Kanal
Qiziqarli

Meri Key: Oltinga teng so'zlar xazinasi

Meri Key: Oltinga teng so'zlar xazinasi

·        Men oilasi va farzandlari bor har bir ayolga o’z karierasini boshqarish imkoniyatini bera oluvchi kompaniyani yaratishni istagan edim.

·        Mening kompaniyam daromad va zarar ko’rish uchun emas, odamlar va muhabbat uchun ishlaydi.

·        Hudo ilk bor yer yuzidagi erkak – Odam atoni yaratib bo’lgach, o’z durdonasiga qarab shunday degan: “ Juda yaxshi, Biroq men bundan ham yaxshirog’ini uddalayman”. Shu tariqa ayol yaralgan.

*        Dunyoni zabt etishning uch usuli bor – telefon, telegraf va ayollar hikoyasi.

*        Boshqalar bilan o’zing bilan qanday munosabatda bo’lishlarini istasang shunday bo’l. Mary Kay kompaniyasida barcha munosabatlar jiddiy. Boshqaruvning har bir qarori aynan shunga tayanadi

·        Men insonlar qo’l berib ko’rishish uchu n qatorlashib turadigan odam bo’lganimda, har qancha charchagan bo’lmay, qarshimda turgan har bir odamga alohida e’tibor qarataman, deb qaror qilganman.

·        Aksariyat boshqaruvchilar to’qnashgan muammolari haqida unitishni istaydilar, men aksincha ularni yodda saqlashga urinaman.

·        Kompaniya uning ishchilari qancha yaxshi bo’lsa shuncha yaxshidir.

·        Bizning kompaniyamizda eng asosiysi – odamlar.

·        Men insonlarni hamisha maqtab turish tarafdoriman: bu qovjiragan o’simlik uchun yoqqan ilohiy yomg’ir kabidir.

·        Yaxshi raxbar gapirishdan ko’ra ko’proq tinglay oladi. Balki, bizga ikkita quloq va 1ta og’iz ato etilgani bejiz emasdir.

·        Men odamlarni maqtamay turib, ularni tanqid qilmaslikni shior qilib olganman.

·        Xaqiqiy muvaffaqiyatli boshlangan ishni – xoh katta bo’lsin, xoh kichik – oxiriga yetkazishdir.

·        Hech qaysi muvaffaqiyatga ishtiyoqsiz erishib bo’lmaydi

·        Men  kunni toza qog’ozdan boshlashni afzal bilaman.

·        Xodimlarning ko’pchiligi uchun ona qiyofasida namoyon bo’laman.

·        Omadsizlikda hech qanday uyatli narsa yo’q. Xaqiqiy omadsiz qo’l siltab ketuvchi odamlardir.

·        Xaqiqatga aylanuvchi orzular va qo’ldagi qadoqlar orasida bevosita bog’liqlik mavjud.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish