda faqat tasviriy san’at yetkazib bera oladigan nozik tafsilotlar aks ettirilgan. Shuning uchun ham ko‘zlarda ustalikning ulug‘vor nafisligi mavjudligidagina tasvirga tushirilishi mumkin bo‘lgan, odatda tirik insonda bo‘ladigan yarqiroqlik va namlik, ularning atrofida esa qizg‘ish yoritilish va tuklar o‘z aksini topgan. Badanda haqiqatda tuklar o‘sishi kabi, ayrim joylarda qalin, ayrim joylarda siyrak, va teridagi teshikchalarga mos kipriklar bundan ortiq tabiiyroq tasvirlanishi mumkin emas.

O‘zining chiroyli dimoqlari bilan pushti va nozik burun tirikday ko‘rinadi. Lablarning alvonligi bilan chekkalarida birlashgan salgina ochiq og‘iz, o‘z ko‘rinishining badanga oidligi bilan bo‘yoq emas haqiqiy andomga o‘xshaydi. Bo‘yinning chuqurligida diqqat bilan qaralganida puls zarbasini ham ko‘rish mumkin. Va,albatta, shuni aytish mumkinki, bu asar shunday yaratilganki istalgan va eng o‘ziga ishongan rassomni ham, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar hayajonga soladi.

Darvoqe, Leonardo quyidagi bir ustomonlikni ishga solgan: Mona Liza juda chiroyli edi, shuning uchun ham u suratni chizish paytida lirada o‘ynagan musiqachilar yoki kuylovchi hofizlarni yollagan. Shu bilan birga, ustaxonada doim masxarabozlar hozir bo‘lgan va Mona Lizaning ko‘nglini olib, odatda tasviriy san’at chizilgan portrerlarda yaqqol ko‘rsatib beruvchi ma’yuslikni haydagan. Leonardoning bua sarida tabassum shu qadar yoqimli aks ettirilganki, tirik inson emas, qandaydir bir ilohiyotni ko‘rib turgandek tuyuladi. Portretning o‘zi esa favqulodda asar sifatida alohida ehtiromga sazovor, chunki hayotning o‘zi ham o‘zgacha bo‘la olmas edi.”

Ehtimol, Vazari masxarabozlar to‘g‘risidagi voqeani mutolaa qiluvchilarning ko‘nglini olish uchun qo‘shib qo‘ygandir. Vazarining matni suratda hozir bo‘magan qoshlarning aniq tafsilotlarini o‘z ichiga oladi. Bu noaniqlik faqatgina muallif suratni xotirasi bo‘yicha ta’riflansagina yoki boshqalarning gaplariga ko‘ra yozgan taqdirdagina vujudga kelishi mumkin. Aleksey Djivelegovning yozishicha, Vazarining “portret ustida ishlash to‘rt yil davom etgani” to‘g‘risidagi gaplari aniq bo‘rttirilgan: Leonardo Tsezar Bordjdan qaytganidan keyin shuncha payt Florensiyada bo‘lmagan, agar u portretni Tsezarning oldiga ketishidan avval chizishni boshlaganida, Vazari surat besh yil chizilgan deyishi mumkin edi”. Shu bilan birga olim portretning yakunlanmagani to‘g‘risidagi xatolik ko‘rsatmasi to‘g‘risida ham yozadi -“portret, albatta juda uzoq vaqt chizilgan va, Vazari nima desa ham, u yakuniga yetgan. Vazari Leonardoning biografiyasida uni birorta yirik ishni yakuniga yetkaza olmaydigan rassom sifatida ta’riflab bergan. Asar nafaqat yakunlangan, balki Leonardoning eng sayqal berilgan asarlaridan biridir”

Shunisi qiziqki, o‘z ta’riflashida Vazari Leonardoning model bilan suratning o‘rtasidagi o‘xshashlikni emas, balki jismoniy fenomenini yetkazib bera olish iste’dodidan g‘oyat zavqlanadi. Tuyulishicha durodonaning aynan shu noyob fazilati rassom atelyesiga tashrif buyuruvchilarda chuqur hissiyotlar qoldirganva Vazariga deyarli ellik yil o‘tgandan keyin yetib kelgan.

Leonardo ushbu suratni o‘zi bilan birga olib Italiyadan Fransiyaga 1516- yilda ketganiga qaramay surat san’atsevarlar orasida juda mashhur bo‘lgan. Italiyan manbalarga ko‘ra u o‘sha paytdan beri fransiya qiroli Fransisk I kolleksiyasida bo‘lgan, biroq u qachon, kim tomonidan sotib olingani haligacha noma’lum. Leonardo suratni buyurtmachiga qaytarib bermagan.

Balki, rassom haqiqatdan ham suratni Florensiyada yakunlamasdan, 1516- yilda ketayotgan paytida o‘zi bilan birga olib ketgan va oxirgi chizgini mo‘yqalam bilan guvohlarsiz bajargandir. Agar shunday bo‘lsa u suratni 1519-yilda, o‘z vafotidan oldin tugatgan. (Fransiyada u Klo-Lyusda, Ambuaz qirollik qasriga yaqin joyda yashagan).

1617- yilda kardinal Luidji d’Aragon Leonardoning fransuz ustaxonasiga tashrif buyurgan. Bu tashrining tafsiloti kardinalning kotibi Antonio de Beatis tomonidan yozib qoldirilgan: “1517- yilning 19- oktyabrida monsinyor va u bilan birga o‘zim Ambuazning uzoqlashgan qismlarining birida zamonimizning eng ajoyib rassomi - yoshi yetmishdan oshgan, soqollari oqargan Florensiyalik janob Leonardo da Vinchining oldiga tashrif buyurdik. U zoti oliyalarga uchta suratni ko‘rsatdi: bittasi Muxtasham Lorensoning akasi Djuliano Medichining buyurtmasiga ko‘ra chizilgan florensiyalik ayol surati, ikkinchisi - avliyo Ioann cho‘qintiruvchining yoshlik paytidagi surati va uchinchisi - Avliyo Anna bilan Bibi Mar’yam hamda chaqaloq Iso Masiho surati. Ularning hammasi oliy darajada go‘zal. O‘sha paytda o‘ng qo‘li falaj holatda bo‘lgani uchun ustaning o‘zidan boshqa yangi ishlar kutib bo‘lmas edi.” Bir qism tadqiqotchilarning fikricha “florensiyalik ayol” deb atalgan surat to‘g‘risida yozilganida aynan “Mona Liza” nazarda tutilgan.

Ammo, bu birorta guvohlik yoki nus'ha qolmagan boshqa portet bo‘lishi ham, buning natijasida esa Djuliano Medichi “Mona Liza”ga hech qanday aloqasi bo‘lmasligi ham mumkin.

1511-yilda tug‘ilgan Vazari Djokondani o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olish imkoni bo‘lmagan va Leonardo birinchi biografiyasining noma’lum muallifi bergan axborotga tayanishga majbur bo‘lgan. Aynan u rassomga uchinchi xotinining portretini buyurtma qilgan florensiyalik shoyi savdogari to‘g‘risida yozadi. O‘sha anonim zamondoshning so‘zlariga qaramay, ko‘pchilik tadqiqotchilar “Mona Liza” aynan Florensiyada yaratilganiga shubhalangan, chunki yaratilishning o‘ta nozik texnikasi surat yaratilishining ancha kechroq davrga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatishi mumkin. O‘sha davrda Leonardo da Vinchi shu qadar “Angiaridagi jang” asari ustida mashg‘ul bo‘lganki, hatto Mantuan markizasi Izabella d’Estening burtmasiga ham rad javobini berishga majbur bo‘lgan, degan asos ham keltirilgan.

Franchesko del Djokondo, taniqli fransuz savdogari, 1495-yilda o‘ttiz besh yoshida uchinchi marta Gerardini zodagonlar oilasidan bo‘lgan yosh neapollik ayolga uylangan. Ayolning Ismi Liza Gerardini, to‘liq ismi - Liza di Antonio Maria di Noldo Gerardini (1479-yil 15 iyun —1542-yil 15-iyul yoki tahminan 1551-yil)

Ayol shaxsi to‘g‘risida Vazari ma’lumot berganligiga qaramay uning to‘g‘risida uzoq vaqt noaniqlik saqlanib kelib, bir necha tahminiy fikrlar aytilgan:

Katerina Sforsa, Milan Gersogi Galeasso Sforsaning noqonuniy qizi

Izabella Aragonskaya, Milan Gersoginyasi

Chechiliya Gallerani (rassomning “Oqsuvsarli ayol” deb nomlangan boshqa portretidagi model)

Konstantsa d’Avalos. Uning ham “Quvnoq”, ya’ni italyancha La Gioconda deb aytiladigan laqabi bo‘lgan. Venturi 1925-yilda tahmin qilishicha, “Djokonda” - gersoginya Konstansa d’Avalos, Federigo del Balsoning bevasi. Leonardo da Vinchi uning portretini tilga olgan holda Eneo Irpino kichik poemasida ta’riflagan. Konstansa Djuliano Medichining jazmani bo‘lgan.

Pachifika Brandano (Pacifica Brandano) - Djuliano Medichining boshqa jazmani, kardinal Ippolito Medichining onasi (Roberto Zapperining tahmininga ko‘ra, onasining vafot etganligidan darak topib ko‘rish istagida ekanligini aytgan, keyinchalik qonuniylashtirib olgan nikohsiz o‘g‘li uchun Pachifikaning portreti Djuliano Medichi tomonidan buyurtma berilgan. San’atshunosning fikriga ko‘ra, shu bilan birga buyurtmachi Leonardoga to‘liq harakat erkinligini qoldirgan).

Izabela Galanda (Izabela Galanda)

Oddiy ideal ayol

Ayol kiyimidagi yigit (masalan, Leonardoning yoqimtoyi Salai)

Leonardo da Vinchining avtoportreti

Rassom onasi Katerinaning (1427-1495) retrospektiv portreti. (Freyd tomonidan taklif etilgan, keyinchalik Serge Bramly, Rina de' Firenze, Roni Kempler va boshqalar.

Shunga qaramay, suratning umumiy tanilgan nonlanishi modelning shaxsiga mos kelishi to‘g‘risidagi tahmin 2005- yilda batamom o‘z tasdig‘ini topdi, deb hisoblanadi. Geydelberg universitetidan tadqiqotchi olimlar foliant hoshiyalaridagi belgilarni o‘rganib chiqib uning egasi Florensiyalik amaldor, rassom Agostino Vespuchchining shaxsiy tanishi bo‘lganligini aniqladi. Kitob hoshiyalaridagi yozuvlarda u Leonardoni mashhur qadimiy Yunon rassomi Appeles bilan taqqosladi va ta’kidlaydiki “hozir da Vinchi uch surat ustida ishlamoqda, ularning biri - Liza Gerardinining portreti”. Shunday qilib, Mona Liza haqiqatdan ham Florensiyalik shoyi savdogari Franchesko del Djokondoning rafiqasi - Liza Gerardini bo‘lib chiqdi. Olimlarning isbotlashicha surat Leonardoga yosh oilaning yangi uyi uchun va ularning ikkinchi o‘g‘li Andreaning tug‘ilishi sharafiga buyurtma qilingan.

To‘g‘ri burchakli formatdagi suratda to‘q rangdagi kiyimda yarim burilib turgan holdagi ayol tasvirlangan. U ikkala qo‘lini birlashtirib, bir qo‘lini kursining tirsakqo‘ygichiga tirab olgan, ikkinchisini esa birinchisining ustiga qo‘ygan holda, kursida tomoshabin tomonga deyarli to‘lig‘icha burilgan holda o‘tiribdi. Farq bilan bo‘lingan tekkis va yassi yotgan sochlar ularga tashlab qo‘yilgan shaffof xarir orqali ko‘rinib turibdi (ayrim tahminlarga ko‘ra - bevalik nishonasi), yelkalariga ikkita qalin bo‘lmagan, yengil to‘lqinsimon tutam bilan to‘kilib turibdi. Yashil ko‘ylak ingichka burmalarda, taxli sariq yenglar bilan, baland bo‘lmagan oppoq ko‘krak qismida kesilgan. Boshi yengil burilgan.

San’atshunos Boris Vipper, suratni tasvirlagan paytda Mona Lizaning yuzida kvatrochento modasining izlari borligini ko‘rsatadi: uning qoshlari va peshonasining yuqoriqismidagi sochlari qirib tashlangan.

Suratning pastki qismi ayolning tanasining ikkinchi yarmini kesib ko‘rsatadi. Shunday qilib, portret deyarli beldan baland qism ko‘rinishiga ega. Model o‘tirgan kursi balkonda yoki peshayvonda turibdi. Parapetning chizig‘i ayol tirsagining orqasida ko‘rinib turibdi. Hisoblanishicha, avval surat kengroq bo‘lishi va ikkita yon taradagi ustunlarni ham o‘ziga sig‘dira olardi. Hozirgi paytda shu ustunlarning qismlari parapetning chekkalari bo‘ylab ko‘rinib turibdi.

Peshayvon egri-bugri oqimlar va qorli tog‘lar qurshovidagi ko‘ldan iborat, ufqning baland ko‘tarilgan chizig‘i tomonga taralib boruvchi yovvoyi xilvat joyga qaratilgan. Mona Liza peyzaj fonida kursida o‘tirgan holda taqdim etilgan. Uning tomoshabinga juda yaqinlashtirilgan shakli uzoqdan ko‘rinib turgan o‘ta yirik tog‘ va manzara bilan taqqoslanishining o‘zi ushbu siymoga mislsiz salobatni bahsh etadi. Shaklning yuqori plastik seziluvchanligi va tush kabi tumanli olislikka uzoqlashib boruvchi manzara bilan bir maromdagi umumiylashtirilgan silueti o‘rtasidagi keskinlik ham huddi shu taasurotga ko‘maklashadi.

“Djokonda” portreti Italyan Yuqori Renessansining portret janrining eng zo‘r na’munalaridan biridir.

Boris Vipperning hisoblashicha kvatrochento modasining izlari, “ko‘krak qismidagi kichik kesik va erkin qat-qatli yenglari, shu bilan birga to‘g‘ri poza,badanining yengil burilganligi va qo‘llarining yumshoq imosiga qaramay Mona Liza to‘laligicha klassik usulning davriga oid”. Mixail Appatov “Djokonda qat’iy proporsional to‘rtburchakka a’lo darajada chizib qo‘yilgan, uning yarimshakli butun bir birlikni tashkil etadi, taxlangan qo‘llari esa uning siymosiga yakunlanganlikni bag‘ishlaydi. Xullas, barcha konturlar qanchalik yumshatilgan bo‘lmasin, Djokondaning to‘lqinli soch tutamlari shaffof xarirga juda mos, yelka ortida tashlangan mato esa o‘zida uzoq yilning yumshoq burilishlaridan darak beradi. Leonardo buning hammasida ritm va garmoniyaning qonunlariga muvofiq o‘zining yaratuvchanligini namoyon qiladi.

“Mona Liza” dastlabki holatiga nisbatan juda qorayib ketgan. Bu mualifning bo‘yoqlar bilan tajribalar o‘tkazishga moyilligining natijasi deb hisoblanadi. Ushbu moyillik “Maxfiy kecha” freskasini (devorga solingan surat) nobud qilgan. Shunga qaramay rassomning zamondoshlari nafaqat kompozisiya, surat va nur o‘yini balki asardagi ranglar uyg‘unligiga nisbatan ham o‘zining hayratini izhor etishga ulgurgan. Tahminlarcha, masalan Djokonda ko‘ylagidagi yenglarning ranglari dastlab qizil bo‘lgan deyish mumkin.

Suratning hozirgi holati juda yomon, shuning uchun ham Luvr xodimlari uni ko‘rgazmalar uchun boshqa bermasligini aytgan: “Suratda yoriqlar paydo bo‘lgan, ularningbiri esa Mona Liza boshidan sanoqli milimetrlar uzra to‘htagan”.

Texnika

Djivelegov ta’kidlashicha Mona Lizaning yaratilish paytiga kelib Leonardo da Vinchining mahorati “shunday yetuklik fazasiga kirgan ediki, kompozision va boshqa turdagi barcha rasmiy vazifalar oldiga qo‘yilib, bajarib bo‘lingan va Leonardoga faqat oxirgi rassomlik texnikasining eng qiyin vazifalari ular bilan shug‘ullanishga arzigudek bo‘lib tuyula boshlagan edi. U Mona Liza qiyofasida uning talablarini qondira oladigan modelni topa olganida u rassomlik texnikasining eng yuksak va qiyin vazifalarini amalga oshirishga urinib ko‘rishga qaror qilgan edi. U avval ishlab chiqilgan va sinab ko‘rilgan amallari yordamida, ayniqsa o‘zining mashhur "sfumato" yordamida o‘zi avval bajarganidan ko‘prog‘ini qilmoqchi bo‘ldi: tirik insonning yuzini yaratish va ushbu yuzning chizgi va chehrasini shunday tasvirlash kerak ediki, ular yordamida insonning ichki dunyosi to‘laligicha ochib berilishi kerak edi. Boris Vipper o‘ziga shunday savolni beradi: “Shu ulug‘sifatlik, Mona Liza siymosidagi shu o‘lmas ong  uchquni qaynday vositalar yordamida yaratilgan edi? - va shu savolga javob bo'luvchi vositalarni ikkita asosiy qismga bo‘ldi. Birinchisi - bu Leonardoning ajoyib sfumatosi. Leonardoning doimiy so‘zlari “modelirovka - rassomlikning ruhi” degan gaplari bejiz aytilmagan. Aynan sfumato Djokondaning nam nigohini, shamolday yengil tabassumini, qo‘llarining mislsiz yumshoqligini yaratadi” Sfumato - bu yuz va shaklni qamrab oluvchi, chizgilar va soyalarning yumshatuvchi, bazo‘r tutib olinishi mumkin bo‘lgan tutun. Leonardo bu maqsadda nurlik manbai va tanalar oralig‘ida “tumanning bir turini” taratishni tavsiya qilgan.

Rotenbergning yozishicha “Leonardo o‘z ongiga umumiylashtirishning shu darajasini olib kira olgan ediki, bu uni umuman renessansga oid inson siymosi sifatida ko‘rish imkonini beradi. Bu umumiylashtirishning yuqori chorasi suratning tasviriy unsurlarida, uning alohida sabablarida- yengil, shaffof xarir Mona Lizaning boshi va yelkalarini qamrab olib, aniqlik bilan chizilgan soch tutamlari va ko‘ylakning mayda qat-qatlarini bitta umumiy yumshoq chizgiga birlashtirishida aks ettiriladi. U yuzning hech narsa bilan taqqoslab bo‘lmas nozik yumshoqligida (yuzda o‘sha davrning modasiga binoan qoshlar terib tashlangan) va go‘zal avaylangan qo‘llarda seziladi.

Alpatovning qo‘shimchasiga ko‘ra “yuz va shaklni qurshab, yumshoq erib borayotgan tutun ichra, Leonardo inson mimikasining cheksiz o‘zgaruvchanligini sezdira olgan. Djokondaning ko‘zlari diqqat bilan va sokin tarzda tomoshabinga qarab turishiga qaramay, ko‘z chuqurlarining qoraytirilgani tufayli ular ma’yuslik bilan tirishgan deb o‘ylash mumkin; uning lablari qisilgan, ammo ularning qirralaridagi arang ko‘zga tashalanuvchi soyalar lablar bir daqiqa ochilib,tabassum qiladi va gapiradi, deb ishontira oladi. Diqqat bilan tikilib turgan nigoh hamda lablardagi yarimtabassum o‘rtasidagi keskinlik uning hayajonlari to‘g‘risida tushuncha beradi. Leonardo uning ustida bir necha yil mehnat qilgan, suratda bir dona ham keskin bo‘yoq, bir dona ham o‘tkir chizgi qolmasligiga harakat qilgan. Suratdagi barcha narsalarning qirralari yaqqol ko‘rinsa-da, ularning hammasi yarim soyalardan yarim yorug‘likka nozik o‘tishlarda aks ettirilgan.

San’atshunoslar rassom shaxsning portret tavsifnomasini peyzaj bilan bog‘lagan uzviylikni ta’kidlaydilar. Bu uzviylik o‘ziga xos kayfiyatga ega va u portretning jozibadorligiga yanada jozibadorlik qo‘shdi.

Viper peyzajni suratni ulug‘vorligi yaratuvchi ikkinchi vosita, deb hisoblaydi:“Ikkinchi vosita - bu shakl bilan fon o‘rtasidagi munosabat. Fantastik, qoyali,go‘yo dengiz suvi orqali ko‘rilgan peyzaj Mona Lizaning portretida uning shakliga ko‘ra boshqa reallikga ega. Mona Lizada -  hayotning voqeligi, peyzajda esa - tush kabi reallik. Shu kontrastga ko‘ra Mona Liza mislsiz yaqin va sezilarli, peyzajni esa undagi orzularining nur taratish kabi qabul qilamiz.

Renessans san’atining tadqiqotchisi Viktor Grashenkovning yozishicha Leonardo, shu jumladan peyzaj yordamida ma’lum bir shaxsning portretini emas, universal siymo yaratishga erisha olgan. “Bu sirli suratda u hech kimga tanish bo‘lmagan Florensiyalik ayol, Franchesko del Djokondoning rafiqasi Mona Lizaning portret tasviridan ko‘ra ancha ko‘proq narsa yaratgan. Ma’lum shaxsning tashqi qiyofasiva ruhiy tuzilishi ta’riflashga til ojiz sintetiklik bilan uzatilgan. Bu impressional psixologizmga inson hozir bo‘lganligining biror belgilarisiz peyzajning koinot singari mavhumiyligi to‘laligicha javob beradi. Tutunsimon yorug‘lik bilan soya ichida nafaqat shakl va manzaraning barcha chizgilari yumshaydi. Ko‘z uchun deyarli ilg‘ab bo‘lmas yorug‘likdan soyaga o‘tishlarda,Leonardoning sfumatosidagi silkinishlar iloji bor qadar yumshab, eriydi va individuallik va uning ruhiy holatining har qanday ma’lumligi yo‘qolib ketishga tayyor. “Djokonda”- portret emas. Bu - butun bir narsaga birlashgan va o‘zining individual aniq shaklidan chalg‘itilib taqdim etilgan insonning o‘zi va tabiyat tasvirlangan timsoli. Ammo, bu monand dunyoning qotib qolgan yuzasi uzra mavj kabi yugurib o‘tgan bazo‘r bilinadigan harakatning ortida jismoniy va ruhiy hayot imkoniyatlarining boyligi sezilib turadi”.

“Mona Liza”birinchi planning tilla-jigarrang bilan mallarang tuslarida va ikkinchi uzoqdagiko‘rinishlarning zumrad-yashiltuslarida berilgan. “Shishaday shaffof bo‘yoqlargo‘yo insonning qo‘li bilan emas, eritmadan shakli bo‘yicha beqiyos kristallarhosil qiluvchi materiyaning ichki quvvati bilan yaratilganday, go‘yo.Leonardoning ko‘p asarlari kabi bu asar ham vaqt o‘tib qorayib qolgan va undagiranglarning nisbatlari biroz o‘zgargan, lekin hozir ham karnasiya tuslari bilankiyimlardagi taqqoslanishlar hamda manzaraning “suvosti” tusi bilan ularningumumiy kontrasti yaqqol qabul qilinadi.

Djokonda tabassumi

Mona Liza tabassumi suratning eng mashhur sirlaridan biri. Bu yengil, bilinar-bilinmas tabassum ustaning o‘ziga tegishli ko‘p boshqa asarlarida ham, shu bilan birga shogirdlarining ishlarida ham juda ko‘p uchraydi, biroq aynan “Mona Liza”da u avjiga chiqarilgan.

Umuman olganda shuni e’tiborga olish kerakki, bu ta’rifni (yoki adabiy tamg‘ani) romantik yozuvchi Teofil Gotye 1855-yilda ishlatgan. U eng asosiysini amalga oshirgan - u Djokondaning sirli tabassumini o'ylab topgan. Ungacha hech kim bu tabassumda hech qanday sirni ko‘rmagan. Malsalan, Vazari Mona Lizaning tabassumini atigi “yoqimli” degan. Gotye Djokondaning tabassumini sevib qolish juda hatarli, biroq sevmay iloji yo‘q bo‘lgan muqarrar ayolning eng asosiy quroli sifatida tanitgan. Gotye shunday deb yozgan:

“Djokonda! Bu so‘z hotirada darhol Leonardoning suratidan sirli tarzda tabassum ila qarab turgan go‘zallik sfinksini uyg‘otadi... Bu sharpaning dilraboligiga maftun bo‘lib qolish juda xavfli... Uning tabassumi noma’lum zavqlardan darak beradi, u juda ilohiy, istehzoli... agar Don Juan Djokondaning uchratib qolganda, uning siymosida o‘z ro‘yhatidagi uch ming ayolning hammasini tanib olar edi...”

San’atshunos Genadiy Kozlovning yozishicha Gotyedan keyin sirli tabassum hatto Leonardoning o‘zi muallifligini ham chetda qoldirib, omma uchun “Djokonda”ning eng muhim fazilatiga aylanib qoldi.

San’atshunoslar va san’at tarixchlari unga juda ko‘plab misralarni bag‘ishlagan. Masalan, Grashyenkovning yozishicha: “Inson hissiyotlari va istaklari, bir-biri bilan kurashayotgan ehtiroslar va xayollarning bitmas-tugalmas hilma-hilligi tekkislanib birlatishtirilgan holda, uyg‘unlik bilan Djokondaning vazmin qiyofasida atigi uning bazo‘r paydo bo‘lib, shu zahot yo‘qoluvchi tabassumining mavhumligi orqali o‘z aksini topgan. Uning lablari tutashgan qirralaridagi hech narsani anglatmaydigan bir onli harakati, huddi uzoqlashib bir tovushga aylangan aks-sado kabi cheksiz uzoqlikdan bizgacha inson ma’naviy hayotining rang-barang polifoniyasini yetkazib keladi.

San’atshunos Rotenbergning hisoblashicha, “butun dunyo san’atida fe’l-atvor va aql-idrokning birligida jamlangan inson shaxsini aks ettirib bera olish kuchi bilan “Mona Liza”ga teng keladigan portret ko‘plab topilmaydi. Leonardo da Vinchining bu portretidagi aynan noodatiy intellektual to‘ldirilganlik uni kvatrochento siymolari portretlaridan ajratib turadi. Uning bu hususiyati u modelning tabiati avval umuman o‘zgacha, aksariyat lirik siymoviy ohangdoshlikda ochib berilgan ayol kishining portretiga oid ekanligi yanada o‘tkirroq qabul qilinadi. “Mona Liza”dan taralayotgan kuch hissi - bu ichki yig‘noqlik va shaxsiy erkinlik hissiyotining uzviy birligi, insonning o‘z ahamiyatini anglashga tayangan ma’naviy barqarorligidir. Ayol tabassumining o‘zi ustunlik yoxud kalondimog‘likni emas o‘ziga bo‘lgan sokin ishonch va hotirjamlikni aks ettiradi.

Boris Vipperning ko‘rsatishicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoshlarning yo‘qligi va peshona tepasining qirilganligi, balki, uning yuzidagi g‘alati sirlilikni beihtiyor kuchaytirib yuboradi. Keyin u surat ta’sirining kuchi to‘g‘risida yozadi: “Agar biz o‘zimizdan “Mona Liza”ning buyuk jozibadorlik kuchi, uning hech bir narsa bilan taqqoslab bo‘lmas gipnotik ta’siri nimada, deb so‘rasak, javob faqatgina bitta bo‘lishi mumkin - uning ulug‘vorligida. “Djokonda”ning tabassumiga eng uddaburon va eng qarama-qarshi interpretasiyalar qo‘shilgan. Unda g‘urur va nafislik, hislilik va erkalik,badjahllik va kamtarinlikni topishni istaganlar. Xatolik, birinchidan, Leonardo aynan odatiy ulug‘vorlikka erishishga harakat qilganliginiga qaramay, Mona Lizaning siymosida sub'yektiv ruhiy hususiyatlar izlangan. Ikkinchidan, - va bu yanada muhimrog‘i - Mona Lizaning ulug‘vorligiga emosional hususiyatlarni bog‘lashga urinishgan, aslida esa u intellektual ildizlarga ega. Mona Lizaning mo‘’jizasi aynan shundaki, u fikrlaydi. Biz sarg‘aygan, yoriqlarga to‘lgan taxtaning oldida turgan holda aql-idrokka ega mavjudotning hozirligini sezib turamiz, unga gapirib va undan javob kutsa bo‘ladigan mavjudot oldida turganligimizni his etamiz.

Lazarev uni san’atshunos olim sifatida tahlil qilgan: “Bu tabassum Mona Lizaning o‘ziga xos fazilati bo‘lishidan ko‘ra ko‘proq ruhiy tirilishning odatiy tenglamasi, Leonardoning barcha navqiron siymolari uzra qizil ip kabi o‘tuvchi tenglama, keyinchalik uning shogirdlari va izdoshlari uchun an’anaviy qolip bo‘lib qolgan tenglama sifatida namoyon bo‘ladi. Leonardo shakllarining nisbatlari kabi, u eng nozik matematik o‘lchamlarda, inson tanasidagi alohida qimslarining ma’nodor muhimliklarini qat’iy hisob-kitobida qurilgan. Va shu bilan birga, uning tabassumi mutlaqo tabiy, uning jozibadorligi ham aynan shunda. U yuzdagi barcha dag‘allik, taranglik, turg‘unlikni yo‘qotib uni mavhum, noaniq ruhiy iztiroblar ko‘zgusiga aylatirib yuboradi. O‘zining tutqich bermas beqarorligida u faqat bir onda suv yuzasida o‘tib ketuvchi mayda mavjga tenglashtirilishi mumkin.

Uning tahlili nafaqat san’atshunoslar, balki ruhshunoslarning ham e’tiborini o‘ziga tortgan. Zigmund Freydning yozishicha: “Leonardo da Vinchining suratlarini tasavvur qilgan kishining xotirasida suratlardagi ayollar siymosida yashiringan g‘alati, asirga oluvchi va sirli tabassum vujudga keladi. Cho‘ziq, hilpirab turuvchi lablarda qotgan tabassum Leonardoga xos va ko‘pincha “leonardocha” tabassum deyiladi. Florensiyalik Mona Liza del Djokondaning o‘ziga xos maftunkor siymosida ushbu tabassum tomoshabinni hamma narsadan ham kuchliroq o‘ziga mahliyo qilib qo‘yadi va parokandalikka soladi. Bu tabassum faqat bitta talqinni talab qilgan, ammo sanoqsiz turli talqinlarni topgan, lekin ularning birortasi ham tabassumni tariflash berish talabini qoniqtira olmaydi. Mona Lizaning tabassumida ikkita turli narsa birlashgan, degan tahmin ko‘pchilik tanqidchilarda tug‘ilgan. Shuning uchun ham bu hurliqo Florensiyalik ayolyuzining ko‘rinishida ular ayolning ishqiy hayotini boshqaruvchi antagonizmning eng yoruq aks ettirilishi, vazminlik va afsun, ayollarga xos nafosat va erkak kishini qandaydir o‘zga narsadek yutib yuboruvchi ko‘z ilg‘amas-talabchan hissiyotlarni ko‘rar edilar. Leonardo Mona Lizaning chehrasida undagi tabassumning cheksiz nazokat va dahshatli tahlikadan darak kabi ikki tomonlama ma’nosini yarata oldi.

Tomoshabinni ayniqsa, bu tabassumning iblisona fusunkorligi sehrlab qo‘yadi. Bir qarashdan jozibali tabassum qilayotgan, yoki sovuq va bag‘ritoshlik bilan bo‘shliqqa qarab turgandek qotib qolgan bu ayol to‘g‘risida yuzlab shoir va yozuvchilar yozgan, va hech kim uning tabassumi sirini fosh qilib, fikrlarini talqin qilib bera olmadi.

Faylasuf Aleksey Fyodorovich Losev u to‘g‘risida salbiy yozgan: ... “Mona Liza” o‘zining “iblisona tabassumchasi” bilan. “Axir faqat Djokondaning ko‘zlariga qarab ko‘ring, hech qiynalmasdan shuni anglash mumkinki, u umuman jilmaygani ham yo‘q. Bu tabassum emas, biroq bu sovuq ko‘zlarga ega va Djokonda sehrlab olmoqchi bo‘lgan o‘ljaning chorasi yo‘qlini aniq bilib turgan va o‘ljada zaiflikdan tashqari uni egallab olgan yoqimsiz hissiyot oldidagi kuchsizlikka tanib turgan yirtqich bashara.”

Psixolog Pol Ekman Djokonda yuzining belgilari to‘g‘risida yozadi va uni inson mimikasi to‘g‘risidagi o‘z bilimlari nuqtai nazaridan tahlil qiladi: “ikkita boshqa-boshqa yuz (tabassum) ko‘zlarning o‘ziga xos ko‘rinishiga ega samimiy tabassumni birlashtiradi. Havasni keltiruvchi o‘zini qiziqtirgan ob'yektdan ko‘zini olib qochsada, unga keyin yana istehzoli nigoh tashlab, yana bir on o‘tmay, nigohlar uchrashishga ulgurmasdanoq olib qochiladigan o‘ynoqi tabassum. Mashhur Mona Lizadan qoluvchi taasurotning noodatiyligi shundaki, Leonardo o‘z naturasini aynan shu o‘ynoqi harakat paytida ilib oladi; u boshini bir tarafga burib, ko‘zi bilan boshqa tarafga - o‘zini qiziqtirgan ob'yektga qarab turadi. Hayotda yuzning bu ko‘rinishi bir onlik - yashirin nigoh tashlash bir ondan ko‘p davom etmaydi.

"Mona Liza" portretlar janrida Oliy Uyg‘onish davri asarlariga ta’sir ko‘rsatgan va ular orqali portret janrining keyingi rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan eng yaxshi asarlaridan biri hisoblanadi. Portret janri doimo “Djokonda”ga qandaydir yetib bo‘lmas, lekin albatta majbur bo‘lgan narsaga qaytib borishdek qaytishi kerak.

San’at tarixchilari shuni ta’kidlaydiki, Mona Lizaning portreti renessans portreti san’atining rivojlanishida hal qiluvchi qadam bo‘lgan. Rotenbergning yozishicha: “kvatrochento rassomlari ushbu janrning bir qator salmoqli asarlarini qoldirib ketganlariga qaramay, baribir portret chizishdagi ularning yutuqlari asosiy rassomlik janrlarining yutuqlariga mutanosib emas edi - masalan, diniy va mifologik mavzudagi rassomlik janrlariga. Portret janrining huquqiy tengsizligi portret tasvirlarning “ikonografiyasi”da namoyon bo‘la boshlagan edi. XV asrdagi portret ishlari ularning so‘zsiz fizionomik o‘xshashlari va ular taratayotgan ichki kuch bilan birga baribir tashqi va ichki cheklanganlik bilan ajralib turar edi. XV asr rassomlarining bibliyaga oid va mifologik siymolari tasvirlab beruvchi inson hissiyotlari va hayajonlarining boyligi odatda ularning portret asarlarining fazilatlari qaotirga kira olmas edi. Buning aks sadolarini Milanda bo‘lgan dastlabki yillarda yaratilgan Leonardo da Vinchining o‘ziga tegishli erta asarlarida ko‘rish mumkin. Ularga nisbatan Mona Liza sifat jihatidan ulkan siljishning natijasi, deb qabuli qilinadi. Portret siymosi ilk bor o‘z ahamiyatiga ko‘ra boshqa rassomlik janrlarining eng yorqin siymolaribilan bir qatorga turib olgan edi.      

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish