Kanal
Qiziqarli

Kuz faslida inson tanasida ro’y beradigan salbiy o’zgarishlar

Kuz faslida inson tanasida ro’y beradigan salbiy o’zgarishlar

Sovuq havoda, odatda, kasalxonalarning kardiologiya bo'limlarida bemorlarning ko'payishi kuzatiladi. Buning sabablari har xil, shu jumladan qon bosimining oshishi va qon quyqalarining paydo bo'lish xavfi. Bu xavfni kamaytirishning eng oddiy usuli - issiq kiyinishdir.

Quruq kuzgi havo ko'zlarni "quritadi" hamda achishish hissini qo’zg’atadi. Sovuq havo tufayli ko'z yoshlar kamroq hosil bo'ladi va quyuqlashib ketadi. Ushbu yoqimsiz simptomlarni "sun'iy ko'zyoshlari" ko'z tomchilari yordamida yengillashtirish mumkin.

Yumshatuvchi losyonlarni, ultrabinafshali himoya kremlaridan foydalaning hamda terini quritadigan issiq hammom o'rniga iliq dush qabul qiling.

Kuz oyining sovuq kunlarida og’riqlaringiz ayniqsa kuchaymoqdami? Siz yolg'iz emassiz: tadqiqotlar haroratning pasayishi hamda bel va bo'ynidagi og'riqlarning kuchayishi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatdi. Bu nima uchun sodir bo'lishiga oid ko'plab nazariyalar mavjud, eng ommaboplaridan biri: "Atmosfera bosimining pasayishi natijasida paylar, mushaklar va atrofdagi to'qimalarda kengayishlar sodir bo’ladi", ushbu omil og'riqni, xususan, artritni kuchaytirishi mumkin.

Organizmda D vitamining miqdorini normal darajada ushlab turishingiz uchun siz haftasiga kamida 2 marta 5 daqiqa davomida yalangoyoq holda quyoshda bo'lishingiz kerak. Bundan tashqari, quyoshning nurlari teriga to’g’ridan-to’g’ri tushishi kerak: bulutlar ostida qolib ketgan quyosh nurlarining samarasi 60% ga kamayadi. Organizmda D vitaminining pasayishi bizni shamollash va grippga moyilligimizni kuchaytiradi hamda ish faoliyatimizni pasaytiradi.

Xalq orasida "Kuzgi depressant" nomi bilan mashhur bo'lgan mavsumiy affektiv buzulish melanxoliliklar tomonidan o’ylab topilgan uydirma emas, balki haqiqiy muammodir. Statistik ma’lumotlarga ko'ra, shimoliy yarimsharda MAB (mavsumiy affektiv buzilish) bilan kasallangan odamlar soni 65% ga etadi! Uning paydo bo'lishi quyosh faolligining pasayishi bilan ham bog'liq. Endorfin ishlab chiqarishni rag'batlantirish va yaxshi kayfiyatni ko'tarish uchun biror-bir sport turi bilan shug'ullaning, masalan yugurish bilan.

MAB nafaqat kayfiyatga ta'sir qiladi: u odamni uyquchanva lanj qilib qo’yadi. Quvvat darajasi pasayadi, holsizlik, bezovtalik hissi kuchayadi.

Quruq havo havo yo'llariga salbiy ta’sir qilib, astma va nafas olish bilan bog'liq boshqa kasalliklarning alomatlarini kuchaytirishi mumkin. Agar o'pkada muammolar bo'lsa, ochiq havoda jismoniy faoliyatdan saqlaning.

Kuzda odamlar sovuq havodan qochib jamoat joylarida -do'konlarda, qahvaxonalarda, klublarda va hokazolarda "yig'ilib" ketishadi, bu esa shamollashga sababchi bo’ladigan biror-bir virusni yuqtirib olish xavfini oshiradi. Sovuqda viruslarning faolligi uzoq vaqt davom etishini bilgan holda, gripp nega “kuz”ni juda yaxshi ko'rishini tushunish oson.

Odatda, tabiiy jarayon natijasida biz kuniga 50 dan 100 tagacha soch tolalarini  yo'qotamiz. Biroq, oktyabr va noyabr oylarida bu raqam kuniga 100+ ga ko'tariladi. Ammo agar kuz fasli bo’lishiga qaramasdan boshingizdan ko’p-ko’p sochlar o’sib chiqayotganini payqagan bo’lsangiz, unda xavotirlanmasangiz ham bo’ladi. 

Noqulay sovuq havo va yog’in-chochinlik bizni  issiq ovqat va choyni ko’proq iste’mol qilishimizga majburlaydi, bu esa kunlik kaloriya miqdorini oshiradi. Bundan tashqari, ushbu kaloriyalarning tarkibi o'zgarib bormoqda: bunday sovuqkunlarda ko’proq yog’liq hamda achchiq va sho’r narsalarga moyillik ortib boradi. Shuningdek, organizmda D vitamini konsentratsiyasining kamayishi vazn ortishiga sabab bo’lishi isbotlangan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish