Kanal
Sayohat

Koinotning eng dahshatli va xavfli maskanlari

Koinotning eng dahshatli va xavfli maskanlari

Salstraumen – unchalik katta bo’lmagan norveg ko’rvazi bo’lib, bu yerdan suzib o’tishga faqatgina eng tajribali dengizchilar muvaffaq bo’lishadi. Mahalliy to’lqinlar shunchalar kuchliki, o’ta katta va chuqur girdoblarni hosil qilgancha tajribasiz sayyohlar va dengizchilar hayotiga xavf tug’diradi. Tashqaridan qaraganda esa u yer shunchalar shovqinliki, bir nigohda tanangizni qo’rquv chulg’ab oladi.

Mazkur jarlik yer ostiga 1200 metr chuqurlikda kirgan va bir qarashda hayolingizga kelmasa ham tubida juda katta ko’l joylashgan. Ushbu joyda sanoqli daqiqalar ichida ajal changaliga tushish mumkin. Yomg’ir yoqqan paytlarda jarlik ichi suv bilan to’ladi va tushmoqchi bo’lganlarni muqarrar o’lim kutadi. Shu kunga qadar bu yerda ko’plab insonlarning halok bo’lganiga qaramay, tadqiqotchilar va qiziqqon insonlar mazkur jarlik tomon qayta va qayta kelaverishadi.

Biroq, jarlik tubigacha tushishning ham yarasha mashaqqatlari bor. Tajribali speleologlar professional asbob-uskunalar bilan katta tayyorgarlik ko’rgan holatlardagina bu yerga tusha olishlari mumkin.

Norvegiya o’lkasida oxirgi muzlik davrida paydo bo’lgan va qadimiylik borasida 10 000 yilni ko’rgan juda baland qoya bor. Kvadrat shakldagi va deyarli tekis holatga ega qoya 604 metr balandlikda. Qoyaning kelgusida asta-sekinlik bilan buzilib ketishi tahmin qilinadi, ammo shuni aytish kerakki, u hali uzoq yillar davomida eng baland tomosha maydonidan atrofga nazar tashlashni istagan sayyohlarni qabul qiladi.

Ushbu qoya selfi shinavandalarining eng sevimli joylaridan biri. Ammo uning bir tomonga qiyshayib turishi sayyohlar uchun juda katta xavf tug’diradi. Qoyadan pastga sakrash uchun esa dunyoning turli burchaklaridan professional beysdjamperlar tashrif buyurishadi.

Ushbu suv havzasi dunyodagi eng katta dengiz tuynugi sanaladi va akvalanglar bu yerga tez-tez kelib turishadi. O’z vaqtida mashhur sayohatchi Jak Kusto ham ushbu maskanda bo’lib, Moviy tuynuk haqida dunyo ahliga bildirgan va uni juda mashhur qilib yuborgan edi. Bu yerda suvga sho’ng’ish xavfli emas, ammo 40 metr chuqurlikdan keyin dekompressiya kasalligidan aziyat chekish xavfi yuzaga keladi.

Antilopa kanyoni AQSHning shimoli-g’arbiy tomonida joylashgan va dunyodagi eng chiroyli qoya shakllaridan biri deya tan olingan. Kanyonning devorlari qizg’ish tusga bo’lgani va antilopalar rangiga o’xshagani uchun ham aynan shunday nom olgan. Biroq, ushbu chiroyli maskanda ham o’lim xavfi yashiringan. Yomg’ir yoqqan paytlarda dara shunday tezlik bilan suvga to’lib ketadiki, o’z yo’lida uchragan har insonni halokat tomonga boshlaydi.

Balki, ushbu cho’qqi haqida suratga olingan filmni tomosha qilib ulgurgandirsiz. K2 yoki chogori deb nomlanadigan ushbu cho’qqi balandlik va xavflilik bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. Uning qiyaliklarida necha-necha tajribali alpinistlar halok bo’lmagan deysiz? Bugungi kunga qadar cho’qqining eng yuqori nuqtasini zabt etish hech kimga nasib etmagan, bunga harakat qilgan 290 nafar alpinistdan 66 tasi esa shu yerda vafot etgan.

Mahalliy til bilan aytilganda “Do’zax darvozasi” deya nom olgan gazli kraterning kelib chiqishi sovet geologlari bilan bog’liq. Yoriqlarni tekshirish ishlari paytida bu yerda o’pirilish sodir bo’lgan va katta miqdordagi metan ajralib chiqa boshlagan. 1980 yilda esa tadqiqotchilar gazni yoqib ko’rishga urinishgan va buni toksik moddaning tarqalishini to’xtatish maqsadida amalga oshirishgan. Ammo krater kutilganidek bir necha kun yonib, keyin o’chmadi.

Mana 40 yildirki, Do’zax darvozasi yonib turadi va uning qachon o’chishini hech kim bilmaydi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish