Meksikadagi okean tubi bo'ylab oqadigan g'ayritabiiy suv osti daryosi


Qanday qilib bu bo'lishi mumkin? Bu unikal hodisa qadimiy g'or qulashining natijasida yuzaga kelgan. Tog' jinsining plasti qulab tushganda, tuproq ostidagi chuchuk suvga yo'l ochib bergan. Chuchuk suvga oz ozdan tuzli suv qo'shilib turadi va 30 metr chuqurlikda serovodorod ajralishi bilan boradigan kimyoviy reaksiya yuzaga keladi. U tubda yoyilib borayotgan bulut yoki tumanga o'xshash ko'rinishda bo'ladi.


G'avvoslar bu bulut orasidan suzib o'ta oladilar. U g'aroyib tarzda daryoni eslatadi. Yanada ko'proq o'xshashlikni daraxtlar va to'kilgan barglar qo'shib turadi.


Agar suv sathidan qaralsa, xech nima ko'rinmaydi - faqat suv qavatining o'z. Lekin 18-20 metr chuqurlikka tushish bilanoq siz huddi boshqa dunyoga tushib qolganday bo'lasiz.


Sur'atkash Anatoliy Beloshin bir qator maftunkor sur'atlar qilgan. Ular bu joyning g'ayritabiiy atmosferasini uzatib beradilar.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.