Kanal
Qiziqarli

Kinoteatrlarning biz bilmagan sirlari

Kinoteatrlarning biz bilmagan sirlari

Kim filmni popkorn yeb tomosha qilishni yoqtirmaydi, deysiz? Va bu, ehtimol kinoteatrlarning eng katta siridir. Ko’p hollarda kinoteatrlarga daromadni kino prokati emas, popkorn sotilishi keltiradi. Uni arzonga sotib olamizku, deb ajablanmang. O’sha arzonga sotib oldim, deb o’ylagan bodrog'ingiz ham mahsulotning tannarxidan 15-20 barobar qimmat.

20-asrning birinchi yarmida, Amerikada Buyuk depressiya davrida, kinoteatrdagi eng arzon shirinlik popkorn edi. O’shandan beri popkorn juda mashhur va ommabop bo’lib qoldi.

Agar shu narxga siz yangi popkorn sotib olayapman, deb o’ylasangiz, katta xato qilasiz. Mahsulotning asosiy afzalliklaridan biri – bu deyarli bir hafta davomida aynimasligidir. Va shuning uchun kinoteatrda bir hafta qizdirilgan popkorn sotiladi.

Nega premyeralar deyarli har doim payshanba kuni bo’ladi, deb o’ylab ko’rganmisiz? Bunga mantiqiy izoh bor. Albatta ko’pchilik tomoshabinlar kinoga dam olish kunlari borishadi. Shuning uchun premyera payshanba kuni qo’yiladi, chunki shu 2 kun mobaynida kinoni ko’rgan odamlar ijtimoiy tarmoqlar va do’stlariga kino haqida yozishadi va tavsiya qilishadi, shuning uchun dam olish kunlari tomoshabinlar soni ko’payadi.

Har seansdan keyin zalni tozalashadi, lekin ba’zan filmlar seansi orasidagi vaqt kam bo’lgani uchun zalni tozalashga ulgurishmaydi. Keyingi safar kinoga kelganda, stulingizning tagiga qaramang, chunki u yerda popkorn va boshqa chiqindilar yotishi mumkin.

Kino seansining boshidan oxirigacha kinoteatrning xavfsizlik xodimlari tomoshabinlarni kuzatishadi. Kinozallarda kameralar o’rnatilgan. Ular orqali xodimlar tomoshabinlarni jamoat tartibini buzmasliklari va kamera ishlatmasliklari uchun kuzatishadi.

Kinoteatrlar o’zining tovush tizimi tahsinga loyiq, chunki ular tomoshabin qulog’iga maksimal tasir o’tkazishadi. Ammo, ba’zilar baland tovush standartlariga roiya qilmaydilar.

Ba’zi odamlar uchun harakat, portlash va jang sahnalari ko’p bo’lgan filmlar xavfli. Agar quloqingiz sezgir bo’lsa, bunday filmlarni tomosha qilmang yoki kinoga o’zingiz bilan minigarnitura olib boring.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish