Kanal
Qiziqarli

Haqiqiy matriarxat qanday ko'rinishga ega. Bu "ayollar" qabilasining hayoti tasavvurni lol qoldiradi!

Haqiqiy matriarxat qanday ko'rinishga ega. Bu "ayollar" qabilasining hayoti tasavvurni lol qoldiradi!

Biroq, xitoylik moso qabilasida hamma narsa boshqacha. Unda yashovchi erkaklar ularning jamiyatlarida ayollar bosh ekanligini biladilar va ular bunga qarshi boroshga jur'at etmaydilar.

Qabila Yunnan janubi-g'arbiy provinsiyasida yashashaydi va uning xalqi mana 2000 yildan buyon matriarxat tuzumini tutib kelmoqda. Bugungi kunga kelib bu xalqning aholisi soni 40 ming kishini tashkil qiladi. Bu Xitoydagi yagona bunday manzulgoh. U norasmiy - Qizlar qirolligi - degan nomga ham ega.

Qabiladagi asosiy ishni ayollar bajaradi. Ular molarni ko'paytiradilar, ov bilan shug'ullanadilar, yerga ishlov beradilar, jamoat masalalarini hal qiladilar. Ba'zilar esa, hatto xarbiy ishni ham o'zlashtiradilar! Bu yerda erkaklar nima bilan mashg'ul? Ular savdo-sotiq, hunarmandchilik va xizmat ko'rsatish sohalarida ishlaydilar. Ularga munosabat ham shunga yarasha: zaif jinsga bo'lgani kabi.

Ko'pincha erkaklar vaqtlarini xitoy shashkalarini o'ynash bilan o'tkazadilar va ular bunday bekorchi hayot tarzi olib borishlaridan insoflari qiynalmaydi. Bu yerda shu urf bo'lgan! 

Sevgi va oila qurish masalalari bo'yicha esa tabiiy-ki, bu qabilada hamma narsa boshqacha tarzda. Xonim o'ziga yoqqan kavalerni tanlaydi (uni a-sya deb atashadi), biroq, agarda u xonimni qoniqtirmasa, ayol undan istagan vaqtida vos kechishi mumkin. 

Bir vaqtning o'zida bir nechta "a-sya" larga ega bo'lish qoralanmaydi. Lekin, bu hol kamdan kam yuz beradi. Chunki, moso-ayollarida adolat hissi juda kuchli rivojlangan. "Hammaga barcha narsalar yetishi kerak". 

Mosoda biz biladigan nikohlar tuzilmaydi ham. Bolalarni xar doim ona tarbiyalaydi. Siz hayrotga tushasiz, lekin bolalar hattoki otalari kimligi haqida qiziqmaydilar ham. Bu xalqning tilida esa, " ota" degan so'z yo'q. Ona deb esa, har qanday mosa ayolini atash mumkin ekan. 

Qiz bolaning tug'ilishi - haqiqiy bayram ekan. Qiz tuqqan ayolni ilohlar duo qilgan deb hisoblanar ekan. O'g'il bolalarga esa munosabat ancha sovuq bo'lar ekan. 

Qabilaning ba'zi ayollari ularga erkaklar deyarli kerak emasligini ta'kidlaydilar. Ularning birgina funksiyasi bor bo'lib, u ham bo'lsa, homilador bo'lish uchun kerakligidir. 

Mosa qabilasi - agarda ayollar rulni boshqargan bo'lganlarida dunyo qanday ko'rinishga ega bo'lishining yorqin misolidir. To'g'risini aytsam, men uchun bu butunlay yot narsa! Undan ko'ra dunyoni erkaklar boshqarsinlar, biz esa ojiz va nozik bandalari bo'lib qolaveraylik. Sizchi, nima deb o'ylaysiz? 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish