Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)

1. Ko‘rsichqon bir soatda 15 metrlik yo‘lak qazishi mumkin.
2. Ko‘k kit chiqaradigan tovush uchishga tayyor raketa shovqinidan balandroq.
3. Eng qiyin yozuv Xitoy yozuvidir unda 50000 dan ortiq belgi, iyeroglif bor.
4. Koreya so‘zining ma’nosi — Tonggi tarovat.
5. Eng keng qanotli qush Albatros (qanoti 3,7 metr)
6. Uzum yetishtirishda dunyoda birinchi o‘rinda turadigan mamlakat - Italiya.
7. Fransuzlar pomidorni «Muhabbatni olmasi» deb atashgan.
8. Okean suvida 70 xil tuz bor.
9. Xitoyliklar mehr-muhabbat toshi deb magnit toshini atashgan.
10. Nil daryosi sohillarida har yili minga yaqin odam timsohlarga yem bo‘ladi.

1. Ruminiyaning Oraz shahrida antiqa muzey bor. Uning kollektsiyalari faqat tuxumlardan iborat. Bu yerda 80 ta davlatdan keltirilgan antiqa tuxumlarni ko‘rish mumkin. Eksponatlar ichida eng kichkina 13 millimetrli chittak tuxumidan tortib, 152 millimetrli tuyaqush tuxumlarigacha bor.
2. Buyuk Britaniyalik 105 yoshli Persi Errousmis va uning 100 yoshli rafiqasi Florens 2005 yil 1 iyunda to‘ylarining 80 yilligini nishonlab «Ginness rekordlari kitobi»ga kirishgan.
3. Tuya bir yo‘la 250 litr suv ichadi.
4. Piter Raul Rubensning surati eng qimmat surat hisoblanadi. U 73,5 million yevroga sotilgan.
5. Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchining kitobi hisoblanadi. Bu oynali harflar yordamida qimmatbaho qog'ozga bitilgan «Lester kodeksi» va «Yerdagi suv va osmon ishlari» deb nomlangan asarlar bo‘lib, uni Bill Geyts 24 million AQSh dollariga sotib olgan.
6. Eng qimmat reklama bu «Pepsi» kompaniyasiga tegishli, ushbu kompaniya mahsulotini reklama qilgan pop yulduz Britni Spirsga 7,53 million AQSh dollari to‘lagan.
7. Dunyodagi eng qimmat stadion Parij shahri yaqinida joylashgan «Stade de France» o‘yingohi sanaladi. Ushbu o‘yingohni qurilishiga 460 million yevro sarf etilgan.
8. Jahondagi eng qimmat savdo rusumi «Koka-Kola» hisoblanadi. Uning bahosi 68,9 milliard AQSh dollariga teng.
9. Sayohatga eng ko‘p mablag' sarflaganlar dunyo bo‘yicha amerikalik Dennis Tito va Janubiy Afrika Respublikasining fuqarosi Mark Shattlvort hisoblanadi. Ular kosmosga sayohat qilish uchun 20 million AQSh dollaridan haq to‘lashgan.
10. Eng qimmat film bugungi kunga qadar «Titanik» filmi hisoblanadi, unga 200 million AQSh dollari sarflangan.

1. Eng qimmat tufli mashhur zargar Styuart Vaytsman tomonidan yaratilgan. Mazkur tufli 642 dona yoqut bilan bezatilgan bo‘lib, tannarxi, 1,6 million yevroni tashkil etgan.
2. Jahondagi eng qimmat qahva Indoneziyaning Sumatra orolida yetishtiriladi. «Kopi Lyuvak» deb nomlangan bu qahva turining to‘rtdan bir funti bahosi 75 AQSh dollari turadi.
3. Eng qimmat avtomobil hozirgi kunda «Maybach-62» hisoblanadi.
4. Elektr yordamida ishlovchi chiroqni ixtiro qilgan Tomas Edisonning so‘nggi nafasi maxsus idishda saqlanadi.
5. Inson va jirafaning bo‘yinlari orasidagi uzunlik katta farqlansa-da, ikkisida ham u 7 bo‘g'indan iborat.
6. Odamlar tunda o‘rtacha yetti daqiqada uxlab qolishadi.
7. Dollar($) belgisini 1778 yilda ishbilarmon Oliver Pollok o‘ylab topgan.
8. AQShliklar bir kunda o‘rtacha 18 bo‘lak pitsa yeyishadi.
9. Yer borgan sari sekin aylanib bormoqda, bugun kechadan ko‘ra 0.00000002 soniyaga uzoq.
10. Soyabonlarning o‘rtacha umr ko‘rish davri - 1.5 yil.

1. Metro-Goldvin-Mayer(MGM) reklamasidagi arslon suratga olingan kunning ertasiga o‘zining hayvon o‘rgatuvchisini o‘ldirgan.
2. Albert Eynshteyn o‘zining telefon raqamini hech eslab qola olmagan.
3. Ko‘zlar ochiq holda aksirib bo‘lmaydi.
4. Inson o‘z miyasining ko‘pi bilan 10 foizini ishlatadi xolos.
5. Fillar sakray olmaydigan yagona jonzod.
6. Oyda 3 ta golf koptokchasi bor.
7. Xitoyda ingliz tilida gaplashuvchilar soni AQShdagi dan ko‘proq.
8. Zebralar qora rangli, faqat oq chiziqli dog'lari bor.
9. 4 yoshli bola kuniga o‘rtacha 437 ta savol beradi.
10. Qaychini Leonardo da Vinchi kashf qilgan.

1. «Qirol sher» multfilmlar ichida qo‘lda chizilgan va tarixda eng ko‘p ko‘rilgan multfilmdir.
2. Ilk parashyut 1515 yilda Leonardo da Vinchi tomonidan yaratilgan.
3. Eshaklar samolyotlardan ko‘ra ko‘proq insonlar o‘limiga sababchi bo‘ladi.
4. Dunyodagi eng katta shohmot donasi shvetsiyalik Mats Allans tomonidan yasalgan «Shoh»dir. Uning balandligi 4 metr, asosining diametri 1,4 metrni tashkil etadi.
5. Bluetooth qurilmasi Harald Bluetooth (Ko‘ktish) sharafiga qo‘yilgan. U Daniya va Norvegiya xalqlarini birlashtirgan qirol hisoblanadi.
6. Shokolad tishlar uchun foydali.
7. Amerikadagi har ikkita oiladan bittasi ajrashish bilan yakunlanadi.
8. O'chirg'ich kashf qilingungacha qalamni o‘chirishda nondan foydalanilgan.
9. Dunyodagi eng qimmatbaho qo‘g'irchoq «Barbi» hisoblanadi. Ko‘ylaklari haqiqiy olmoslar bilan bezatilgan ushbu qo‘g'irchoqning bahosi 100 000 yevro turadi.
10. Bill Geyts har soniyada 250 AQSh dollari ishlab topadi.

1. 200 yildan ziyodroq vaqt ilgari rus ayoli 27 tug'ruq bilan jami 69 farzandni dunyoga keltirgan. U to‘rt marta to‘rttadan, yetti marta uchtadan va 15 marta ikkitadan egizak farzand ko‘rgan. Eng ajablanarlisi, u biror marta yakka farzand ko‘rmagan.
2. Italiyada Barbi qo‘g'irchoqlari soni Kanada aholisidan ham ko‘proq.
3. Rasman qayd etilgan eng ulkan krossvordda 82.951 katak bo‘lgan.
4. O'rtacha statistik erkak umri davomida biror marta soqol olmasa, soqolining uzunligi 8,5metrga yetardi. Lekin soqol oladigan o‘rtacha statistik erkak umri davomida bu ishga 3350 soat sarflaydi.
5. Och bo‘ri bir o‘tirishda 10 kilogramm go‘sht yeyishi mumkin, aslida uning kundalik ehtiyoji 2 kilogrammni tashkil etadi...
6. Buyuk Britaniyada 1845 yilda amalda bo‘lgan qonunga ko‘ra o‘z joniga qasd qilishga urinish qatl etish bilan jazolangan.
7. Kenguru 90 kilogramm vaznga ega bo‘lishiga qaramay har sakraganda 9 metr masofaga uchadi.
8. Rosmana futbol koptogidek keladigan tuyaqush tuxumining po‘sti shu qadar qalinki, u bemalol bitta odamni ko‘tara oladi.
9. O'rtacha kattalikdagi oq akula tishlaganda uning har bir tishining bosim kuchi 1 kv. smga 3 tonna og'irlikni tashkil etadi.
10. Akulaning yangi tishlari bir haftada o‘sib chiqishi mumkin.

1. Mushuk tanasining Selsiy shkalasi bo‘yicha me’yordagi harorati — 38 daraja.
2. «Moskovskiye gubernskiye vedomosti» gazetasining 1848 yilda chiqqan sonlaridan birida shunday so‘zlarni o‘qish mumkin: «Nikifor Nikitin (TSiolkovskiy) o‘zining Oyga uchish haqidagi ahmoqona qarashlari uchun Boyqo‘ng‘ir qishlog‘iga surgun qilindi».
3. Qovoqari dam olmasdan 320 kilometr masofagacha uchib borishi mumkin.
4. Uxlayotgan odam tanasining uzunligi bedor holatdagiga nisbatan yarim santimetr uzun bo‘ladi.
5. Erkaklar kichik harflarda yozilgan matnlarni yaxshi ilg‘ay olishsa, ayollarning eshitish qobiliyati kuchliroq.
6. Afrikada o‘zlashtirilmagan maydonlar 28 foizni, Amerikada esa 38 foizni tashkil etadi!
7. Aqlliroq insonlarning sochida mis va ruh moddalarining miqdori ko‘proq bo‘ladi.
8. Norvegiyada bitta harf — A deb nomlanuvchi aholi punkti bor. Bu qishloqda 300 nafarga yaqin odam yashaydi.
9. Barchamiz haroratni o‘lchashda Selsiy shkalasidan foydalanamiz, unga o‘rganib qolganmiz va uni qulay deb bilamiz. Lekin shkala ixtirochisi Anders Selsiy juda g‘alati odam bo‘lganini hamma ham bilmasa kerak. U shkalani ishlab chiqqanda, suvning qaynash haroratini 0, muzlashini 100 deb olgan. Hamkasblaridan birortasi unga ishora qilishga botina olishmagan, faqat uning vafotidan so‘ng shkalani o‘zgartirishgan.
10. Fil bir daqiqada 10 marta nafas olib chiqaradi, sichqonlar esa 200 marta!

1. Tadqiqotlarga ko‘ra, standart inglizcha lug‘atdagi 25,5 ming so‘zlarning 93 foizi «*. com» domenida sayt nomi sifatida ishlatilgan.
2. Vabo batsillalari pivoda nobud bo‘ladi va kasallik rivojlanmaydi. Vabo qo‘zg‘atuvchilarini ilk marta ochgan olim — professor Kox pivoni dori sifatida ichishni tavsiya etgan.
3. Osiyo yovvoyi qoramoli — yakning suti pushti rangda.
4. Arining ikkita oshqozoni bor — biri yemak uchun, ikkinchisi asal uchun.
5. Agar 111111111 ni 111111111 ga ko‘paytirsangiz, 12345678987654321 hosil bo‘ladi.
6. 1386 yilda Fransiyada yosh go‘dakni o‘ldirgan cho‘chqa osish orqali o‘limga hukm qilingan.
7. Inson tanasidagi yog‘lardan rosa 7 bo‘lak sovun tayyorlasa bo‘ladi.
8. Jahonning birorta tilida tizzaning orqa tarafini bildiruvchi yaxlit so‘z yo‘q.
9. Insonning son suyagi betondan qattiq. U tik holatda bemalol yengil avtomobilni ko‘tara oladi.
10. 1386 yilda Fransiyada yosh go‘dakni o‘ldirgan cho‘chqa osish orqali o‘limga hukm qilingan.Janubiy Koreyada familiyasi bir xil bo‘lgan yoshlar turmush qurishi taqiqlangan.

1. Rim nomli shahar har bir qit’ada bor.
2. Islandiyada uyda it boqish qonunbuzarlik hisoblanadi.
3. O‘naqaylar chapaqaylarga nisbatan o‘rta hisobda 9 yil ortiq umr ko‘rishadi.
4. Insonga qon qo‘yish bo‘yicha ilk operatsiya 1667 yilda Jan Batist tomonidan amalga oshirilgan. U bir yigitga qo‘yning ikki pinta qonini quygan.
5. Duduqlarning 80 foizi erkaklardir.
6. Eshakning ko‘zi shunday joylashganki, u bir vaqtning o‘zida to‘rtala oyog‘ini ham ko‘ra oladi!
7. Ingliz, fransuz, arab, xitoy, rus va ispan tillari Birlashgan Millatlar Tashkilotining olti rasmiy tili hisoblanadi.
8. Yer— Quyosh tizimidagi sakkizta sayyora ichida biror ma’bud nomi bilan nomlanmagan yagona sayyora hisoblanadi.
9. Ba’zibir chuvalchanglar ovqat topolmaganidan o‘zini yeydi!
10. Tuyaqush— peshob pufagiga ega bo‘gan yagona qush.

1. Qum bo‘ronlaridan himoyalanish uchun tuyalarning uch qator kiprigi bor.
2. Tashnalikka chidamlilik bo‘yicha rekord aslo tuyaga emas (14 kun), Janubiy Meksikadagi tog‘ olmaxoniga tegishlidir. Bu mitti hayvon 100 kun suvsiz yashashi mumkin.
3. Avstraliya orxideyasining gullari yer ostida ochiladi.
4. Buyuk Britaniyaning Norvich qasrida choynaklar kolleksiyasi mavjud. Buning hech ajablanarli joyi yuk. Chunki inglizlar azaldan choyxo‘r xalq hisoblanadi. Lekin qasrdagi choynaklarni ko‘rgan kishi hayratlanmay iloji yo‘q. Chunki bu yerda turli hajmdagi 2600 ta choynak bor.
5. Qo‘ldagi tirnoqlar oyoq tirnoqlariga nisbatan 4 barobar tezroq o‘sadi.
6. Asal— aynimaydigan yagona mahsulot hisoblanadi. Misr fir’avnlari sag‘analarida topilgan asalni tatib ko‘rgan arxeologlar uni yesa bo‘ladi, deya baholashgan.
7. Dunyodagi eng baland daraxt gigant sekvoyyadendron yoki mamont daraxti hisoblanadi. Kaliforniyada o‘sadigan bu daraxtning bo‘yi 100-120 metrga yetadi.
8. Har soniyada Yer aholisining 1 foizi o‘lardek mast bo‘ladi.
9. Hozir dunyoda asalarining 20 mingdan ziyod turlari bor. 500 gramm asal yig‘ish uchun bitta asalari uyasi va gullar tomon 10 million marta uchib borib kelishi kerak.
10. Ilk gulli o‘simliklar Yer yuzida 65 million yil muqaddam paydo bo‘lgan.

1. Bruney davlatining poytaxti Bandar-Seri-Begivan shahri fuqarosi Uolter Brazer 20 yildan beri o‘z kolleksiyasini boyitib kelmoqda. Uning g‘aroyib kollektsiyasi turli davrlarda qaroqchilar ishlatgan so‘kish, qarg‘ish, qasam va boshqa «ajoyib» so‘zlardan iborat. Brazer yaqin kunlarda o‘z kolleksiyasini kitob holida nashr ettirmoqchi.
2. AQShlik Danni Ginzberg Namibiyaga tashrif buyurganidan juda xursand bo‘lgandi. Negaki, bu yerdan 50 kilolik har xil temir qopqoqlar bilan uyga qaytgandi. Bu bilan uning kolleksiyasi yana bir karra boyigan. Hozirda Dannining kolleksiyasida 35 ming turdan ortiq qopqoqlar bor. Ularbir-biriga umuman o‘xshamaydi.
3. Rimdagi Ospedal butxonasi rohibi (u tish doktori bo‘lgan) Jovanni Battista 1868 yildan 1904 yilgacha bo‘lgan o‘zining tabiblik faoliyati davomida mijozlardan sug‘urib tashlagan tishlarni yig‘ib yurgan. Ular katta-katta qutilarga jo bo‘lgan. 1903 yili tishlar hisoblab ko‘rilganda, ularning soni 200744 ga yetgan. Demak, tabib bir kunda o‘rta hisobda 185 ta tish sug‘urgan. Bu deyarli 6 ta bus-butun jag‘ni «qoqib» olish bilan barobar ekan.
4. Janubiy Afrikalik Geyvin Pilati ham kolleksiya ishqibozlaridan edi. U esini tanigandan boshlab, qurol-aslaha yig‘ardi. Lekin u o‘z kolleksiyasining qurboniga aylandi.U 35 millimetrli zenit snaryadini tomosha qilish uchun qutidan olayotgan paytda portlab ketgan.
5. Agar tarixga nazar tashlasak, davlat rahbarlarining ham g‘alati kolleksiyalari bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Masalan, ingliz qiroli Eduard V taxt yiqqan. Georg VI esa choynak yiqqan. Uning mingdan ortiq choynagi bo‘lgan deyishadi.Germaniyaning «temir kantsleri» Otto fon Bismarkning kolleksiyasi ham g‘alati. U umri davomida harorat o‘lchagichlarini yig‘ib yurgan.
6. Kichik chayonlarning zahari kattalarinikiga nisbatan kuchliroq bo‘ladi.
7. Kalamush besh qavatli binodan tushib ketsa ham jarohatlanmaydi.
8. Ko‘pchilik o‘ylaganidek, Shimoliy Qutbda pingvinlar uchramaydi.
9. Afrika fili qo‘lga o‘rganmaydi, sirkda tomosha ko‘ratayotgan fillarning barchasi hind fillaridir.
10. Haydovchilar bug‘ularning hayotiga ovchilarga nisbatan ko‘proq zomin bo‘ladilar.

1. Isaak Nyuton bir sinfdoshi uni urib kamsitguniga qadar maktabda qoniqarsiz o‘qigan. Bu hol uning fanlarni juda yaxshi o‘zlashtirishiga turtki bo‘lgan.
2. Avtomobillarning xavfsizlik yostiqchalari 25-50 millisekundda to‘la shishadi. Qiyoslash uchun: kiprik qoqishga 100 millisekund vaqt kerak.
3. XVI asrda Xitoyda o‘z joniga qasd qilishning eng ko‘p tarqalgan usuli ko‘p miqdorda tuz yeyish bo‘lgan.
4. Tokio hayvonot bog‘i hayvonlar tomoshabinlar oqimidan dam olishi uchun yiliga 2 oy berkitib qo‘yiladi.
5. Odamning barmoq izlari singari har bir kishi tilining izi ham mutlaq o‘ziga xosdir va boshqa hech kimnikiga o‘xshamaydi.
6. Oxirgi 4 ming yil ichida birorta ham yovvoyi hayvon xonakilashtirilmagan.
7. Bolalar ayniqsa bahor faslida tezroq o‘sadilar.
8. Xitoylik sudyalar XV asrda hatto nigohlari bilan ham sir boy bermaslik uchun qora ko‘zoynak taqib yurganlar.
9. Oq ayiqlarning terisi va junlari issiqlikni yutib qayta chiqarmasliklari bois infraqizilnurlarda (tunda ko‘rish kameralarida ham) deyarli ko‘rinmaydilar.
10. Burjlardagi tirik jonzodni aks ettirmaydigan yagona belgi Tarozidir.

1. Kanadadagi ko‘llar soni dunyoning boshqa barcha davlatlaridagilar qo‘shib hisoblanganiga qaraganda ham ko‘proqdir.
2. 1984 yilda Shotlandiyada topilgan izlar hajmiga ko‘ra eng kichik dinozavr chumchuqdek kattalikda bo‘lgan.
3. 1557 yilga qadar tabiblar og‘izdagi noxush hiddan forig‘ bo‘lish uchun tamakichekishni tavsiya qilganlar.
4. Afrika goliafi dunyodagi eng katta baqa hisoblanadi. Uning uzunligi 30 santimetrga yetishi, og‘irligi 3 kilodan oshishi mumkin.
5. Koinotda eng keng tarqalgan element - vodorod. Undan keyin esa geliy.
6. Zanglagan temir zanglamaganidan og‘irroq bo‘ladi. Chunki temir oksidi temirdan og‘irroq.
7. «Merkuriy» so‘zi inglizchada simob ma’nosini anglatsa-da, ammo bu sayyoraning aksar qismi temirdan iborat. U yerda simob yo‘q.
8. Dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan metallar- temir, alyuminiy va mis.
9. Amerikaning Ayova shtati maydoni Portugaliyaning maydonidan kattaroq.
10. Braziliyadagi Iguasu sharsharasi mashhur Niagara sharsharasidan 20 metr balandroq va to‘rt karra kengroq.

1. Ingliz mutaxassislarining hisoblashicha, odam umri davomida o‘rtacha 100 ming kilometr yo‘lni piyoda bosib o‘tadi.
2. Mashhur aktyor Kianu Rizv ismining ma’nosi shunday: tog‘lar uzra esayotgan sovuq shamol.
3. Tomat sharbati Ogayo shtatining (AQSh) rasmiy ichimligi hisoblanadi.
4. Iroqdagi Vadi as-Salom dunyodagi eng katta qabriston hisoblanadi. U yerga 5milliondan ortiq marhum ko‘milgan.
5. Islandiya hududida 120 dan ortiq muzlik va 100 dan ziyod vulqonlar bor.
6. Sutemizuvchilarning 40 foizini kemiruvchilar tashkil etadi.
7. Koala ayig‘i kuniga 19-22 soat uxlaydi.
8. Gonkong hududi bitta yarimorol va 236 ta oroldan iborat.
9. Gavayi har yili Yaponiya tomonga 10 santimetr siljiydi.
10. Oy yuzasi tekis emas, balki kraterlar bilan qoplanganini birinchi bo‘lib 1609 yilda Galileo Galiley aniqlagan.

1. Oy haqidagi fan qadimgi Yunonistonda Oy ma’budasi hisoblangan Selena sharafiga selenologiya deb ataladi.
2. Yerdan Oygacha bo‘lgan masofa 384 400 kilometrni tashkil etadi.
3. Ekvator13 ta davlatdan o‘tgan.
4. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Universiteti Tokioda joylashgan.
5. Timsohlar chuqurroqqa sho‘ng‘ish uchun tosh yutadi.
6. 2001 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda Yerda xurrak otadigan odamlar koinotda xurrakotmasligi aniqlangan.
7. Dunyodagi eng katta basseyn Chilida joylashgan. Uning uzunligi 1013 metr bo‘lib, eng chuqur joyi 35 metrga yetadi.
8. Hindistondagi «Maxaroja ekspressi» poyezdi dunyoda eng qimmat hisoblanadi. Uning oddiy vagonida bir kunni o‘tkazish 800 dollarga, lyuks vagonida esa 2500 dollarga tushadi.
9. Kitning yuragi 1 daqiqada atigi 9 marta uradi.
10. Taxminlarga ko‘ra, «jirafa» so‘zi arabcha «zarafa»dan oligan bo‘lib, «yasangan» degan ma’noni bildiradi.

1. O‘ta kam uchraydigan uxlashdan qo‘rqish kasalligi somnifobiya deb ataladi.
2. Olimlarning hisoblashicha, so‘nggi 500 yil ichida fazoviy jismlarning tushishi hisobiga Yer 1 milliard tonnaga og‘irlashgan.
3. Erkaklarning taxminan 10, ayollarning 8 foizi chapaqay.
4. Atigi1 tomchi neft 25 litr suvni iste’molga yaroqsiz holatga keltiradi.
5. Isroil, Livan, Yangi Zelandiya, Ummon va Buyuk Britaniyada konstitutsiya yo‘q.
6. Yevropaga birinchi jirafani miloddan avvalgi 46 yilda Yuliy Sezar olib kelgan.
7. Jirafaning tili qora bo‘lib, uzunligi 45 santimetrga yetadi.
8. Yangi tug‘ilgan jirafachaning bo‘yi 1,5 metrga, og‘irligi esa 100 kiloga yetadi.
9. Hududi jihatidan eng kichik davlat - Vatikan (44 gektar).
10. Oyna yorilganda darzning tarqalish tezligi soatiga taxminan 5000 kilometrga yetadi.

1. Butun qit’a hududini egallagan yagona davlat -Avstraliya.
2. Orollari eng ko‘p davlat - Indoneziya.
3. Yaponiyada har kuni o‘rtacha 3 marta yengil yer zilzilasi sodir buladi.
4. Davlatlar o‘rtasidagi eng uzun chegara - AQSh va Kanada chegarasi (8963km).
5. Qit’alararo eng katta tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichi Afrikada.
6. Xitoy davlatida 2 va undan ko‘p farzandi bor oila davlatga jarima to‘lab borishadi. Umuman farzand ko‘rmaydiganlarga davlat mukofot beradi.
7. Tinch holatda odam minutiga 12-20 marta nafas oladi. Otlarda bu ko‘rsatkich 12ta, kalamushlarda 60 ta, kanareykada 110 tani tashkil qiladi.
8. Yevropa davlatlari orasida Turkiya davlatining faqat 8 foizigina Yevropa hududida joylashgan, qolgan 92 foizi Osiyoda.
9. Bahrayn, Bruney, Quvayt va Qatar davlatlarida daromad solig‘i olinmaydi.
10. Singapurning butun hududini metroda aylanib chiqish mumkin. Metro liniyalarining uzunligi esa 67 km, ya’ni butun Singapur hududiga teng.

1. Odamning umumiy qon tomirlari uzunligi taxminan 100 ming kilometrni tashkil qiladi.
2. Har daqiqada miyaga taxminan 740-750 millilitr qon oqib keladi.
3. Miyaning qum zarrasi bilan teng miqdori o‘zida 100 ming neyron va bir milliard sinaps(nervlarni bog‘lovchi tuzilma) saqlaydi.
4. Organizmdagi suvning 1 foizi kamaysa ham kishini kuchli tashnalik bezovta qiladi, agar organizmdagi suv 5 foizga kamaysa, kishi hushini yo‘qotadi, 10 foiz kamayishda o‘lim yuz beradi.
5. Ikkinchi ming yillik boshida (1000 yilda) Yer shari aholisi 400 million kishini tashkil qilgan bo‘lsa, oxirida esa (2000 yilda) 6 milliarddan oshgan.
6. Har daqiqada Yer shari bo‘ylab o‘rtacha 200 marta chaqmoq chaqadi.
7. Bosh miyamiz nerv hujayralaridan tashkil topgan. Ular bir - biri bilan elektr signallari orqali muloqot qiladi. Bu quvvat bilan bemalol xonani yoritish mumkin.
8. Esnash paytida miya kislorodga to‘yinish barobarida soviydi ham. Boshqacha qilib aytganda, esnash bosh miya uchun xuddi yoqimli shamoldek gap. Esnash miyani sovitib, tetiklik bag‘ishlaydi.
9. Yoshligida 2 xil tilni o‘rgangan bolalarning bosh miyasi juda tezlik bilan rivojlanadi.
10. Ko‘zlar taxminan 60-80 daqiqa ichida qorong‘ulikka to‘liq moslashadi.

1. Har bir neyron boshqalari bilan 40 mingga yakin sinapslar bilan birikkan . 100 miliard neyronni 40 mingga ko‘paytiring. Natijada miyamizdagi hujayralar soni koinotdagi yulduzlardan ham ko‘pligi ma’lum bo‘ladi.
2. Suv muzlaganda 9 foizga kengayadi.
3. Fil o‘z tanasining haroratini saqlab turish uchun quloqlaridan foydalanadi.
4. Xona harorati deb Selsiy shkalasida 20-25 daraja issiq nazarda tutiladi.
5. Chaqmoq chaqqanda uning harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha 30 ming darajaga yetadi.
6. Kauchuk (rezina) tasmalari muzlatilganda uzoqroq xizmat ko‘rsatadi.
7. Quyosh markazidagi harorat taxminan Selsiy bo‘yicha 15 million daraja issiqlikka ega.
8. Issiq suv sovuq suvga nisbatan tezroq muzlaydi.
9. Oziq-ovqatlarni muzlatib qo‘yish 1920 yilda kashf etilgan.
10. Quyoshning to‘liq tutilish paytidagi havo harorati +6 daraja Selsiygacha tushadi.

1. -40 daraja Selsiy shkalasi bilan 40 daraja Farengeyt shkalasi deyarli bir xil sovuq haroratni bildiradi.
2. Insonning o‘rtacha tana harorati 37 daraja Selsiy.
3. Xona haroratida suyuq holatga o‘tadigan yagona metall bu - Merkuriy.
4. Benzinning aniq muzlash darajasi ma’lum emas. U Selsiy shkalasi bo‘yicha -82 va -115 daraja oralig'ida muzlashi mumkin.
5. Olmoslarni faqatgina yuqori issiqlik yordamida parchalash mumkin.
6. Inson suyaklarining teng yarim qismi bilaklarida va tovonlarida joylashgan.
7. Uyquga ketish uchun eng qulay harorat Selsiy bo‘yicha 18-30 daraja.
8. Sochning qalinligi sovun pufagining qalinligidan 5000 marta katta.
9. Bir yilda inson yuragi 36 800 000 marta uradi.
10. Qahva donlari 204-218 daraja oralig'ida qovuriladi. Qancha ko‘p qovurilsa, shuncha ko‘p qorayadi.

1. Ko‘k ko‘zli kishilar boshqalarga nisbatan sezgirroq bo‘lishadi.
2. Qo‘l tirnoqlari oyoq tirnoqlariga nisbatan 4 marta tezroq o‘sadi.
3. Umri davomida inson terisi 1000 marta yangilanadi.
4. Tumovni keltirib chiqaradigan viruslarning turi 100 dan ortiq.
5. Katta yoshli odamning tanasidagi asab tomirlarining uzunligi 75 kilometrni tashkil etadi.
6. Kuchli yorug'lik ta’sirida inson ko‘zi xiralashadi, buni «Qor so‘qirligi» deb atashadi.
7. Inson yuragi hajmi uning mushti bilan barobar, og'irligi esa o‘rtacha odamda 220-260 grammni tashkil etadi.
8. Inson organizmi tarkibida bor-yo‘g'i 4 xil mineral mavdud: apatit, aragonit, kaltsitva kristobalit.
9. Inson miyasi dunyodagi barcha telefonlar baravariga jiringlaganidan ko‘ra ko‘proq elektr impulsi ishlab chiqaradi.
10. Insonning har bir barmog'i umri davomida taxminan 25 million marta bukiladi.

1. Inson organizmida yashaydigan bakteriyalarning umumiy og'irligi 2 kilogrammni tashkil etadi.
2. Inson miyasida bir daqiqa ichida 100000 kimyoviy reaksiya kuzatiladi.
3. Chaqaloqlar tizza qopqoqlarisiz tug'ilishadi. Ular 2-6 yosh ichida paydo bo‘ladi.
4. Inson tanasidagi barcha tomirlarni ulasa, 100 mingdan 160 ming kilometrgacha uzunlikda bo‘ladi.
5. Ayol organizmi umri davomida 7 millionga yaqin tuxum hujayralari ishlab chiqaradi.
6. Inson ingichka ichaklari uzunligi umri davomida 2.5 metrgacha o‘sadi. Hayotdan ko‘z yumgan vaqtida mushaklar bo‘shashishi oqibatida uning ingichka ichaklari 6metrgacha cho‘ziladi.
7. Insonda 2 milliondan ortiq ter bezlari mavjud. O'rta yoshli kishidan bir litr ter chiqishi oqibatida 540 kilokaloriya yo‘qotiladi. Erkaklar ayollarga nisbatan 40% ko‘proq ter yo‘qotadilar.
8. Insonning o‘ng o‘pkasiga chapdagisiga nisbatan ko‘proq havo joylashadi.
9. Katta yoshdagi kishilar bir kunda taxminan 23000 marta nafas oladilar.
10. Inson tug'ilganda miyadagi hujayralar soni taxminan 14 milliardga yaqin bo‘ladi. Bu son umrning oxirigacha o‘smaydi, aksincha yosh 25 dan o‘tganda kuniga 100 000 donagacha kamayadi. Bir daqiqa kitob o‘qiganda miyadagi o‘rtacha 70 dona hujayra nobud bo‘ladi. 40 yoshdan keyin miyada juda katta o‘zgarish kuzatiladi, yo‘qotish keskin oshadi.

1. Inson ko‘zi 10 000 000 dan ortiq rangni farqlay olishga qodir.
2. Inson og'zida 40 000 ga yaqin bakteriya yashaydi.
3. Bir oshqoshiq guruch ichida 500 donadan ortiq guruch bor.
4. Inson umurtqasi 33 yoki 34 bo‘lak suyakchalardan tashkil topgan.
5. Ayollar erkaklarga nisbatan 2 baravar ko‘p mijja qoqadi.
6. Inson organizmidagi eng kuchli mushak bu - til.
7. Inson organizmida 2000 ga yaqin ta’m bilish retseptorlari mavjud.
8. Napoleon 1760 yilda tug'ilgan. Gitler esa 1889 yilda olam yuzini ko‘rgan, bular o‘rtasidagi farq - 129 yil. Napoleon 1804 yilda hokimiyat tepasiga kelgan.Gitler esa 1933 yilda, buning farqi ham 129 yilga teng. Napoleon Rossiyaga 1812yilda hujum qilgan, Gitler esa 1941 yilda urush boshlagan, buning farqi ham 129 yil. Har ikkisi ham davlat hokimiyati tepasiga 44 yoshida kelgan va ikkisi ham Rossiyaga urush boshlagan vaqtida 52 yoshda bo‘lgan. Har ikkisi ham Rossiyaga hujum qilganida mag'lubiyatga uchragan.
9. Inson yuragi bir kunda 100 000 marta uradi, butun umri davomida 3 000 000 000 marta uradi.
10. Ochiq ko‘z bilan aksirish mumkin emas.

1. Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida The Shard (Siniq parcha) binosi rasman ochildi. Ushbu shisha minora Yevropadagi eng baland imoratga aylandi:Balandligi deyarli 310 metrni tashkil etuvchi ushbu bino italiyalik me’mor Rentso Piano tomonidan loyihalashtirilgan. Shard o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan uchi o‘tkir shisha sinig'ini eslatadi va ayni shu materialdan tayyorlangan 11 mingta panel bilan o‘rab chiqilgan. Bino konstruksiyasi 800 danziyod po‘lat detallardan iborat bo‘lib, og'irligi 500 tonnadan oshadi. “Siniqparcha” qurilishiga 1,5 milliard funt (2,35 milliard dollar) sarflandi.“Siniqparcha”dagi kvartiralarning o‘rtacha narxi 30-50 million dollar atrofida bo‘ladi.
2. Har yili Oy Yerdan deyarli 4 sm ga uzoqlashmoqda. Bunga ko‘plab hodisalar sababdir.Ulardan biri - Yerning aylanish davri kuniga 2 millisekundga sekinlashishidir.Olimlar orasida Oyning qanday shakllanganligi borasida taxminlar ko‘p. Ustuvor gipotezalardan biri - Oyning paydo bo‘lishiga bundan milliard yillar ilgari Yerga urilgan yirik osmon jismidir. U Yerning bir qismini parchalab, samoga otilib chiqishiga sabab bo‘lgan va bu “parcha” davr mobaynida Oyga aylangan.
3. Uzoq vaqt uyqusiz yurish rekordi amerikalik Robert Mak-Donaldsga tegishli bo‘lib, u 453 soat (deyarli 19 sutka) uxlamay yurgani bilan Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.
4. Agar siz 8 yil, 7 oy, 6 soat tinmay baqira olsangiz, bir finjon qahvani qaynatishga yetarli quvvat sarflagan bo‘lasiz.
5. O‘chirg‘ich kashf qilingunigacha qalamni o‘chirishda nondan foydalanishgan.
6. Iflos qor tozasiga nisbatan tezroq eriydi.
7. Janubiy Kaliforniyadagi avtomobillar soni Hindistondagi sigirlar sonidan ko‘proq.
8. 1-sinfga endigina qadam qo‘ygan bolakay 200 dan ortiq kompaniyalar logotipini bir qarashda eslab qolish qobiliyatiga ega.
9. Bill Geyts har soniyada 250 AQSh dollari ishlab topadi.
10. Pingvin suvda turib 3 metr balandlikkacha sakray oladi.

1. Dunyodagi eng past bo‘yli odam 72 yoshda. Uning bo‘yi 54,6 sm.
2. Niderlandiyadagi insonlarning o‘rtacha bo‘yi - 181 sm. Butun dunyo bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich -168.1 sm.
3. Dollar ($) belgisini 1778 yilda ishbilarmon Oliver Pollok o‘ylab topgan.
4. Kulgi insonning ozishiga yordam beradi.
5. Timsohtilini tashqariga chiqara olmaydi.
6. Charli Chaplin bir safar «Charli Chaplinga o‘xshashlar» tanlovida o‘zi qatnashib, mag'lub bo‘lgan.
7. Ko‘zlarimiz tug'ilganimizda qanday kattalikda bo‘lsa, shundayligicha qoladi.
8. Dunyodagi eng qimmat to‘y marosimiga 55 million AQSh dollari xarajat qilingan.
9. O'rtacha ishchi dushanba kuni atigi 3.5 soat tayinli ishlaydi.
10. Hozirda dunyoda faqat 2 kishi «Coca-cola» tayyorlash sirini biladi. Retsept xavfsizligini ta’minlash uchun ular hech qachon bitta samolyotda uchishmaydi.

1. 20 yoshga to‘lganiningizdan keyin har yilda miyangiz og'irligi yiliga taxminan 1 grammga kamayadi.
2. Odam suyagining 50 foizi suvdan iborat.
3. Agar «Google»da «elgooG» deb qidirsangiz, u sizga «Google» sahifasining teskarisini ko‘rsatuvchi sahifa ochib beradi.
4. «Facebook»ka a’zo bo‘lganlarning 25 milliondan ortig'i allaqachon olamdan o‘tgan.
5. Uolt Disney sichqonlardan qo‘rqqan.
6. Narniya hayotda ham mavjud. U Italiyadagi shahar.
7. Ko‘k kitning boshi tanasining 3/1 qismini egallaydi.
8. Gripp epidemiyasi 1918-1919 yillarda AQSh va Yevropada 20 milliondan ortiq odamini hayotdan olib ketgan.
9. Odamning barmoqlari o‘rtacha umri davomida 25 million marta bukilib yoziladi.
10. Jon Rokfeller hozirgi eng boy odamdan 4-5 marta badavlatroq bo‘lgan.

1. Odamning bosh miyasida har soniyada 100000 kimyoviy reaksiya sodir bo‘ladi.
2. Bola tug'ilganida tizzasining ko‘zi bo‘lmaydi, u 2-6 yoshda paydo bo‘ladi.
3. Yevropada 1900 yili kir yuvish mashinasini yaratgan odam, nemis Karl Millerdir. U aslida yog' aylantirgichni takomillashtirmoqchi bo‘lib ichida aylantiruvchi temir moslamalari bor bochkadan tashkil topgan edi.
4. Ko‘pincha boy millionerlarning xotinlari o‘qituvchi ayollardir.
5. Dunyodagi eng uzun basseynning uzunligi 1 kilometr.
6. Faqatgina koala va inson barmoq iziga ega bo‘lgan jonzotlardir.
7. Deyarli 80 foiz odamlar, ungida ham qaytariladigan tushlar ko‘radilar.
8. XVIII asrning oxiriga qadar inson tanasi farmatsevtika tarkibida qo‘llanilgan.
9. Xip Xop va R&B bilan shug'ullanuvchilarning IQ ko‘rsatkichlari eng past bo‘ladi.
10. AQShning Nebraska shtatida cherkovda yo‘talish va aksa urish man qilingan.

1. Aka-uka Makdonaldlar hech qachon uylanmay butun umr bir hovlida yashashgan.
2. Amerikaning Ogayo shtatida baliqlarga spirtli ichimlik taklif qilish rasman qonun sifatida qabul qilingan.
3. 1998 yili Kongo Demokratik Respublikasida futbol o‘yini paytida maydonni yashin urgan. Mehmon jamoa a’zolarining barchasi (11 futbolchi) o‘sha joyda halok bo‘lgan. Tomoshabinlardan 30 tasi kuchli jarohatlangan, ammo qizig'i mezbon jamoa a’zolariga hech narsa qilmagan.
4. Aktrisa va qo‘shiqchi Peris Xilton oyog'ining o‘lchami 44 ekan.
5. Odamlarni o‘limiga sabab bo‘ladigan omillar spirtli ichimlik, narkotik moddalar va urush deb o‘ylaymiz. Aslida esa bu - Ish. Undagi asab buzarliklar, siqilishlar va eng muhimi yoqtirmagan kasb bilan shug'ullanish ko‘proq odamlarni badnom qilar ekan.
6. Yerning narxi 5 kvadrillion dollar deb baholangan.
7. Rossiya iqtisodining 10 foizi spirtli ichimlik orqali keladi.
8. Dunyodagi eng uzun serial bu «Dallas» seriali deyayotganlar adashadilar. Chunki bu «Guiding Light» seriali bo‘lib u 72 yil davom etgan.
9. «Microsoft Windows»ning kompyuter dasturida «Con» deb nomlangan oddiy papka ham ocholmaysiz. Chunki bu so‘z bilan Bill Geytsni yoshligida haqoratlashgan.
10. Muhammad Ali dunyodagi eng kuchli zarba sohibi bo‘lgan. Uning zarbi 1 tonna og'irligida bo‘lgan.

1. Amerikaliklarning 49 foizi Oq non bug'doydan tayyorlanishini bilishmaydi.
2. Fransiya qonunlariga ko‘ra insoniy yuzga ega bo‘lmagan (masalan, o‘zga sayyoralik ko‘rinishida) qo‘g‘irchoqlarni sotish taqiqlanadi.
3. Kanada so‘nggi 5 yil ichida 4 marta BMT tomonidan yashash uchun eng zo‘r mamlakat deb e’lon qilindi.
4. Rossiyada aroq XIV asrda paydo bo‘lgan. Dastlab u dori sifatida tomchilab sotilgan.
5. Mushukning bosh suyagi faqat tepa va pastga harakatlanadi. Itlarning bosh suyagi esa to‘rt tarafga harakatlana oladi.
6. Erkaklarning miyasi 30 yoshdan so‘ng quriy boshlaydi va 60 yoshlarga borganda uning 30 foizi qurib qoladi. Ayollar organizmida bu jarayon kuzatilmaydi.
7. Urg‘ochi gepardlar kiyikning bolasini tutib kelib, bolalariga ov qilishni o‘rgatishda ko‘rgazmali qurol sifatidafoydalanadi.
8. Afrika tuyaqushining 15 santimetrlik tuxumi 1,8 kilogramm keladi.
9. Jirafa tug‘ilgan zahoti hayotdan oladigan ilk taassuroti — 2 metr balandlikdan boshi bilan qulash.
10. Urg‘ochi fillar yangi tug‘ilgan “chaqaloq”ni 2 yil ko‘tarib yuradi, keyin esa yana 2 yil o‘z suti bilan boqadi.

1. Tinch okeanidagi Marianna botig‘iga Everest cho‘qqisi bemalol “sig‘adi”.
2. Aleksandr Bell tomonidan 1876 yilda ixtiro qilingan birinchi telefonning qo‘ng‘irog‘i bo‘lmagan. Chaqiruv trubka orqali hushtak chalish vositasida amalga oshirilgan.
3. Tender— ichida suv va yonilg‘i saqlanadigan va parovozga ulanadigan vagonning nomi. Agar suv bilan yonilg‘i parovozning o‘zida saqlansa, u “tank parovoz” deb ataladi.
4. Mashhur amerikalik fizioximik Lyuis Gilbert Nyuton 30 martadan ziyod Nobel mukofoti sovrindorligiga nomzod bo‘lgan, ammo biror marta ham bu mukofotni ololmagan.
5. Abxaziya Respublikasining nomi abxazcha «apsni» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tilida bu so‘z «qalb o‘lkasi» degan ma’noni bildiradi.
6. Avstraliya mamlakatini hech ikkilanmasdan "akatsiyalar" o‘lkasi deb atash ham mumkin. Chunki bu daraxtning 500 dan ortiq turi ushbu mamlakatda o‘sadi. 20 mingdan ziyod o‘simlik turiga ega bo‘lgan Avstraliyaning «yashil qit’a» deb nomlanishini esa ko‘pchilik bilsa kerak.
7. Mongoliya davlatining hududi — 1566000 km2. Qizig‘i shundaki, bu hududning 80% ni o‘tloq va yaylovlar egallagan.
8. Bugungi kunda jahonda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri bo‘lgan avia so‘ziga «qush» degan ma’noni anglatadigan lotincha «avis» so‘zi asos bo‘lgan.
9. Yerningilk sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqqan “Sputnik” tashuvchisi aslida ballistik raketa olib yuruvchi 8K71 (R-7) qurol sifatida yaratilgan edi.
10. Bridj— karta bilan o‘ynaladigan yagona olimpiya sport turidir.

1. Cherapunji (Hindiston) dunyodagi eng ser yomg'ir shahardir. Chunki bu yerda yiliga 26 460 mm yomg'ir yog'di.
2. “Quvnatuvchi gaz” nomini olgan diazot oksidi (N2O) tibbiyotda anasteziyani bosishda tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Avtomobilsozlikda esa bu modda ichki yonuv dvigatelining texnik quvvatini oshirish uchun ishlatiladi.
3. Shamollashni keltirib chiqaruvchi 100 dan ortiq viruslar mavjud.
4. Sug'urta qilishni 1151 yilda Islandiyada o‘ylab topishgan. O'shanda aholini vabo va yong'indan sug'urta qilishgan.
5. Para shahrida odamlar yomg'irga qarab soatlarini to‘g'rilashadi, chunki u yerda yomg'ir har kuni bir vaqtda yog'adi.
6. Dunyodagi eng keng ko‘cha Braziliyada joylashgan bo‘lib, kengligi 250 metrga boradi.
7. Toza oltin shu qadar yumshoq bo‘ladiki, hatto u qo‘l taftida erib ketishi mumkin.
8. Dunyodagi eng toza suvga ega bo‘lgan dengiz Antarktidadagi Ueddel dengizidir.
9. Agar 2 insonning tomirini bir chiziq qilib tortilsa, Quyoshgacha yetib boradi.
10. Dunyodagi eng uzun osma ko‘prik bo‘lmish Akasi-Kaykyo (Yaponiya) troslari bir-biriga ulansa, Yer sharini yetti marta aylantirib chiqish mumkin.

1. 1930-1931 yillarda sobiq ittifoq inqilobiy taqvimiga muvofiq fevral oyi 30 kundan iborat bo‘lgan.
2. Lotin tilidan tarjima qilinganda «virus» so‘zi «zahar» degan ma’noni bildiradi.
3. Burgut o‘z o‘ljasini 7 km uzoqlikdan ko‘ra oladi.
4. Delfin1 km uzoqlikdagi tovushni bemalol eshita oladi.
5. Sigirni zinadan tepaga chiqara olasiz, ammo tushirish mumkin emas.
6. Sayyoramizning 7 foiz aholisi chapaqay.
7. PyotrI ning bo‘yi taxminan 213 sm bo‘lgan.
8. Yaponiyaning davlat armiyasi yo‘q.
9. Yiliga Yer yuziga 519 000 km3 yomg'ir yog'adi. Bu har km3 milliard tonna suv degani.
10. Ikkinchi jahon urushi paytida AQShda metall kamyob bo‘lib qolgani bois «OSKAR» haykalchalari yog'ochdan tayyorlangan.

1. Har qanday qog'ozni teng yarmidan ko‘pi bilan 7 marta buklash mumkin.
2. Xitoyda qizil panda tulkiga o‘xshab ketganligi uchun «xou-xu» - «olovrang tulkicha» inglizcha esa Firefox deb ataladi.
3. Tovuq uzog'i bilan 13 soniya ucha oladi.
4. Chumolining kallasi tanasidan katta.
5. Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta ko‘p kiprik qoqishadi.
6. Xitoyliklardan biri o‘zini xaqiqiy boks qopiga aylantirdi. U o‘zini kaltaklatib pulishlamoqda. 48 yoshli Se Shuiping ko‘chada, barlarda va tungi klublarda qorin qismiga uch bora zarba berishni taklif qilmoqda, deb yozadi The Daily Mailnashri. Gap shundaki, Shuiping qattiq tanaga ega va u har qanday zarbani ko‘tara oladi. Se Shuiping boks qopi sifatida faoliyatini 2004 yilda boshlagan.Avvallari u supermarketlarda odamlarga o‘z boshiga shisha idish bilan urishni taklif qilgan. Pul topishni u aynan shu yo‘l bilan boshlagan. Se Shuipingning aytishicha, hozirda u oyiga 3 ming AQSh dollari atrofida daromad topmoqda.
7. Finishga yetib kelgan marafonchining bo‘yi 1 sm ga qisqaradi.
8. 17 yoshli braziliyalik Marsel Fernandes Filxo tez SMS yozish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Yigit o‘zining Samsung Galaxy S5 smartfonida ingliz tilidagi Therazor-toothed piranhas of the genera Serrasalmus and Pygocentrus are the mostferocious freshwater fish in the world. In reality they seldom attack a human (Serrasalmus va Pygocentrus turkumidagi o‘tkir tishli piranyalar dunyodagi eng agressiv baliqlar. Aslida ular odamlarga ko‘p hujum qilishmaydi) gapini 18,19soniya ichida yozdi. Musobaqada qatnashish uchun Marsel Nyu-Yorkka tashrif buyurdi. Ushbu rekord yigitcha tomonidan uning smartfoniga o‘rnatilgan Fleksy Keyboard ilovasi yordamida o‘rnatildi.
9. Las-Vegasda Billboard Music Awards 2014 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali marosim har yili o‘tkaziladigan yirik voqealardan biri hisoblanadi. Unda ko‘pgina mashhur xonandalar tomonidan xit qo‘shiqlar ijro etildi. Chiqishlardan biri barchani hayratga soldi.Yahoo saytining xabar qilishicha, Maykl Jeksonning sahnaga qaytishi xaqiqiy sensatsiyaga aylandi. Bu ko‘rinish tashkilotchilar tomonidan yuqori texnologiyalar yordamida amalga oshirildi. Billboard jurnali vakillari bunda gologrammadan foydalanishdi. Bu yo‘l bilan tashkilotchilar Maykl Jeksonni bir necha daqiqaga hayotga qaytarishdi.
10. Dunyoning yetti mo’jizasidan biri hisoblangan Artemida ibodatxonasi 120 yil mobaynida qurib bitkazilgan.

1. Kenguru 90 kilo vaznga ega bo‘lishiga qaramay, har sakraganda 9 metr masofaga uchadi.
2. Rosmana futbol koptogidek keladigan tuyaqush tuxumining po‘sti shu qadar qalinki, u bemalol bitta odamni ko‘tara oladi.
3. O‘rtacha kattalikdagi oq akula tishlaganda uning har bir tishining bosim kuchi 1 kv. smga 3 tonna og‘irlikni tashkil etadi.
4. Garchi uning kundalik ehtiyoji 2 kilogrammni tashkil etsa-da, och bo‘ri bir o‘tirishda 10 klogramm go‘sht yeyishi mumkin.
5. Mushuk tanasining Selsiy shkalasi bo‘yicha me’yordagi harorati — 38 daraja.
6. Aysberglarning rangi oq, ko‘k, yashil va qora bo‘lishi mumkin.
7. Uxlayotgan odam tanasining uzunligi bedor holatdagiligiga nisbatan yarim santimetr uzun.
8. Eng uzun ishqiy maktub farang rassomi Marsel de Leklyuf tomonidan yozilgan. Mazkur maktubda «men seni sevaman» jumlasi 1875 marta qayd etilgan.
9. Fashistlar Germaniyasiga tegishli bo‘lgan konslagerlarda hibsda yotgan mahbus o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lsa, uni o‘limga hukm etishgan.
10. Qadimgi misrliklarning ko‘zlariga surma qo‘yishdan maqsad — kon’yuktivit (ko‘zning qizarib, yoshlanishi) va traxoma kasalligining oldini olish bo‘lgan.

1. Farang yozuvchisi Jyul Vernning kitoblarida 5, 15, 80, 25000 va hatto 500 million raqamlari uchraydi.
2. Rimda roppa-rosa 112 yoshida qazo qilgan qariyaning qabr toshiga «U me’yorida yeyardi va ichardi» degan so‘zlar bitilgan.
3. Shifoxonadagi o‘lim holatlarining aksariyati kech soat 16-18 atroflariga to‘g'ri keladi.
4. Dominika orolida yashovchi ayollar shunday bir tilda gaplasha oladilarki, ularni erkaklar umuman tushuna olmaydi.
5. Rimning birinchi imperatori Gay Yuliy Sezar «Galliya urushi haqida xotiralar», «Fuqarolar urushi haqida xotiralar» asarlarining muallifidir.
6. 1941yilning 19 dekabrida 15 yoshli ingliz malikasi Yelizaveta ingliz askarlari uchun sahnalashtirilgan «Oppog'oy» spektaklida bosh rolni ijro etgan.
7. Ingliz qirolichasi Yelizaveta II tennisni yoqtirmaydi. Lekin tennis bo‘yicha Uimbldon turniri g'olibiga mukofotni topshirishga majbur.
8. 1820 yil 20 dekabr kuni Missuri shtatida bo‘ydoqlar uchun maxsus soliq joriy etildi.
9. Las-Vegasdagi kazinolarda soat va ko‘zgu umuman yo‘q.
10. Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlariga non daraxti juda qadimdan ma’lum. Uning nomi «artonarpus integra».

1. 1 metr kub yog'ochdan 500 ming dona tish tozalagichlarni yasash mumkin.
2. Yangi Zelandiyaning janubi-sharqidagi Oklend oroli Yer yuzida eng so‘ng kashf qilingan odam yashaydigan joy hisoblanadi.
3. Yaqinda tadqiqotchilar g'arbiy Avstraliyaning Jek Xill qoyaliklarida 4,4 milliardyillik sirkon mineralining kichik parchasini topishdi. Bu dunyoning eng qadimgi tog' jinsi ekani ma’lum bo‘ldi.
4. Manzarasi nihoyatda go‘zal bo‘lishiga qaramay, eng jasur alpinistlar ham zabt etolmagan cho‘qqilar Yer yuzida hali ham bisyor. Ularning eng balandi Butan qirolligiga qarashli Gangxar Puyensum cho‘qqisidir. 7541 metr balandlikdagi mazkur cho‘qqini zabt etishgan qaratilgan uchta urinish muvaffaqiyatsiz tugagan. 1994 yili esa Butan qirolligi mahalliy e’tiqodga hurmatsizlik sanalgani uchun 6000 metrdan baland cho‘qqilarga chiqishni taqiqlab qo‘ygan.
5. Mashhur olim, Nobel mukofoti sovrindori Nils Bor o‘z davrida futbol bo‘yicha Daniya terma jamoasining darvozaboni hisoblangan.
6. Meksikadagi Yukatan sohillarida ham 500 kilometr uzunlikda tarmoqlanib ketgan g'orlar majmuasi mavjud. Ularning ham suv ostida joylashgan ko‘p qismi hali to‘liq o‘rganilmagan.
7. Har yili 40 ming kishi «Ginness rekordlar kitobi»ga kirishga harakat qiladi, ammo ulardan 5600 nafarigagina bu nasib etadi.
8. Dunyoda har yili eng ko‘p nusxada chop etiladigan kitob - bu biror muallifga tegishli kitob emas, balki oddiygina telefon ma’lumotnomalari kitobi.
9. Amerikaliklar bir yilda 16 tonna aspirin dorisini iste’mol qilishadi.
10. Dunyodagi eng chuqur g'or Abxaziyada joylashgan. Uning chuqurligi 2170 metr. 2007 yil yanvaridagi ekspeditsiyada g'orning yana 30 metr ichkarisi tadqiq qilindi va ko‘p qismi suv ostida joylashgani aniqlandi.

1. Dunyoda eng ko‘p ekranlashtirilgan qahramon bu Sherlok Xolmsdir. U haqida hozirgacha 211 ta film suratga olingan.
2. Fransuzlar kabutarni «uchar kalamush» deb atashadi.
3. So‘nggi yillarda angliyalik bolakaylarda ko‘zoynak taquvchilar soni keskin darajada oshishi kuzatilgan. Bunga sabab ko‘z nurining xiralashishi emas, balki Garri Potter filmlarining ekranga chiqishidir. Garriga o‘xshashni orzu qilgan bolalar Angliyada juda ko‘p topilmoqda.
4. Eng uzun eskalatorlar tizimi «Gonkong Sentral xill-sayd»dir. Uning uzunligi 800 km.U harakatlanuvchi yo‘lak ko‘rinishida bo‘lib, Mid- le-vel tumanidan qirg‘oq bo‘yida joylashgan markaziy bozorgacha yo‘lovchilarni «tashiydi». Uni ishlatish uchun hech qanday yoqilg‘i kerak emas, shunchaki u ishqalanish kuchi evaziga harakatlanadi.
5. Eng qisqa eskalator esa 83 ,4 sm bo‘lib, u Yaponiyaning Kavasaki shahridagi savdo markaziga o‘rnatilgan yo‘lakchadir. «Xitachi» kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan ushbu eskalator oddiylaridan 20 baravar kaltaroqdir.
6. Norvegiyaning Longirida dafn etish qonun bilan taqiqlangan. Chunki doimiy sovuqchilik sharoitida murdalar chirimaydi va oqayiq kabi yirtqich hayvonlarni jalb etadi.
7. Buyuk Britaniya parlamenti binosida vafot etish man etiladi.
8. Fransiyada cho‘chqa bolasiga Napoleon nomini berish taqiqlanadi.
9. Alabama shtatida avtomobilni ko‘zi bog‘langan holda boshqarish qonunga xilof.
10. Eng ko‘p ekranlashtirilgan syujet esa «Zolushka» ertagidir.

1. Shoqollarning xromosomalari itlar va bo‘rilarnikidan bir juft ko‘p.
2. Yo‘lbarslarning faqat junigina emas, terisi ham yo‘l-yo‘l.
3. Sarg'an balig'ining suyaklari yashil rangda.
4. Tovuq uzog'i bilan 13 soniya ucha oladi.
5. Otlarning suyaklari odamnikidan 18 ta ko‘p.
6. Yer sharidagi jonivorlar orasida eng yuragi katta va eng yuqori qon bosimiga ega jonivor- bu jirafa.
7. Jirafaning tili qora va uning uzunligi 45 santimetrgacha yetadi.
8. Antarktidadagi baliqlarning qon harorati - 1,7 darajagacha pasaya oladi.
9. Kitning yuragi bir daqiqada 9 martagina uradi.
10. Sakkizoyoqning ko‘z gavhari to‘rburchak bo‘ladi.

1. Folklendor ollari aholisining har biriga 350 tadan qo‘y to‘g'ri keladi. Yangi Zelandiyada esa 20 tadan.
2. Fil miyasining umumiy og'irligi tanasi og'irligining 0,27 foizini tashkil etadi.
3. Mushukning jag'lari yon tarafga qimirlamaydi.
4. Teterevyatnik kalxatlar Yevropadagi faqat bir mamlakat - Islandiyada mavjud.
5. Buqalamun bir vaqtning o‘zida boshini qimirlatmasdan boshqa-boshqa tomonlarga qaray oladi.
6. Injilda tilga olinmagan uy hayvoni mushukdir.
7. Voyaga yetgan kit 2 soniyada 2400 litr havo yutadi.
8. Agar ko‘rshapalak o‘zining qichqirganini eshitganda kar bo‘lib qolgan bo‘lardi.
9. Iguana 28 daqiqagacha suv ostida tura oladi.
10. Dunyoda kolibri qushlarining 321 turi mavjud.

1. Dunyo bo‘yicha taxminan 500ta hayvonot bog'i mavjud.
2. Beliz yaguarlarni qonun bilan himoya qiladigan yagona davlatdir.
3. O'ljasiga hujum qilayotgan akulalar ko‘zlarini yumib olishadi. Bu bilan ular ko‘zlarini lat yeyishdan asrashga harakat qilishadi.
4. Dunyodagi eng xavfli reptiliya (odam uchun o‘ta xavflisi ham) dengiz timsohidir.
5. Yo‘lbarsning old panjalari beshta, orqa panjalari esa to‘rtta barmoqlardan iborat. Yo‘lbarsning tirnoqlari 8-10 santimetrgacha bo‘ladi.
6. Urg'ochi maymunlarning sochlari erkak maymunlarniki bilan bir xil to‘kiladi.
7. Eramizning birinchi asrida dunyo bo‘yicha 200 miliion insonlar yashagan. Hozirgi kunga kelib 7 milliardga yaqin insonlar istiqomat qiladi.
8. Yer sharida qurbaqalarning 4000 turi mavjud.
9. Yo‘lbarslarning qorong'ulikda ko‘rish qobiliyati odamlarnikidan olti marta kuchli.
10. Lunckie columbiae deb nomlanuvchi dengiz yulduzlarining tanasini bir santimetrdan qilib bo‘lib tashlasangiz ham qayta tiklanib olaveradi.

1. Ma’lumki, Yer sharida birinchi bo‘lib quyosh nurlarini yaponlar ko‘rishadi - aynan shu sababli ham Yaponiyani - Quyosh chiquvchi davlat deb atashadi. Biroq bu fikr umuman noto‘g‘ri. Vladivostok shahrida Grinvich bo‘yicha sahar Tokioga nisbatan bir soat oldin keladi.
2. Xitoy- dunyodagi eng uzun davlatlardan biri hisoblanadi. G‘arbdan Sharqqa uzunligi deyarli 5700 kmni tashkil etadi. 1949 yildagi revolyutsiyadan oldin Xitoyda 5 soat chiziqlari mavjud bo‘lgan.
3. Big Ben - minora nomi emas, balki ichkarida uradigan, 13 tonnali qo‘ng‘iroq nomi.
4. Atom soatlari 6 million yil ichida 1 sekundli xatoga ega. Bir sekund - bu 133 atom seziy nurlanishning 9 192 631 770 tebranishi.
5. Rim raqamli siferblatlarda, deyarli har doim soat 4 ni IIII bilan belgilanadi va deyarli hech qachon IV dan foydalanilmaydi.
6. Kokos yong‘oqlaridagi suyuqlik favqulodda holatda qon plazmasining o‘rnini bosishi mumkin.
7. 876 yilda Amerikada Markaziy istirohat bog‘i ochildi. Uning maydoni Monako davlatinikidan ikki baravar katta.
8. Shimoliy xitoy tilida yoki boshqacha nomlanishi «mandarin» tilida «Ha» va «Yo‘q»so‘zlarini ifodalovchi aniq so‘z mavjud emas. Savolga javob berishga kelganda, fe’lni qaytarib javob berish kerak xolos: misol uchun, «Sen guruchni yoqtirasanmi?» degan savolga, xitoylik «Yoqtiraman» yoki «Yoqtirmayman» deb javob berish kerak. Agarda savolda faol fe’l bo‘lmasa, misol uchun, «Bugun dushanbami?» bunday savolga ijobiy javob ,ingliz tilidagi to be bog‘lovchi fe’li kabi 是 bo‘ladi, salbiy javob esa, xuddi shu bog‘lovchi fe’lni manfiy yuklama 不是 bilan aytiladi.
9. Taypan iloni bir marta chaqqanida 200 mingta sichqonni o‘ldira oladigan zahar chiqaradi.
10. San-Diyego hayvonot bog‘i u yerda saqlanayotgan jonivorlarning rang-barangligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

1. Tilning har xil joylari shirin, nordon, achchiq va sho‘r ta’mlarga javob beradi degan tushuncha bizning ongimizda uzoq vaqtlar davomidan qolgan. Bunga qaramasdan ushbu tushuncha noto‘g‘ri. Tilning har bir doirasi istagan ta’mni seza oladi.Tilning ta’m sezish xaritasi mavjudligi haqida afsona, Garvard Universiteti professori tomonidan taklif qilingan nemis gazetasidagi nazariyaning noto‘g‘ri tarjimasidan kelib chiqqan.
2. Ulkanxazinalar orasida yana bir ahamiyatlisi Tutanxamon xazinasi bo‘lib, u 1922yilda angliyalik olim Govard Karter tomonidan topilgan. Xazinaning eng muhimbuyumlaridan biri sof oltindan yasalgan “Tutanxamon niqobi”dir.
3. Bolgariya hududlaridan topilgan yana bir xazina “Pereshipina” deb nomlanadi. Ushbu boylik Vizantiya hamda Sosoniylar davriga to‘g‘ri keladi. Xazina 1912 yili cho‘pon bola tomonidan tasodifan topilgan. Bu xazina 800 dona buyumdan iborat bo‘lib,shundan 19 tasi kumush, 16 tasi sof oltindan yasalgan idishlardir. Bundan tashqari, qini va dastasi sof oltindan yasalgan temir pichoq ham katta ahamiyatga ega.
4. Indoneziya hududlarida dengiz tagidan topilgan xazina ham juda ulkan va X asrga tegishli. Suv ostidan 14000 javohir, 4000 yoqut, 400 ta to‘q zangori va havorang yoqutlar olib chiqilgan. Ushbu xazina bir necha million dollarga baholangan va 50% Indoneziya davlati g‘aznasiga o‘tkazilgan.
5. Ayollarning terisi va sochlari erkaklarga nisbatan o‘rtacha ochroqdir, bu hatto barcha irqlarga tegishli.
6. Bunday holat erkaklarning organizmida ayollarnikiga nisabatan melaninning ko‘pligi sabablidir. Bundan tashqari erkaklarning tanasi ayollarnikiga nisbatan qizg‘ishroq bo‘ladi, buning sababi erkaklar organizmida qon miqdori ayollarnikiga nisbatan ko‘proqligidandir.
7. Andres Inesta otasi uch oy qiyinchilik bilan ishlab va topgan hamda yiqqan puliga olib bergan oyoq kiyimini hamon saqlaydi. Andres futbolchi sifatida ilk professional kontraktini tuzgandan so‘ng onasiga uy sovg‘a qildi. Otasiga esa ishini tashlashga imkoniyat yaratib bergan (otasi o‘shanda 40 yoshda bo‘lgan).
8. 2011yilning 7 may kuni Gollandiya yuqori divizionida ishtirok etadigan “Venlo” jamoasi Berke van der Me bilan professional shartnoma imzolagan. Shartnoma imzolangan vaqtda Berke endigina bir yarim yoshda edi. Uning o‘yinchoq to‘pini kichik darvozaga “mahorat” bilan joylayotganining videolavhasini ko‘rgan jamoa rahbariyati bu antiqa bolani tarkibiga olishga qaror qilgan.
9. Maydonda muxlis sifatida o‘tirib tomosha qilish bo‘yicha rekord natija 2007 yilning 31mart kunida qayd etilgan. Bu natija Angliyaning “Old Trafford” maydonida amalga oshgan. Premer liga doirasida “Manchester Yunayted” - “Blekbern Rovers” jamoalari uchrashuvida maydonda o‘tirib 76 098 muxlis uchrashuvni tomosha qilgan. Bu voqea shuningdek chempionat tarixida ham yagona hisoblanadi.
10. 1999 yilning 5 iyun kuni Pol Skoulz antiqa anti-rekord qayd etgan. U Angliya terma jamoasi tarkibida o‘z maydonida qizil kartochka olib maydonni tark etgan yagona futbolchi hisoblanadi. O‘shanda inglizlar Shvetsiya termasiga qarshi bahs olib borgan. Ayni vaqtga kelib ham bu natija yangilangani yo‘q.

1. Dunyoda avval jahon chempionligini (2010y.) qo‘lga kiritib keyin yoshlar o‘rtasida Yevropa chempioni bo‘lgan (2011 y.) yagona futbolchi Xuan Mata hisoblanadi.
2. 1969 yilda Gonduras terma jamoasining Salvador termasiga imkoniyatni boy berishi natijasida, ikki mamlakat o‘rtasida olti kunlik urush bo‘lib o‘tgan.
3. Alessandro Del Pero futbolchilik faoliyatini darvozabonlikdan boshlagan. Uning onasi o‘g‘li jarohatlanmasligi uchun shu pozitsiyada harakat qilishgagina ruxsat bergan.
4. Serxio Ramos terma jamoa safida 100 uchrashuv o‘tkazgan eng yosh yevropalik futbolchi hisoblanadi.
5. Faqatgina fransuz ustasi Mishel Gero “Oltin to‘p” sovrinini ishlab chiqaradi.
6. Iker Kasilyas — Ispaniya terma jamoasida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan rekordchi hisoblanadi (138). Shuningdek, darvozasi daxlsizligini (73) uzoq saqlab turgan dunyodagi rekordchi darvozabon hamdir.
7. Samuel Eto’O — futbol tarixida ikki jamoa bilan ikki yil ketma-ket (2009 yilda“Barselona” va 2010 yil “Inter” jamoasi bilan) “oltin xet trik”ni (Chempionlar ligasi, chempionat va mamlakat kubogi) qayd etgan yagona futbolchi hisoblanadi.
8. AlfredoDi Stefano uchta terma jamoada to‘p surgan yagona futbolchi hisoblanadi -(Argentina, Kolumbiya, Ispaniya).
9. Paolo Maldini Chempionlar ligasi finallari tarixida eng tezkor gol muallifiga aylangan. U 2005 yilgi finalda Angliyaning “Liverpul” jamoasi darvozasini 52 soniyada ishg‘ol qilgan.
10. Klarens Zeyedorf UYEFA chempionlar ligasi g‘olibligini uchta har xil jamoalar bilan qo‘lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. Bular: “Ayaks”, “Real”Madrid va “Milan”.

1. Ispaniya Super kubogi finalida Krishtianu Ronaldu “Barselona” jamoasi darvozasiga ilk to‘pini kiritgan. Bu safar esa Garet Beyl Ronaldu natijasini takrorladi. Farq shundaki Ronaldu Ispaniya super kubogida golini nishonlagan bo‘lsa, Garet “Qirol kubogi”da gol urdi.
2. Joze Mourino hech qachon professional futbolchi bo‘lmagan. U faqat yoshlar jamoalarida to‘p surgan. Mourino futbolchi bo‘lishi uchun yetarli qobiliyati bo‘lmaganligi sababli professional futbolchi bo‘lib tanilmagan.
3. Qiziq faktlar — Butun dunyoda 1 iyunda bolalarni himoya qilish bayrami o‘tkazilsa, Seyshel orolida bu bayram biroy davomida nishonlanadi.
4. Dunyodagi eng ko‘p bolali kishi Marokash sultoni Ismoil bo‘lib, uning 548 ta o‘g‘li va340 nafar qizi bor.
5. Har 20 kunda uning haramida yangi chaqaloq dunyoga keladi.
6. AQSh prezidentlarining hech biri oilada yagona farzand emas. Amerika psixologiyasiga ko‘ra, oilada bittagina farzand bo‘lsa, u albatta xudbin va o‘z maqsadi uchungina yashashi mumkin.
7. Ruminiyada dunyodagi yagona bolalar va ularning qo‘riqchilari uchun bolalar bog‘chasi bor. U yerda qo‘riqchilar uchun alohida bino bor. Ushbu bog‘cha mashhur hamda boy kishilarning farzandlari uchun, albatta. Bolalarning qo‘lida telefon bo‘lib, u istagan paytida ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.
8. Sayyoramizda har lahzada ikkita chaqaloq dunyoga keladi. Shulardan biri uzog‘i bilan 10 yoshgacha yashashi mumkin.
9. Statistikaga ko‘ra, 3-4 yoshli bolalar bir kunda 1200 ta so‘z ishlatishadi va kattalarga 900 taga yaqin savol berishadi.
10. Angliyalik olimlarning ta’kidlashicha, doimiy ravishda kompyuter bilan ishlab turadigan bolalar boshqa bolalarga nisbatan matematikani yaxshi bilishadi hamda o‘qish va yozishni besh karra ziyod tez o‘rganib olishadi.

1. Egizaklar har 85 ta tug‘ilishdan keyin dunyoga keladi. Uchtalik egizaklar esa har 7000 ta tug‘ilishdan keyin dunyoga kelishadi.
2. Eng katta chaqaloq 1897 yili Kanadada tug‘ilgan bo‘lib, uning vazni -10,7 kilogramm, bo‘yi-76 santimetr bo‘lgan. Onasi Anni Batesning bo‘yi 224 santimetr bo‘lgan.
3. Uzoqni ko‘ra olmaslik ayollarda erkaklarga nisbatan ikki martda ko‘proq uchraydi.
4. Ko‘zoynak judayam qadimiy ixtiro xisoblanadi -Neron Rim imerator o‘z vaqtida gladiatorlar jangini shlifovka qilingan zumrad yordamida ko‘rgan. Bizga tanish bo‘lgan ko‘zoynaklar arab mamlakatlarida 10 asrda paydo bo‘lgan.
5. Qadimgi eski moslar quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak sifatida suklyar bo‘lagi yoki kovakli yog‘och bo‘laklarini ishlatishgan.
6. Qora rezavorlar - chernika, maymunjon ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
7. Kontakt linzalar Leonardo da Vinchi tomonidan o‘ylab topilgan, ular shishadan ishlangan.
8. To‘q ko‘k rang ko‘zlarimizga ijobiy ta’sir qiladi. Ekspertlar kuniga 15 daqiqa davomida ushbu ranga qarashni tavsiya qiladilar.
9. S vitaminini iste’mol qilish ko‘z kasalliklarini oldini oladi, masalan katarakta kasalligini oldini oladi.
10. Dunyoda ko‘zoynaklar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlat Italiya xisoblanadi, ikkinchi o‘rinda Xitoy turadi.

1. Bizning ko‘zlarimiz suratlarni o‘girilgan holatda ko‘radi hamda miya uni biz o‘rgangan va qabul qiladigan holga aylantiradi.
2. Chaqaloqlar yig‘laganda ularning ko‘zlari ho‘llanmaydi, chunki chaqaloqlar ko‘z yosh bezlari xali rivojlanmagan bo‘ladi.
3. XV asrda optik moslamalar deyarli mavjud bo‘lmagan, ammo o‘sha vaqtda ham Yevropa yo‘llarida ko‘zoynak taqib ketayotgan odamlarni uchratish mumkin edi, -"yo‘l ko‘zoynaklari” quyoshdan va changdan ximoya qilgan. Lyudovik XV o‘ziga bag‘ishlangan maqtov panegirikni eshitib, aynan muallifning ko‘zoynaklari qirol xizmatlarini oshiradi deb aytgan. Psixologlar fikricha, ko‘zoynaklar taqishni boshlagan inson nafaqat ko‘rinishi balkim ruxan ham o‘zgarar ekan.
4. Uzoqni ko‘ra olmaslik ayollarda erkaklarga nisbatan ikki martda ko‘proq uchraydi.
5. «Rolls-Roys» bamperidagi haykalchaning narhi 5000 dollarni tashkil qiladi.
6. Dastlabki sharikli ruchkalar savdoga 1945 yilda chiqarildi. Har birining narxi 12 dollar bo‘lgan.
7. Rojdestvoga birinchi tabrik otkritkalari Angliyada 1842 yil 9 dekabrda paydo bo‘lgan.
8. Shtopor M.L. Brayn tomonidan 1860 yilda ixtiro qilingan.
9. Rossiyada zarb qilingan tangalarning eng kichik qiymati - 1/8 tangaga teng edi.
10. Tualet qog‘ozi nyu-yorklik Djozef Gayyotti tomonidan 1857 yilda kashf qilingan.

1. Ko‘zoynak judayam qadimiy ixtiro hisoblanadi - Rim imperatori Neron o‘z vaqtida gladiatorlar jangini sayqallangan zumrad yordamida ko‘rgan. Bizga tanish bo‘lgan ko‘zoynaklar arab mamlakatlarida 10 asrda paydo bo‘lgan.
2. Qadimgi eskimoslar quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak sifatida suyaklar bo‘lagi yoki kovakli yog‘och bo‘laklarini ishlatishgan.
3. Daniel Defo - “Robinzon Kruzo”ning muallifi umri davomida 300 dan ortiq asar yozgan. Uingliz milliy razvedkasining asoschisi sanaladi.
4. Iogann Volfgang Gyote tutunni umuman xushlamagan. U hatto oshpazini uyni tutatib yuborgani uchun ishdan bo‘shatib yuborgan. Biroq, alamzada oshpaz ketish oldidan sigaret chekib, shoirdan o‘ch olib ketgan ekan.
5. Dyumaning ishtahasi ham ulkan edi. Bir o‘tirganida qirg‘ovul, o‘rdak, qisqichbaqa tanovul qilib, salatlar va turli desertlar iste’mol qilgan. Lekin, spirtli ichimliklar va tamakini umri davomida og‘ziga olmagan.
6. Pushkin xolasining uyiga kelib 5 daqiqa o‘tirgan stul ham hozir muzeyda saqlanadi.
7. Onore de Balzak har kuni ijoddan oldin 7-8 finjon qahva ichgan. Umri davomida esa tahminan 50.000 finjon qahva iste’mol qilgan.
8. Aleksandr Dyuma o‘z qahramonlarini tirik deb hisoblagan. U o‘z obrazlari haqida qayg‘urgan. Ular bilan suhbatlashgan, kulishgan, dardlashgan.
9. Adib divanda muk tushib, qo‘llari ostiga yostiq qo‘yib asar yozgan. Uning umri davomida yozgan asarlari umumiy 2000 jildni tashkil qilishini mashhur ruhshunos Deyl Karnegi o‘z kitobida ta’kidlagan.
10. Aleksandr Pushkin hammomda to‘pponchadan o‘q uzishni yaxshi ko‘rgan. U otgan devorlardagi teshiklar hozirgacha Mixaylovskoye qishlog‘ida saqlanib qolgan.

1. Nikolay Gogolning oshpazlik iste’dodi ham bor edi. Rimda yashaganida italiyalik oshpazlardan barcha sir asrorlarni o‘rganib olib, makarondan ajoyib taomlar tayyorlab, so‘ng do‘stlarini mehmon qilgan.
2. Ivan Turgenev dvoryan oilasida tug‘ilgan. U mohir ovchi va faylasuf edi.
3. Turgenevning vafotidan so‘ng, ekspertlar uning miyasini og‘irligini tekshirib ko‘rishgan va adib miyasi 2,5 kg og‘irlikda ekanini aniqlashgan. Oddiy odamlarning miya vazni o‘rtacha 1,5 kg ga yaqin bo‘lishini hisobga olsak, rus yozuvchisining haddan ziyod kuchli, qomusiy bilim va tafakkurga ega bo‘lgani ma’lum bo‘ladi.
4. Lev Tolstoy Yasnaya Polyanani juda yaxshi ko‘rgan. Juda erta turgan. Qat’iy kundalik tartibga amal qilgan. Velosipedda sayr qilishni ham yoqtirgan.
5. Mark Tven (Semyuyel Klemens) karavotda yotib ijod qilgan. U dengizchi bo‘lgani uchun ham “mark twain” - ikki dengiz sajeni ya’ni chuqurlikning o‘lchov birligi atamasini o‘ziga taxallus qilib olgan.
6. Ufan va texnika kashfiyotlariga sarmoya kiritganida, katta qarzga botgan edi. Muxlislari va do‘stlarining yordamini qat’iyan rad etgan. Ammo, adib baribir qarzlaridan qutulgan.
7. Har yili 30 noyabrda adibning tug‘ilgan kuni Missuri shtatida nishonlanadi va Tom Soyerning uyidagi devorlarni oqlash musobaqasi o‘tkaziladi. G‘oliblarga Mark Tven kitoblari taqdim etiladi.
8. Gerbert Uellsning otasi kriket o‘yinlariga pul tikuvchi qimorboz bo‘lgan. Adib yoshligida oyog‘ini sindirib, bir umrga nogiron bo‘lib qolgan.
9. Jek London asarlar yozishni rosa yomon ko‘rishini ko‘p bora ta’kidlagan. Kitoblarni faqat tirikchilik uchun nashr etgan ekan. Amerikalik adib 17 yoshida dengiz qaroqchilariga qo‘shilib, Bering bo‘g‘ozi, Alyaska, Shimoliy Okean va Yaponiya qirg‘oqlariga borib kelgan. O‘sha yili San Frantsiskodagi gazetada ocherklar tanlovi g‘olibi bo‘lgan.
10. Artur Konan Doylning mashxur obrazi “Sherlok Xolms”ni prototipi aslida muallifning o‘zi bo‘lganini zamondoshlari ko‘p bora e’tirof etishgan. Chunki, yozuvchi o‘z qahramoni kabi juda sinchkov, o‘tkir zehnli va topqir bo‘lgan. Ko‘plab davlat arboblari undan jumboqli masalalarni yechishda yordam so‘rashganida, Konan Doyl - Xolms uslubida ularga ko‘p bor ko‘maklashgan.

1. Bernard Shou ham Oskar sovrini, ham Nobel mukofoti olgan yagona adib sanaladi.
2. 2011 yilda adabiyot yo'nalishida xalqaro Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan shvetsiyalik shoir Tumas Transtryomer - kuchli psixolog mutaxassis sanaladi.
3. Taniqli rus adibi Mixail Bulgakov ham Kiyev universitetini tugatib, shifokorlik diplomiga ega bo‘lgan, so‘ngra u o‘z mutaxassisligini adabiyot bilan yonma-yon olib borgan.
4. Sharikli ruchkalar sotuvga ilk bor Nyu-Yorkda1945 yilda chiqqan. Ruchkalarni xarid qilish uchun navbat shunchalik katta ediki, hatto hukumat bir necha yuz politsiya xodimlaridan devor tuzishga majbur bo‘lgan. Uning narxi o‘rtacha amerikalik sanoat odamining 8 soatlik ish kuni uchun olgan maoshi 12 dollarga teng bo‘lganligiga qaramasdan bir kunning ichida10 mingga yaqin ruchka sotilgan. Keyingi qirq yildan ortiqroq vaqt ichida 400 dan ortiq kishi fazoga parvoz qildi. Ular ko‘plab narsalarga duch kelishgan.Ammo ular ko‘rgan barcha narsalari haqida ham og'iz ochishmagan. Buning ustiga ularga og'iz ochmaslikni maslahat beruvchilar ham bor. Aytishlaricha, bir paytlar Gagarin «agar ruxsat berishganida, samodagi ko‘plab qiziqarli hodisalarni aytib bergan bo‘lardim» degan ekan.
5. Janubiy afrikalik siyosiy arbob Yan Xristian Smets 5000 ta kitobning matnini yoddan bilgan, birmalik Visittabm Vumsa 1974yilda 6000 sahifalik budda matnlarini yoddan aytib bergan.
6. Anqaralik Mehmed Ali Xolisiy 1967 yilning 14 oktyabrida olti soat davomida «Qur’on» niyoddan aytib bergan.
7. Vengriyaning Pech shahridagi Klara Leova nomidagi o‘rta maktabda bo‘lib o‘tan vengr tili va adabiyoti darsi 24 soatga cho‘zildi. O'qituvchi Shabolch Zalay 34 o‘quvchiga 18 iyundan 19 iyungacha (1999 yil) bo‘lgan muddatda ta’lim berib charchamadi ham.
8. So‘nggi paytlarda dunyoning qaysidir burchagida o‘rmon yong'inlari haqidagi xabarlarga tez-tez duch keladigan bo‘lib qoldik. Olovning shiddatli tarzda katta-katta o‘rmonlarni egallab, ularni yo‘q qilayotgani, o‘t o‘chirish ishlari besamar ketayotgani mazkur xabarlarning asosiy mavzusi. Ba’zilarimiz «nahotki, shunchalik darajadagi texnika taraqqiyoti ham olovni o‘chirish yoki kengayib ketishining oldini olishga ojizlik qilayotgan bo‘lsa» deb o‘ylab ham qolamiz.
9. Dunyodagi so‘z jihatdan eng badavlat tillar arab va ingliz tillari bo‘lib, inglizlarning hisobida 2500000 (ikki yarim million) dan oshiq so‘z bo‘lsa, arab tilida esa 3500000 (uch yarim million)dan ortiq lug'at boyligi mavjud. O'zbek tilida taxminan 1400000-1600000 atrofida so‘z bor ekan. Biz yuqorida keltirgan hozirgi ma’lumotlar, albatta, ko‘proq ijtimoiy sohalar bo‘yicha nisbatan olingan xolos.
10. Olachipor tovuqlar jigarrang tuxum qo‘yishadi. Har doim ham unday bo‘lavermaydi. Tuxum po‘sti rangini belgilaydigan faktor tovuq turi emas, uning genlaridir. Agar toza zotli tovuq haqida gapiradigan bo‘lsak, quloq solinchagi oq bo‘lgan tovuqlar oq, qizil solinchakli tovuqlar esa jigarrang tuxum quyishadi. Lekin shuni aytib o‘tish kerakki, har bir tovuq butun umr davomida bir xil rangda tuxum qo‘yadi.

1. Uch qoshiq shakar qo‘shilgan bir stakan suv, haqiqatan ham antidepression ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin qisqagina vaqtga xolos, bu vaxt yarim soatdan ko‘p cho‘zilmaydi.Shakar organizm xazinasidagi miya bardamligini ta’minlovchi V1 vitaminini kamaytirishi bilan bog'liq. Bu vitamin qanchalik kam bo‘lsa, uyqusirash,depressiya, tez charchash, mushaklarning bo‘shash ehtimoli yuqori bo‘ladi.
2. Haqiqatda shokoladning bir plitkasida atigi 30 mg kofein bor. Bir piyola kofeda esa 180 mg, choyda undan ham ko‘p. Bundan kelib chiqadiki, bir piyola kofedan olayotgan tetiklashtiruvchi ta’sirni olish uchun kamida 6 plitka shokolad yeyish kerak.
3. Qirq besh yoshli Konrard Fondershtrass Germaniyaning Frayberg shahri klinikasiga bir necha oylardan beri uxlamayotganligidan nolib kelganida, shifokorlar uning chindan ham uyqusizlik kasaliga duchor bo‘lganligiga ishonishmadi. Olimlar xulosasiga ko‘ra, har qanday inson bunday uzoq muddatda baribir bir-ikki soat mizg'ib olishi kerak. Bemorning kasalligini aniqlash uchun unga 8 soatlik maxsus moslama ulab, uyqusizligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lishdi. Belgilangan muddat ichida Konrard atigi bir necha minutgina pinakka ketdi, qolgan vaqtlarda esa tamoman o‘zini hushyor tutdi.
4. Futbol to‘pining an’anaviy oq-qora ko‘rinishi oq-qora rangli televizor ekranlarida yaxshi aks etishi uchun o‘ylab topilgan.
5. Neftni qazib olish ham, yer silkinishlariga olib kelishi mumkin. Lekin, bu to‘g'risida gapirilmaydi, chunki ularning kuchi juda kichik bo‘ladi va ular, neft so‘rib olingan joy o‘rniga qattiq jinslar o‘rnashib olganidagina yuz beradi.
6. Kaspiy dengizida eng issiq harorat 37,2 °S bo‘lsa, Orol dengizida bu ko‘rsatkich 32,4°S ga yetadi. Azov dengizida suv sirti 32 °S, Qora dengiz va Yapon dengizida31,2 °S, Oxota dengizida 25,9 °S, Bering dengizida esa 22,2 °S gacha isishi mumkin.
7. Suv sirti va ostidagi haroratning har xilligidan foydalanib, suvlardan issiqlik chiqarish va ularni elektr stantsiyalarida elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Shu xildagi ilk elektr stantsiyasi Afrikada, Kot-d'Ivuarning Abidjan shahrida qurilgan. U o‘n to‘rt ming kilovatt quvvat bilan ishlaydi. Stansiya sovuq suvni besh yuz metr chuqurlikdan oladi. Bu yerda sirtqi va ostki suv haroratining farqi 10-15 daraja atrofida.
8. Qurilish sohasi “Samsung Engineering” kompaniyasiga yiliga 2 mlrd AQSh dollari daromad keltiradi. Kompaniya asosan xorijiy buyurtmachilarga xizmat ko‘rsatadi va yirik loyihalar bilan shug'ullanadi. “Samsung Group”ning bosh ofisi binosi (Seul),jahondagi eng baland bino Burj Xalifa (Birlashgan Arab Amirliklari), Petronas egizak minorasi (Kuala Lumpur), Taybey 101 binosi (Tayvan) kabi dunyoga mashhur inshootlarni ana shu kompaniya qurgan.
9. Oyda Mirzo Ulug'bek nomidagi krater bor.
10. Yevro kupyurasining haqiqiyligini undagi harfning seriya raqami va 11 sonidan tekshirish mumkin. Harfni, ingliz alifbosidagi tartib raqami bilan almashtirib, bu sonni boshqa sonlar bilan qo‘shib, undan so‘ng birgina son hosil bo‘lgunga qadar natijada chiqqan sonlarni qo‘shish kerak. Agar bu son 8 bo‘lsa, kupyura haqiqiy hisoblanadi. Tekshirishning yana bir usuli, xuddi shunday uslubda, faqat harfning ishtirokisiz bo‘lgan qo‘shishdan iborat. Bitta harf va bitta sondan tashkil topgan natija ma’lum bir mamlakatga mos kelishi kerak, chunki yevro turli xil davlatlarda chop etiladi. Masalan,Germaniya uchun bu X2.

1. Banan yegan bo‘lsangiz kerak? Hozirda bu mevani nafaqat supermarketlardan, balki bozorlardan ham topish mumkin. O'zimizda yetishtirilmagani sababli biroz qimmat, lekin baribir narxi osmonda emas. Banan allergiya chaqirmaydi, hatto yosh bolalarga ham bersa bo‘ladi. S vitamini va kaliyga boy. Bu mevaning asl vatani Osiyo changalzorlari hisoblanadi. Bananning poyasi, ya’ni shox-shabbalari daraxtniki singari baquvvat bo‘lmaydi. Shu bois soniyasiga 25 metrdan ortiq tezlikda esgan shamol butun bananzorni 1 daqiqaga qoldirmay payhon qilishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘simlikka tirgak qo‘yib chiqiladi.
2. 1849 yili senator David Atchison faqat 1 kunga AQSh prezidenti lavozimini o‘tagan. Shunda ham u bu kunning asosiy qismini... uxlab o‘tkazgan.
3. Misrda jala 200 yilda bir marotaba quyadi.
4. PyotrI ning bo‘yi taxminan 213 sm ni tashkil etgan.
5. Insonda 20 ta sut tishi bo‘ladi.
6. Marsga hali inson qadami yetmagan bo‘lsa-da, ushbu sayyoraning o‘z bayrog'i bor.
7. Tennisning oyoqda o‘ynaladigan turi ham bor va u “futboltennis” deb ataladi.
8. 2 ming yil oldin ham forslar lavlagi nimalagini bilishgan. Biroq unga urush-janjal belgisi deb qaraganlar.
9. Yetilayotgan karamning boshi bir kunda ishga yaroqli ot ichadigan suvni “hazm qilib yuboradi”.
10. Sportning shaxmat va boks turlari qo‘shilishidan paydo bo‘lgan shaxboks o‘yini bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazib turiladi.

1. Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha bir yilda yetishtiriladigan kartoshkaning qiymati shu muddat ichida qazib olinadigan oltin va kumush qiymatidan ko‘pdir. Bu serdaromad sabzavot Yevropada XVI asrda paydo bo‘lgan. Dastlab uni bog'larda manzarali o‘simlik sifatida ekishgan, keyinchalik ustki ho‘l mevasidan murabbo tayyorlaganlar va nihoyat ildiz mevasini ham iste’mol qila boshlaganlar. Ancha vaqt mobaynida kartoshka juda tanqis bo‘lgan, turli bayramlarda odamlar uni yaqinlariga sovg'a sifatida ulashgan.
2. Fransiyada yetishtiriladigan “La Bonnotte” kartoshka navining 1 kilogrammi taxminan 500 yevro turadi. Bu pulga o‘zimizning kartoshkadan olinsa, to‘rt-besh yilga bemalol yetadi.
3. Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchining “Lester qonunlari” (“Suv, yer va osmon jismlari haqida risola”) asaridir. Qimmatbaho qog'ozga yaltiroq harflar bilan yozilgan bu kitobni dunyo milliarderi Bill Geyts 24 million dollarga sotib olgan. Kitobga ayamay pul sarflaydigan milliarder bekorga boy bo‘lmagan bo‘lsa kerak.
4. Yer sayyorasining aholisi foydalangan eng qadimgi taroqlarni baliq suyaklari deb aytish mumkin. Birinchi taroq qayerda va qachon ixtiro qilinganligi noma’lum,lekin dastlabki taroqlardan biri Qadimgi Rim hududida topilgan. U hayvonning katta suyagidan yasalgan bo‘lib, bir-biridan 0.2 sm masofada joylashgan tishlari va ruchkasi qo‘l bilan o‘yib chiqilgan. Keyinchalik taroqlar yog'ochdan, marjondan, fil suyaklaridan, toshbaqa kosasidan va turli hayvonlarning shoxlaridan ham yasala boshlagan . Taroqlar uchun ushbu ashyolar deyarli XIXasr o‘rtalarigacha ishlatilgan. 1869 yilda aka-uka Isayya va Jon Xayatlar taroqlar ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirgan selluloidni kashf qildilar.
5. Tugmachani aynan kim ixtiro qilgani noma’lum. Ba’zi olimlar bu yunonlar yoki rimliklardan, boshqalari - tugmacha Osiyodan kelgan deb aytadilar. Ular ko‘pincha fil suyaklaridan yasalgan. Tugmachalar XIII asrga kelib keng tarqalgan va deyarli XVIII asrgacha, boylik va aslzodalar nasabidan kelib chiqqanlik belgisi edi. Qirollar va zodagonlar, o‘zlariga tilla va kumush tugmachalarni yasattirishgan. XVIII asr boshlarida, tugmachalar metall va misdan yasala boshlangan, va deyarli XIX asrgacha tugmachalar shunchalik qimmat mahsulot ediki, ular kiyimdan kiyimga tikilardi .
6. Zar qog'oz qoplangan g'o‘lani ko‘z oldingizga keltiring. Ovozni kuchaytiruvchi karnayga ulangan ignaning uchi o‘sha g'o‘laga tegib turibdi. G'o‘la sekin aylanyapti.Ovoz kuchaytiruvchi bu karnayga gapirilsa, tovush zarbidan igna harakatga keladi va uning uchi zarqog'ozga dam katta, dam ingichka iz o‘yadi va bu bilan tovush yo‘lchalari hosil bo‘ladi. 1877 yilda amerikalik ixtirochi Edison yaratgan tovush yozish va ovoz eshitish apparati - fonograf shu yo‘sinda ishlagan. 1888 yilda esa nemis ixtirochisi Berliner fonograf g'o‘lasi o‘rniga aylanuvchi taglik o‘rnatdi. Shu tariqa gramplastinka kelib chiqdi.
7. 1835 yilda Nyu-Yorklik vrach Jon Ayrlend Xoui to‘g'nog'ichlarni ishlab chiqaruvchi mashinani kashf qildi. To‘g'nog'ichlar, tabiiyki, tikuvchilar uchun yaratilgan, lekin ular varaqlarni birlashtirishda ham keng qo‘llanilgan. Qayriltirilgan sim bo‘lagi bilan qog'ozlarni birlashtirishni birinchi bo‘lib, norvegiyalik ixtirochi Yoxan Vaaler 1899 yilda o‘ylab topdi, biroq u hozirgi zamon skrepkasiga o‘xshamas edi. Bugungi kundagi skrepkaning ilk ko‘rinishini «Gem Manufacturing Ltd»ingliz kompaniyasida ixtiro qilishgan, biroq negadir uni hech kim patentlamagan.
8. Toshlardan, hayvon suyaklaridan yoki shoxlaridan yasalgan, dastlabki teshikli ignalar zamonaviy g'arbiy Yevropa va Maraziy Osiyo hududlarida 17 ming yil ilgari topilgan. Afrikada palma barglarining paylariga bog'langan, o‘simliklardan qilingan iplar igna sifatida xizmat qilgan.
9. Ilk po‘lat igna Xitoyda yasalgan. O'sha yerda eramizdan avvalgi 3 asrda angishvona kashf qilingan. Mavritaniya (qadimda Afrikaning shimoli-G'arbiy hududlari, zamonaviy Jazoir Qarbiy hududi va zamonaviy Marokashning sharqi) qabilalari bu kashfiyotlarini g‘arbga olib borishgan .
10. Atlantika okeanida maydoni uncha katta bo‘lmasa-da, boshqa okean mintaqalariga qaraganda anchagina mashhur bo‘lgan hudud bor. Bu taxminiy uchburchakning bir uchi Bermud orollariga, bir uchi Florida yarim oroliga, yana bir uchi esa Puerto-Rikoga tutashadi. Bermud uchburchagi deb nom olgan bu hudud nafaqat Atlantika okeanidagi, balki butun yer yuzi okeanlaridagi eng jumboqli va xavfli joy hisoblanadi.

1. Kim, qachon va nima uchun g'ildirakni ixtiro qilganligi tarixning eng murakkab sirlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Eng qadimgi g'ildirak Mesopotamiya hududida topilgan bo‘lib, u 55 asrlarcha oldin yasalgan. Miloddan avvalgi XXXV asr Shumerlar piktogrammasida birinchi marta arava ko‘rinishidagi narsa-g'ildirakli chana tasvirlangan. O'sha paytdagi g'ildiraklar butun disk ko‘rinishida yog'ochdan qirqilgan. Kegayli birinchi g'ildiraklar Kichik Osiyo yarim orolida, eramizdan avvalgi XX asrda yasalgan va xuddi shu asrning o‘zida Yevropa, Xitoy va Hindistongacha borgan. Misrda ulardan yuk tashish uchun ham foydalana boshlashgan.g‘ildiraklar va har qanday aravalar Qadimgi Yunonistonda, keyin esa Rimda ham keng tarqalgan.
2. Geologlar Afrika janubidagi Namibiya davlatining eng qurg'oqchil hududida ulkan yer osti suv manbasiga duch keldilar. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu yerosti dengizi Afrika qit’asining shimoliy hududlarini kamida 400 yil suv bilan ta’minlab turishi mumkin ekan. Namibiyada Atlantika okeani sohillarini hisobga olmaganda o‘z suv havzalari deyarli yo‘q , daryolari esa juda kam. Ular ham faqatgina yomg'ir mavsumida oqib, jazirama issiq kunlarda qurib qoladi. Shu bois mamlakatda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish mushkul .
3. Vino uzumdan tayyorlangan (lekin ko‘pgina sharbatlar kabi suyultirilgan uzum kontsentratidan emas) mahsulot, quyosh nurlaridan saqlovchi vosita hisoblanadi. Teri ultrabinafsha nurlarga yo‘liqqanida, teri hujayralaridagi faol kislorod ushbu hujayralariga ziyon keltiradigan fermentlarni oksidlaydi. Uzum tarkibida flavonid deb atalmish birikmalar mavjud bo‘lib, ular hujayralardagi kislorodning faol formalari shakllanishiga yo‘l qo‘ymaydi, shu bilan birga uning potentsial zararini kamaytiradi .
4. Avstraliyaning janubi-sharqiy qismida dunyodagi eng uzun to‘rli devor mavjud bo‘lib, uning uzunligi 5614 kilometrga teng, lekin shosse yo‘llari o‘tgan joylarda uzilib davom etadi. Bu devor 1885 yilda yaylovlardagi qo‘ylarni dingo (Avstraliya yovvoyi iti)dan himoya qilish maqsadida qurilgan. Asosan bu devor o‘z vazifasini bajaradi, dingodan qo‘ylarning o‘limi qisqardi. Ayni paytda ushbu yaylovda qo‘ylar bilan raqobatda bo‘lgan kenguru va quyonlarning populyatsiyasi ko‘tarildi. Avstraliyaning g'arbida 3253 kilometr uzunlikdagi qurilgan yana bir devor quyonlardan himoyalanish maqsadida qurilgan, chunki bir paytlar quyonlar qit’aga kuchli ekologik xavf tug'dirgan.
5. Yer yuziga 5 marta Marsdan meteoritlar tushgan. Ular Marsdan uzilib to‘g'ridan -to‘g'ri Yerga tushgani yo‘q. Olimlarni fikricha , millionlar yil ilgari qandaydir katta ob'yekt ta’siri tufayli Marsning bir bo‘lak jinsi ajralib, uzoq sayohatga chiqib ketdi. Ularning ayrimlari Yerga: taxminan 24000 ta ilm-fanga ma’lum bo‘lgan meteoritlardan 34 tasi Marsdan edi, albatta barchasi ilmiy tasdiqlangan .
6. Agarda sizning kalitingiz qulflangan avtomobilni ichida qolib ketgan bo‘lsa, uyingizda esa zaxira kalitingiz mavjud bo‘lsa, o‘z mobil telefoningizdan uydagilarning mobil telefoniga qo‘ng'iroq qiling.
7. O'z mobil telefoningizni avtomobil eshigining oldida 30 sm masofada ushlab turing, ayni paytda uydagilaringizdan biri zaxira kalitning pultida ochish tugmasini bosib mobil telefonga yaqin tutmoqligi lozim. Sizning avtomobilingiz ochiladi. Ajoyib vaqtingizni tejash imkoniyati, sizga zaxira kalitni olib kelishga ovorasi bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda masofaning ahamiyati yo‘q, xoh yuzlab kilometr uzoqlikda bo‘ling, asosiysi telefon qilib ulansangiz bo‘lgani va siz avtomobilingizni ochib olasiz.
8. Yangi Zelandiyada olimlarga tanish yagona qanotsiz qush - kivi yashaydi, bundan tashqari uning dumi ham yo‘q, patlari esa junga o‘xshaydi. Agar ichki a’zolari tuzilishi va tumshug'i bo‘lmaganda, uni sut emizuvchilarga xos deb bo‘lardi. Axir o‘zini tutishi va tashqi ko‘rinishi aslo qushga o‘xshamaydi.
9. Agarda sizga uxlash uchun 5 daqiqa yetarli bo‘lsa, demak sizga uyqu yetmayapti. Uxlash uchun kerakli eng yaxshi vaqt oralig'i 10 va 15 daqiqadir. Bu degani, siz kunduzi yaxshigina charchagansiz, ammo kun davomida o‘zingizni tetik his qilgansiz degani.
10. Siz bor-yo‘g'i bittagina zaharli qush borligini bilasizmi? Bu ikki rangli pashshaxo‘r qorayaloq,chumchuqsimonlar oilasiga kiradi va Yangi Gvineyada yashaydi. Buning hayratlanarli joyi yo‘q, axir qush zaharli qo‘ng'izlar-Choresine pulchra (zahari - batraxotoksin)ni yeb kun ko‘radi. Evolyutsiya mobaynida pashshaxo‘rlarda zaharga nisbatan immunitet hosil bo‘lgan va zahar uning terisi va patlariga singib ketgan. Shu tariqa odam va kichik hayvonlarning unga tegib ketishi ham xavfli.

1. Bugungi kunda sun’iy yomg'ir tashkil qilsa bo‘ladi. Samolyotdan quruq yaxning bo‘laklarini bulutlarga tashlansa, yomg'irga aylanadi. Bulutlarda uglekislota suv bilan aralashib, qor shaklida tushadi, tushgunigacha qor parchalari isib yomg'irga aylanadi. Shunday qilib qurg'oqchilikka qarshi qurashsa yoki bulutlarni tarqatsa bo‘ladi.
2. Oyda bosim Yerga nisbatan qariyb 6 baravar kuchsiz. Yupiterda esa Yerdagiga qaraganda 2,5 baravar kuchli. Bunday sharoitda o‘n kilolik tosh bizga 25 kilogrammdek tuyuladi.
3. Chanel...Bu atirni yoqtiradiganlar juda ko‘p. Atirlar tarixida Shanelchalik hech bir atir shuhrat topmagan. Ba’zilar uning tubiga qadar umrining oxirigacha yetib bormaydi. Uning tarkibida yasmin, atirgul, gulsapsar, mushk, marvarid, yog'och hamda vanil keng qo‘llaniladi. Ularning hidi osonlikcha ketmaydi.
4. Neftning bir tomchisi 25 litr ichimlik suvni yaroqsiz qiladi.
5. Shimoliy Amerikada muqaddas ketsal qushi yashaydi. U chiroyliligi va erksevarligi bilan mashhur. Inini ham antiqa shaklda ikki tirqishli qilib quradi: biri kirish,ikkinchisi chiqish uchun!
6. Panama davlatining nomi «kapalak» ma’nosini anglatadi.
7. Janubiy Osiyo davlati Tailand poytaxti Bangkok «yovvoyi olxo‘ri makoni» deb tarjima qilinar ekan. Aslida uning mahalliy nomi 147 harfdan iborat: «ilohiy xazinaning eng yuksak makoni hisoblangan farishtalarning buyuk shahri... to‘qqiz tosh markazi...»
8. Kanada hindulari suv qunduzini mehnatsevarligi va farosatliligi uchun yaxshi ko‘rishadi.
9. Yerdan Oygacha bo‘lgan masofa ulkan: taxminan 400 ming kilometr. Shunga qaramay, Yer va Oy o‘rtasidagi tortishish 200 million milliard kilonyutonni tashkil etadi.
10. Dunyoning eng ko‘p yog'ingarchilik bo‘ladigan nuqtalarida qishda suv yetishmovchiliklari bo‘lar ekan. Yomg'ir fasllaridan keyin shunday qurg'oqchilik kelar ekanki, hatto aholi suvni boshqa shaharlardan sotib olisharkan.

1. Fizika fani orqali ishqalanish kuchidan xabaringiz bor. Uning ham foydali, ham zararli tomonlari mavjud ekan. Agar ishqalanish kuchi bo‘lmaganida asfalt bo‘ylab yurish silliq muzda harakatlangandek qiyin kechardi. Birorta buyumni sal turtib yuborsangiz, ular joyidan katta tezlikda uchib ketardi. Qo‘lga biror jismni olib bo‘lmas, ular sirg'alib tushib ketishi aniq edi.
2. Qadimgi yunonlar to‘rt buklangan papirus qog'ozini «tetrad» deb atashgan.
3. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob so‘nggi 400 yil davomida Bibliya bilan deyarli bir xil adadda nashr etilgan. U qirol saroyida ham, oddiy xalq orasidayam juda mashhur edi. XVII asr oxirida cherkov uni «Taqiqlangan kitoblar ro‘yxati»ga kiritdi. Bu Nostradamusning «Senturii» («Yuz yilliklar») kitobi edi.
4. Ko‘hna Rimda 20 yil mobaynida harbiy xizmatda bo‘lganlarni «veteran» deb atashgan.
5. Qadimgi rimliklarda fevral yilning eng so‘nggi oyi sanalgan.
6. Olimpiya ramzi bo‘lgan besh halqada Afrika qora, Osiyo sariq, Amerika qizil, Avstraliya yashil va Yevropa ko‘krangda tasvirlangan.
7. Yuz kvadrillionda 17 ta nol bor.
8. Islandiyada familiya ko‘p qo‘llanilmaydi. Xatto rasmiy murojaatlarda ham ko‘pincha familiya o‘rniga otasining ismini qo‘shib aytadilar.
9. Sakkizoyoqning qoni ko‘k, ko‘z qorachig'i to‘rtburchak.
10. Samodagi eng yorqin yulduz - Sirius.

1. Daniya davlat gerbida fil tasvirlangan.
2. Klara Setkin Kopengagen shahrida xalqaro ayollar kunini 8 martda nishonlashni taklif etgan.
3. Mashhur shoir Jorj Gordon Bayron (17881824) o‘z yurtining eng zo‘r bokschisi bo‘lgan.
4. Ispan tili tinish belgilari qoidasiga ko‘ra, so‘roq gapning boshida ham, oxirida ham so‘roq belgisi qo‘yish mumkin.
5. «Oila» so‘zi lotinchada «familiya» deyiladi. Italyanchada esa «mafiya».
6. Singapur shahri nomi «sher shahri» deb tarjima qilinadi.
7. Niderlandiya davlati fuqarolarini qo‘shnilari «Yevropalik yaponlar» deb atashadi.
8. To‘liq ismi Liza di Antonio Mariya di Nolda del Gerardini bo‘lgan ayolning erlik familiyasi Jokonda edi.
9. Qadimgi Gretsiyada toshbaqa uy bekasining ramzi hisoblangan.
10. O'rta yer dengizini finikiyaliklar «Ufqning buyuk dengizi», rimliklar «Bizning dengizimiz», deb atashgan.
11. Solt-Leyk-Sitidagi qishki olimpiadalar tarixida bu ikkinchi marta sodir bo‘ldi. Ya’ni, aka-uka xokkeychilar Martin va Robert Rayxellar bir-biriga qarshi o‘ynadi. Ilk bor esa 1960 yilda Skvo-Vellida o‘tkazilgan o‘yinda ham aka-uka xokkeychilar Frantishek va Zdenek Pikallar bilan shunday vaziyat yuz bergandi.
12. Sankt-Peterburgda 312 ta ko‘prik bor.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.