Kanal
Qiziqarli

Kofedan ko’proq quvvat beruvchi 8 ta mahsulot

Kofedan ko’proq quvvat beruvchi 8 ta mahsulot

Bir stakan suvga limonning bir necha bo’lagini solsangiz, sizga kun bo’yi quvvat beruvchi bombaga aylanadi. Organizmni kerakli suv balansi va elektrolitlar bilan ta’minlashda juda yaxshi samara beradi

Fruktoza va kletchatka qondagi qand miqdorini ko’taradi va tabiiyki tetiklashtiradi. Ertalabga chernika, qulupnaydan tayyorlangan smuzi va yogurt tanovul qiling. Smuzini hush ko’rmaysizmi? Unda olma va banan istemol qiling. Ishxonada toliqlanib ketsangiz, bu tamaddi sizga yaxshi variant bo’ladi.

Bodom va xandonpista magniyga juda boy bo’lib, shakarni quvvatga aylantirishda mihim ahamiyat kasb etadi. Yong’oqlar yana kletchatkalardan tashkil topgan bo’lib, ovqatdan keyin qand miqdorini meyorlashtiradi va ochlik hissini yo’qotishga yordam beradi. O’zingiz bilan yong’oq paketini olib yurishingiz, har yerda idishda qahva ko’tarib yurishdan qulayroqdir. 

Qora shokoladning bir necha bo’lagini lazzat uchun emas, balki ehtiyoj uchun yeyish zarar qilmaydi. Shokolad tarkibida qon aylanishini yaxshilovchi, kofeinga o’xshovchi, kun bo’yi kayfiyatni ko’tarib va quvvat bag’ishlovchi tabiiy modda bordir.

Uglevodlar sizning tanangiz va miyangiz ishlashi uchun kerakli quvvatning 60 foizini ta’minlab beradi. Bug’doyli mahsulotlar juda ham qiyin bo’lgan uglevodlardan tashkil topgan bo’lib, shirinlikga o’xshab qisqa vaqtga emas, balki uzoqroqga  quvvat beradi. Sekin uglevodlarni organizm mushaklarga jo’natadi – aktiv kun bo’lishi uchun juda kerakli narsa.

Osiyoda bu ziravor kichik qon tomirlarida qon aylanishini yaxshilovchi ziravor hisoblanadi. Hushbo’y bo’lgan karri taomini tanlang va bir finjon “masala” choyidan iching va shunda siz kun davomida quvvatsizlikni yengasiz.

Bu yashil sabzavotni juda ko’pchilik yoqtirmaydi, ammo u “B”  gruppa vitaminlariga boydir, ya’ni tanadagi uglevodlarni quvvatga aylantiradi. Sparja yana shuningdek qondagi qand miqdorini me’yorlashtiruvchi oqsilga ham boydir. Sparjani salatingizga qo’shsangiz, qiyin kunni yengib o’tishda yordam beradi.

Tuzlangan karam faqat go’shtli likopchani toldirish uchun emas. Karam probiotiklarga juda ham boy bo’lib, hazm qilish sistemasini yaxshilaydi. Shunda hazm qilish uchun juda kam kuch talab qilinadi, va ko’proq quvvat qoladi. Achchiq tuzlangan chimchi karami, koreya oshxonasida juda ham mashhurdir. Quvvat oshirish uchun yana bir yaxshi variant.

Agar siz kun davomida charchoq yoki holsizlikni his qilsangiz, demak sizda quvvatsizlik namoyon bo’lmoqda. Ish faoliyati va samaradorligini nafaqat qahva, balki boshqa mahsulotlar bilan ham oshirish mumkin. Buning uchun muzlatgichga qarang, qahva o’rnini bosuvchi arzon va foydali mahsulotlar juda ko’p.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish