Kanal
Qiziqarli

Kolleksion nusxaga aylangan 7 urfbop va kuchli avtopremyera

Kolleksion nusxaga aylangan 7 urfbop va kuchli avtopremyera

Kolleksion avtomobillar qatoriga to’laligicha eng zamonaviy, yaqindagina ishlab chiqarilgan mashinalar ham kirishi mumkin. Buning uchun ular o’ziga xos uslubda, qiziqarli va albatta kuchli bo’lishi kerak.

Ushbu avtomobil o’zining 66 yilligi sharafiga ishlab chiqarilgan. Biroq mazkur avtomobil nusxasini yana kamida bir yil kutishga to’g’ri kelishi aytilmoqda. Boisi, mashinaning ishlab chiqarilishi 2019 yilning birinchi yarmiga mo’ljallangan. Uning texnik tafsilotlari to’g’risida hali ko’p narsa ma’lum emas, ammo uning o’rtamiyona bo’lmagan ekanligiga bugunning o’zidayoq shubha qolmagan.

Ushbu avtomobilning yangi dohiyona modeli bozorga 2018 yilda chiqishi kutilmoqda. Yangi dvigatel tufayli mashina soatiga 100 km tezlikka 3,2 sekund ichida erishadi.Yangilangan motor yagona tuhfa bo’libgina qolmaydi, albatta. Mashinada shuningdek dizayn ham biroz o’zgaishlar bor va saloni ham to’lig’icha qayta ishlangan.GT3 sotuvga chegaralangan miqdorda chiqarilishi ham ehtimoldan holi emas.

Yangi “Demon” avtokari tez kunlar ichida omma e’tiboriga havola etiladi. Ushbu yangilikning shu yilning o’zida, ya’ni 2018 yil o’rtalarida amalga oshishi rejalashtirilgan. Avtomobil 840 ot kuchini o’zida jamlagan V8 dvigateliga ega bo’ladi, bu esa uni superkarlar ichida o’z toifasidagi eng tezyurar avtomobil sifatida namoyon qiladi. Nima bo’lganida ham mashinaning istiqboli porloqday ko’rinmoqda.

33 yildirki, bu modellar toifasi o’z avtomobillari bilan iste’molchilarni shod qilib kelmoqda. Yangi avlod mashinasi sanalmish Golf GTI 220 ot kuchiga ega yangi 2-litrli dvigatel bilan yanada yaxshiroq va kuchliroq bo’ladi. Shu bilan birga, ma’lum bo’lishicha avtomobilning dizayni sezilarli o’zgarishlarga duch kelmagan. Salon va vazifalari to’g’risida esa hali hech narsa ma’lum emas.

AMG GT yangi modeli shu yilda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Hozirning o’zidayoq ushbu mashina yangi Porsche 911 bilan bemalol bellasha oladi degan tahminlar ham yuzaga kelmoqda. Bunga mashinadagi 469 ot kuchiga ega bo’lgan 4 litrli V8 dvigateli yordam beradi.

Kelgusi yilda avtomobilchilar yangi Toyota Suprani ham ko’rishga muvaffaq bo’ladilar. Bu superkar yapon avtomobilsozlik sanoatining muxlislarini zavqlantirib, ularning olqishiga erishii tahmin qilinyapti. Yangi Toyota 2014 yilda Detroytda namoyon qilingan nusxasining deyarli 100 foizli ko’rinishi bo’lib qoladi.

Va nihoyat, ro’yxatimizning mazkur o’rniga yangi modelining 453 ot kuchiga ega bo’lgan o’ta baquvvat dvigatel bilan jihozlanishi to’g’risida xabar berayotgan ihcham Sedanni ham eslamay iloji yo’q.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish