Kanal
Qiziqarli

Keniya haqida qiziqarli faktlar

Keniya haqida qiziqarli faktlar

 

1.     Sharqiy Afrikadagi eng katta хalqaro aeroport Keniyaning Nayrobi shahrida joylashgan. 

2.     Keniyaning eng yuqori nuqtasi shu nomdagi cho‘qqi bo‘lib, uning balandligi 5000 metrga teng va  hashamatli milliy bog‘ bilan o‘ralgan. 

3.     Keniyada fasllar bizga ma’lum bo‘lgani kabi to‘rtta emas, ikkita: Bularning biri yomg‘irli, ikkinchisi esa quruq mavsumlardir. 

4.     Mamlakat hududida juda katta miqdordagi tuyaqushlar istiqomat qiladi. 

5.     Keniyaliklarning davlat tili ham ikkita. Bu ingliz va suaxili tillari hisoblanadi. Mahalliy aholining 90%i suaxili tilida muloqot qiladi. 

6.     Mamlakatdagi tog‘ cho‘qqilari va ayrim pana burchaklarda qor yil bo‘yi erimay turadi. 

7.     Keniya milliy oshxonasi o‘zida Afrika, Hindiston va Yevropa taomlarining tayyorlanish usullarini birlashtirgan. Bu yerga tashrif buyurgan paytda baobab daraxtining mevalaridan tayyorlanadigan achchiq ta’mli konfetlarni tatib ko‘rishingiz mumkin.

8.     Keniyada eski avtomobil shinalaridan tayyorlanadigan qo‘lbola sandallar moda olami ishqibozlari uchun asl trend hisoblanadi. Bundan tashqari u odamlar orasidagi eng ommabop suvenir hamdir.

9.     Eng qizig‘i, Keniyada ulagan yigitlar bir muddat ayollar kiyimini kiyib yurishga majbur bo‘lar ekanlar. 

10.   Bu yerlik mahalliy aholi vakillari suratga tushishni yomon ko‘rishadi, shu sababli ham ulardan ruxsat so‘ramay turib suratkashlik mahoratingizni qo‘llashga shoshilmang. 

11.   So‘nggi arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, insoniyat sivilizatsiyasi aynan shu yerda paydo bo‘lgan. Aytishlaricha, ilk odamlar aynan Keniyada hududida bundan 3 million yil ilgari yashab o‘tgan ekanlar.

12.   Mamlakat odamlari yetmishdan ortiq tillarda muloqot qilishadi. 

13.   Keniyaliklar orasidagi ishsizlik ko‘rsatkichlari 1/3 ni tashkil qiladi. 

14.   O‘lkada 59 ta qo‘riqxona va milliy bog‘lar joylashgan. 

15.   "Qirol Sher" multfilmidagi mashhur "Akuna matata" iborasi suaxili tilidan olingan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish