Hayotimizdagi odatiy narsalarning eng birinchi versiyalari


Birinchi kompyuter sichqonchasi hozirgi zamonaviy gadjetga o'xshamagan-unda kub shaklidagi yog'och korpus, g'ildirakchalar va bir dona knopka bo'lgan. Uning ichida 2 ta metall disk joylashgan bo'lib, ular sichqonchaning old-orqa va o'ng-chapga harakatlarini boshqargan. Bu nomni kompyuterga ulangan sim sababli olgan.

Zamonaviy sichqonchalar minimal darajada ikki knopka va aylantirgichli g'ildirakcha bilan jihozlanadi. Harakatlanish uchun javob beradigan disklar o'rniga hozirgi kunda yuqori ijozatli lazer yoki optik datchiklar ishlatiladi.

Burnog'i asrning oxirlarida Britaniyada quyidagi xizmat bo'lgan - konsert va diniy qasidalarni obuna bo'lganlar uyda eshitishi mumkin edi. Kompaniya har bir mijozga 4 quloqchinli maxsus qurilmani o'rnatgan, uning bandini ushlab turish kerak bo'lgan. Ushbu xizmat yiliga 5 funt hisobida bajarilgan, lekin ortiqcha funt uchun quloqchinlar qo'shilgan. Bu tizim ko'proq telefonga o'xshaydi.


Birinchi iPhone 2007-yil 9-yanvarda taqdim etilgan, yarim yildan so'ng sotuvga chiqarilgan. U 320x480 ijozatli 3,5 dyum sensor ekranga, 128 MB operativ xotira va 1400 mA batareya quvvatiga ega. Birinchi iPhone avlodi 2010-yil 24-iyun kuni ishlab chiqarishdan to'xtatilgan.


Birinchi Windows versiyalari to'liq operativ tizim emas, balki DOS operativ tizimining ustqurmasi bo'lgan va aslida ko'p funksional kengayish, protsessor ishiga yangi rejimlar uchun yordam berish, ko'p vazifalikni qo'llab-quvvatlash, apparat ta'minotining interfeyslar andozalashtirishni ta'minlash, foydalanuvchilar interfeys dasturlari bilan bir xillik.


Birinchi uy printerlari 1985-yilda, Hewlett-Packard dan LaserJet va Apple Computer dan LaserWriter lar sotuvga chiqishi bilan paydo bo'lgan. 1981-yilda tez chop etiladigan termik texnologiya Canon Grand Fair yarmarkasida taqdim etildi. 1985-yilda bunday monoxrom printerning birinchi kommersik modeli paydo bo'ldi - Canon BJ-80, 1988-yilda birinchi rangli printer yaratildi - BJC-440: A2 formatda, 400 dpi ijozat bilan.


Dunyodagi birinchi raqamli fotokamera Kodak kompaniyasi orqali 1873-yilda ishlab chiqarilgan. Rasmlar oddiy magnit audiokassetaga yozilgan. But rasmni bunday kassetaga yozish 30 soniya davom etgan, fotolarni maxsus mikrokompyuter orqali ko'rish mumkin bo'lgan. Using vazifasi kassetadan rasmni hisoblash va oddiy videosignal kabi uni televizor ekraniga yoki monitorga chiqarishdan iborat.


Ishlab chiqish va NTSC tizimi yaralganidan so'ng 1953-yilda AQSH da tez-tez rangli televizor bashoratlari boshlandi. O'sha paytda rangli televizorlar ham paydo bo'lgan. Uning narxi o'sha davrda o'rtacha hisobda ming dollar turgan (o'rtacha avtomobilning yarim narxi), uning yil davomida xizmat ko'rsatishi ham shu miqdorga teng bo'lgan. Bundan tashqari har haftada mutaxassis tuzatishi kerak bo'lgan (birinchi televizorlarda boshqaruv bandlari yuzdan ortiq bo'lgan).


Birinchi versiya Mac OS 1.0 (oddiy system deb atalgan, "Mac OS" termini birinchi bor 1990-yillar o'rtalarida ishlatilgan) 1984-yil 24-yanvarda asl Macintosh 128K bilan burgalikda taqdim etilgan. U o'z davrining boshqa operatsion tizimlaridan quyidagi jihati bilan farqlangan: unda buyruq qatorli interfeys bo'lmagan, uning o'rniga Foydalanuvchining Grafik Interfeysi (GUI) bo'lgan. Interfeys butunligicha oq-qora rangda bo'lgan, ranglarsiz.


1998-yil mart oyida Janubiy Koreya kompaniyasi Saehan Information Systems o'sha davr bozoriga notanish bo'lgan narsani ishlab chiqardi: u musiqali fayllarni CD da emas, balki MP3 formatdagi raqamli fayl bilan chala olar edi va hozirgacha faqatgina kompyuterlarda ishlaydi. F10 pleyeri 32 MB ajralmas xotira va 128 kb/sek. gacha kodli treklar bilan ishlay olardi, ulardan 8 donasini sig'dira olgan.


Dunyodagi birinchi elektron soatlar unvonini Hamilton Watch Comany ishlab chiqargan Pulsar Time Computer qurilmasi egallagan. Bu qurilma 1972-yilda ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqaruvchi kompaniya qurilmaga bergan nomning o'zidayoq uning cho'ntak kopyuteri ekanligini bildirgan. 1972-yil uchun bu texnologik jarayonlarning yuqori bosqichi edi. Albatta, bunday soatlarning narxi osmonda - 2100$, o'sha davrdagi oddiy avtomobil qiymatiga teng bo'lgan. Bu soatlar omma e'tiborida juda mashhur bo'lgan, hatto kinomatografiyada ham undan foydalanishgan - "Jeyms Bond" filmida Bond bilagida Pulsar Time Computerni ko'z-ko'z qilgan.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.