Kanal
Texnologiya

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

Ayni vaqtda uni odatiy tortlarning va boshqa turdagi klassik desertlarning o‘rniga turli bayramlar uchun tayyorlashadi. Ularni to‘y marosimlari, tug‘ilgan kunlar, turli tantanalar dasturxonida uchratish mumkin. Bezatish usuli ham belgilangan bayramga mos bo‘lishi lozim. Odatda ularni minora shaklida tahlashadi, ba’zan esa tortlar uchun bezak sifatida qo‘llashadi. 

Ushbu shirinlikni yaratish g‘oyasi ilk marta taniqli qandolatchi va bloger Enji Dadli tomonidan sinab ko‘rilgan. Avvaliga ushbu g‘oya atrofdagilar tomonidan jiddiy qabul qilinmagan bo‘lsa ham, Enji o‘z g‘oyasining amaldagi suratini boshqalarga taqdim qilgach, ko‘pchilik uning fantaziyasiga tan berdi. Shu tariqa bloger keykpopslar haqidagi kitobini taqdim qildi, asar haqiqiy bestsellerga aylanib ketdi. Desertni butun Amerika bo‘ylab tayyorlashni boshladilar.

Ammo ushbu g‘oyaning muallifini faqatgina Dadli deb bo‘lmaydi. Aslida uni ko‘plab mamlakatlar qandolatchilari tayyorlashgan, ammo shirinlikni tayoqchaga o‘rnatish fikrini aynan Dadli ixtiro qilgan. 

Kerakli masalliqlar:


300 gr tayyor biskvit

30 gr sirop (yoki murabbo)

50 gr sariyog‘

70 gr quyultirilgan sut

120 gr sutli shokolad

30 gr yong‘oqlar

20 gr qandolat sepmasi

 

1.     Xona haroratida yumshatilgan sariyog‘ mikser bilan ko‘pirtiriladi va ichiga asta-sekin quyultirilgan sut qo‘shiladi. 

2.     Biskvit uvoqlab olinadi, yong‘oqlar maydalanadi. Ushbu masalliqlar sirop hamda sariyog‘li krem bilan qorishtiriladi. 

3.     Tayyor massa ko’rinishi plastilinni yodga solishi kerak.

4. Tayyor bo‘lgan massadan kichik sharchalar yasaladi va 1 soatga muzxonaga solib qo‘yiladi. 

5.     Shokolad bo‘laklangach, ichiga 1 choyqoshiq o‘simlik yog‘i qo‘shiladi va mikroto‘lqinli pechda eritiladi. 

6. Sharchalar shokolad ichiga botirib olinadi. 

7. Shirinliklar ustidan qandolat sepmasi yordamida bezak beriladi va bir necha soatga sovutgichga joylab qo‘yiladi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish