Kanal
Qiziqarli

Margarret Tetcher aslida kim? Uning mashhur iborlari va hayoti haqida ma'lumotlar

Margarret Tetcher aslida kim? Uning mashhur iborlari va hayoti haqida ma'lumotlar

Margarret Tetcher nozik hilqat vakillari nafaqat oilani egallashlari mumkinligini, balki onalik, bekalik vazifalarini karera bilan o’zaro muvofiqlashtirishni uddalay olishlarini barchaga isbotlab berdi. U umrining ohirgi kunlariga qadar turmush o’rtog’i bilan bir tanu bir jon bo’lib hayot kechirdi. Ikki nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi. 

Margarret Tetcher, shuningdek, dunyo mamlakatlari birinchi honimlarining garderoblari va dunyo diaynerlari kolleksiyalarida hozirgacha bot-bot ko’zga tashlanuvchi bashang uslub asoschisi hamdir. Mazkur uslubdagi eng mashxur detallar - kostyum-yubka(e’tibor bering, shim emas!), xashamdor marvarid va to’g’nog’ich, ko’krak qismiga bog’lanadigan band bilan uyg’unlashtirilgan ipak bluza, shlyapa, odmi va silliq teridan ishlangan ortiqcha bezaklarsiz sumkalar barchaga tanish.

“Temir honim” e’tirofi faqatgina uning shaxsiy va siyosatchi sifatidagi hislatlarini emas, “xonim” so’ziga urg’u berib turuvchi uslubni ham aks ettiradi. U ayollar huquqlari uchun tinmay kurashdi va bu borada muayyan natijalarga ham erishdi. Margarret Tetcher har qanday vaziyatda ham viqor, mag’rurligini saqlab qola olgan buyuk siyosatchi va haqiqiy honim edi.

-         Kuchli va irodali bo’ling, haqiqiy honim aslida shunday bo’ladi. Agar bu tushuncha sizga begona bo’lsa, demak, siz o’zga toifaga mansubsiz.

-         Bizning 90 foiz tashvishlarimiz hech qachon amalga oshmaydigan masalalar hususida bo’ladi.

-         Suhbatdoshingiz bilan til topishish uchun uning har bir gapiga qo’shilishingiz shart emas.

-         Menga omad kulib boqdi, demayman. Zero, barchasiga o’z kuchim bilan erishdim.

-         Agar natija men istagandek bo’lsa, haddan ziyod sabrli bo’lishga ham tayyorman.

-         Tekin pishloq faqat qopqonda bo’ladi.

-         Uy ayol kishi uchun chegara emas, markaz bo’lishi lozim.

-         Pastkash insonlar buyuklarni muhokama qilib rohatlanadilar.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish