Kanal
Sayohat

Misr ehromlari: qadimiylikning buyuk arxitekturasi

Misr ehromlari: qadimiylikning buyuk arxitekturasi

1.Ro’yxatni birinchi bo’lib, mashhurligi bilan butun dunyoga nom taratgan Buyuk Xeops ehromi ochib beradi. Aynan mana shu ehrom barcha Misr ehromlarining yuzi hisoblanadi va kattaligi bilan ajralib turadi. U haqda ko’plab afsona va jumboqlar mavjud. Ushbu piramidaning qurilishiga naq yigirma yil ketdi va eramizdan avvalgi 2560 yilda qurib bitkazildi.

Buyuk Misr ehromining balandligi 146.5 metr, u 4 ming yil davomida dunyoning eng baland inshooti hisoblanib kelingan.

2.Ro’yxatning ikkinchi o’rnida Xeopsning o’g’li Xefrenning ehromi turadi. U 10 metrlik platoda qurilgan, shuning uchun Xeops ehromidan baland ko’rinadi, aslini olganda esa unday emas. Uning haqiqiy balandligi – 136,4 metra teng.

Xefren ehromining yaqinida Buyuk Sfinks joylashgan.Ushbu monument qoyalarga o’yib tasvirlangan. Sfinks haykalining yuz tuzilishi Xefren fir’avnining yuz tuzilishini eslatadi.

3.Uchinchi Buyuk piramida – Mikerina ehromidir. U avvalgilaridan kichikroq bo’lib, ulardan kechroq qurilgan. Uning balandligi -66 metr, asosining uzunligi esa – 108.4 metrga teng.

U kichkina bo’lishiga qaramasdan, shu uch ehromlar ichida eng chiroyligi hisoblanadi. Mikerina ehromi katta ehromlar davrini kuzatib qo’yishga muvaffaq bo’ldi. Undan keyin qurilgan barcha ehromlar kichik hajmda barpo qilingan.

4.Bu bilan Misr ehromlari tugamaydi, endi Gizadan boshqa joylarga ko’chamiz. Misrning katta piramidalaridan biri – bu Djoser ehromidir. Bu ehrom Sakkara qishlog’ida joylashgan bo’lib, naq Imxotepning o’zi tomonidan Djoser fir’avn uchun barpo qilingan. Maydoni – 125 metrga 115 metr, balandligi esa – 62 metrga teng. Bu Misrning eng birinchi ehromi hisoblanadi va shunga qaramay yaxshi saqlanib qolingan.

5.Ko’rini shijihatidan eng noyob piramida – bu Medume ehromidir. U Misr poytaxtidan 100 metr janubroqda joylashgan bo’lib, Xuni fir’avni tomonidan qurila boshlangan,biroq uning o’g’li Snofru uni oxirigacha qurib bitkazgan. Ehromning avvaliga 8 ta zinapoyasi bor edi, biroq bizning davrga kelguncha bor-yo’g’i oxirgi uchtasi qolgan, xolos. Piramidaning balandligi – 118 metr, maydoni esa 146 ga146 metr.

6.Pushtirang piramida esa qurilishda ishlatilgan o’zgacha tosh tufayli shunday tusga ega. Bu ehrom balandligi bo’yicha Xeops va Xefren piramidalaridan keyin uchinchi o’rinda turadi. Balandligi 104, 4 metr.Tarixchilarning aytishlaricha, ushbu ehromni biz tanishib o’tgan Snofru fir’avni barpo qildirgan.

7.Pushtirang ehrom yaqinada Qiyshiq ehrom joylashgan. U eramizdan avvalgi XXVI asrda qurilgan bo’lib, noto’g’ri ko’rinishga ega bo’lganligi uchun shunday nom olgan. O’zingiz buni guvohi bo’lishingiz mumkin. Qarang: ehrom uch etapda qurilgan bo’lib, har birida har xil burchakli qiyaliklar yasalgan.

8.Yuqorida biz yirik ehromlarni tasvirlab o’tdik, endi navbat kichikroqlariga. Djoser ehromi yaqinida Sakkarada Userkafa piramidasi joylashgan bo’lib, bu inshoot avvalgilaridan ancha keyin barpo qilingan. Shunga qaramay yaxshi saqlanmagan, uning faqat balandligi – 49,.4 metr va asosining uzunligi -73,30 metrga tengligi haqidagi ma’lumotni keltirish mumkin.

9. Sakkaradan uncha uzoq bo’lmagan joyda Sahuraning  beshinchi shajarasi fir’avniga tegishli ehrom joylashgan. Ushbu shajaraning keyingi majmualari ham shunday ko’rinishda qurilgan. Afsuski bizning davrimizga kelguncha ushbu ehrom yaxshi saqlanib qololmagan.

10.Va nihoyat ro’yxatimizning oxirgi ehromiga ham yetib keldik. Bu Sakkaradagi Unisa ehromidir. Bu piramida shunisi bilan mashhurki, uning dafn zalining devorlarida qadimgi iyerogliflar – “Ehromlar matni” tasvirlangan. Ko’plab olimlar ushbu matnlarning ma’nosini o’rganishni haliyam davom ettirmoqdalar.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish