Mgingo – dunyodagi eng aholisi zich orol

Orol Keniya va Uganda o’rtasidagi munozarali hudud bo’lib hisoblanadi. Mgingo oroliga odamlar 1991 yilda ko’chishgan. Faqatgina ikkita keniyalik baliqchilar Dalmas Tembo va Djordj Kibebe bunga jur’at qilishgan. Mgingoga borishdan avval, ular yovuz ruhlarni haydash marosimini o’tkazishgan – Viktoriya ko’li oldida yashovchi afrikaliklar o’rtasida, shunday rivoyat bor ediki, orol yovuz ruh Kalele uyi bo’lgan deb. Tembo keyin tan oldiki, bu marosim uchun unga 300 kg baliq berishga to’g’ri kelganini.

1. Bundan so’ng, ikkita dovyurak baliqchilarga Keniya, Uganda va Tanzaniyadan 60ga yaqin afrikaliklar qo’shilgan. Ko’chishni sababi faqatgina yahshi ov imkoniyati emas, balki hususiy “davlat”, kommuna yaratish, tengsizlik va yovuzlik bo’lmaydigan. 2009 yilga kelib, Mgingo aholisi 131taga yetdi, va bundan so’ng “fahrli senatorlar”, birinchi ko’chib kelgan kishilar, Tembo va Kibebe, kommunaga bo’shqa hech kimni qo’shmaslikka qaror qilishdi.

2. Asosiy ovlaniladiganlarni bu yerda nillik olabug’a tashkil qiladi. Bir hafta ichida oila 200-250 dollarni ishlab topishi mumkin – bu qo’shni davlatlardagi afrikaliklarni 2-3 oydagi o’rtacha maoshidir.

3. Mgingo “davlatini” mustaqil bo’lishiga shu narsa imkon beradiki, orol Keniya va Uganda o’rtasida munozarali ekanligi – u davlat ham bu davlat ham uni o’zining hududiga qo’sha olmaydi, shuning uchun ular baliqchilarga ko’z yumishadi.

4. Ohirgi yigirma yil ichida ikkala davlat 9 marotaba Mgingo tufayli harbiy to’qnashuvga kirgan. Boshlanishida Keniya va Uganda qirg’oq soqchilari baliqchilar kemalarini sindirgan, to’rlarini uzgan va hattoki oltita odamini otib tashlagan. So’ngra esa ikkala davlat shunga kelishdiki, kommuna unisiga ham bunisiga ham soliq to’laydi.

5. Natijada, Keniyaga ham, Ugandaga ham ketadigan soliq, baliqchilarni oyligini 25%dan tashkil qiladi. Yana 10% maoshi apparat va kommuna mudofaa kuchini ta’minotiga sarflanadi. Lekin maoshni qolgan 40% ham ularga yahshiroq yashashga imkon beradi, Viktoriya ko’li bo’yicha qo’shnilariga nisbatan.

6. Bu orolchada behsta bar, go’zallik saloni, dorixona, hamda bir nechta mehmonhona va to’rtta fohisha hona bor – erkaklar baliq ovi bilan band, ularni rafiqalari va qarindoshlari esa tanasi bilan pul topadilar. Mgingo kommunasi qoidalariga ko’ra, yod odam bu yerda bir kundan ortiq bo’la olmaydi.

7. Kommunani butun hayoti davomida ikkita “fahrli senatorlar” boshqaradilar – uni asoschi-otalari, hamda yana beshta saylangan senatorlari (faqatina 30 yoshdan kattalari bo’la oladi). Senatorlar ettitaligida oddiy ko’pchilik bilan qarorlar qilinadi.

8. Oroldagi oliy jazo chorasi bo’lib, undan haydalish hisoblanadi, oddiy jazo – somonli qamchi bilan savalash. “Davlatni” mavjudligidagi yigirma yil ichida undan oltita odam haydalgan, hammasi – o’g’irlik uchun.

9. Mgingo bilan qo’shnichilikda, 200 metr undan uzoqlikda yana bitta orol bor – Usingo. U hali ham kimsasiz, kommunadagi zichlikga qaramasdan: Usingo yovuz ruhi mavjud deb hisoblashadi, Tuk ismli. Huddi shu yerga Mgingodan Kalele yovuz ruhi ham ko’chgan deb o’ylashadi. Kommuna aholisi shu vaqt ichida jodugar topa olishmadi, birdaniga ikkita qudratli yovuz ruhlar bilan kurasha oladigan. Usingo ham Keniya va Uganda o’rtasida munozaralidir, lekin unda ikkala davlat askarlari joylashishdan bosh tortishadi, huddi shu sababli – unda yovuz ruhlar yashayotgani uchun. Usingoda faqatgina bir nechta vaqtinchalik qurilmalar bor, ularda ba’zida Birinchi olam biologlari turishadi, Viktoriya ko’li va uni aholisini o’rganish uchun.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.