Go'zallik uchun 23 ta mukammal g'oyalar! Uyqingiz pishmagan bo'lsa ham qanday qilib maftunkor ko'rinish haqida!

Agar siz bu hissiyot bilan tanish bo'lsangiz, u holda, siz uchun quyidagi go'zallik uchun maslaxatlar juda ham o'rinli bo'ladi.

Har qanday soch shpilkasi sochlarda mustaxkamroq turishi uchun, sochni turmaklashdan avval soch lakini shpilkaga sepib keyin taqsangiz kifoya.

Agarda kiyim tozalash uchun valik qo'lingiz ostida bo'lmay qolsa, sizni bezor qilgan tuklarni qosh uchun chyotkacha yordamida olib tashlasangiz bo'ladi.

Manikyurdan so'ng sarg'ayib qolgan tirnoqlarni tush pastasi juda yaxshi sayqallaydi. Hamda, pasta lakning qoldiqlarini ketkazishga va juda qattiq jabrlangan tirnoqchalarni ham oqartirishga qodir.

Asalli niqob terini chuqur oziqlantiradi va namlantiradi. Atigi 10 daqiqa bunday niqob ta'sir qilishi va terini silliqina qilishiga yetarli bo'ladi.

Shaffof rang lak kapron kolgotkalardagi strelkani darxol to'xtadi.
Shuningdek, shaffof rang lak vannaning yuzasidagi zanglagan dog'lar bilan kurashishda yordam beradi. U bilan shampun va boshqa kosmetika vositalari idishlarini tagini buyab quying - ayanchli izlar boshqa paydo bo'lmaydi!

Kichkina mixcha - ziraklar va to'g'nag'ichchalarni, ularni tugmalarga kiygazgan holda saqlash juda qulay. Hamda xech narsa yo'qotilmaydi ham!
Sochingizni bo'yash uchun vaqt bo'lmagan hollarda ayyorona layfxakni qo'llasangiz bo'ladi. Bu favqulodda chora bo'lib, lekin u juda ham kerak bo'lib qolishi mumkin!
Sochingiz rangiga mos yaltiroq zarralari bor bo'lgan tenlarni tanlang. Sochingiz ildiziga va unga yaqin joydagi sochlarga lak seping va darhol tenlarni surting. Bu narsa vaqtinchaga o'sib ketgan xunik ildizlarni va oq sochlarni berkitishga yordam beradi.

Sariq sochlilar uchun juda ham zo'r layfxak. Agarda siz sochingizni och rang palitrasiga boyasangiz, u holda sochlaringiz o'z rangini birdaniga yashil tusga o'zgartirishiga tayyor turing. Odatda bu hol xlor solingan suvli basseynlarga tashrif qilgandan so'ng yuz beradi. Sochlaringizga jilo va oqlikni qaytarishga ketchup yordam beradi - uni boshingizga surtib, 15 daqiqa ushlab turing, huddi niqob kabi. Keyin yuvib yuboring.

Tualet qog'ozi bemalol kosmetik salfetkalarni, agar ular qo'l ostida yo'q bo'lib qolsa, o'rnini bosa oladi. Teridan yog'li yaltirashni juda yaxshi olib tashlaydi.

Bosma qog'oz statik elektrni nafaqat kiyimingizdan, balki sochlaringizdan ham olib tashlaydi.

Terini odatiy yo'l bilan tozalagandan so'ng toner qo'llash lozim - u teridagi yog' va kosmetika qoldiqlarini yo'qotadi va yuzdagi poralarni toraytiradi.
Tonerni tabiiy maxsulotlardan qilishni taklif qilamiz. 1 choy qoshiq dengiz tuzini yarim stakan suv bilan aralashtiring. Bu mo'jizaviy aralashmani sepuvchi tugmali idishga quying va yuzingizni yuvgandan so'ng qo'llang. Tonerdan so'ng yuzingizni paxta disklari yoki salfetka yordamida artib chiqing.
Yog'li sprey yordamida siz juda tez tirnoqlaringizni qurita olishingiz mumkin. Shoshilish kerak bo'lgan vaqtda bu oltinga tengdir!

Sochlar uchun qisqichlar kiyimdagi dazmol qilish juda qiyin bo'lgan joylardagi burmalarni tekkislashga yordam beradi. Ayniqsa, tugmachalar orasodagi joylarni!

Unamaydigan sochlarni qo'lga o'rgatish mumkin, agarda oddiy, qo'l uchun krem ishlatsa. Salgina qo'llaringizni krem bilan surtib, ularni sochlaringiz bo'ylab yurgizing. Bu usul nam sochlarda yaxshiroq ishlaydi va murakkab turmaklar qilishda yordam beradi.
Og'iz chayqash vositasi birdaniga pi bo'lib qolgan qadoqlardan haloskor bo'lishi mumkin. Uni og'iz chayqash vositasi bilan surtib chiqing va qizarish tezda o'tib ketadi, katta qavariq hosil bo'lmaydi.

Tovoningizdagi yorilgan joylarini uyqudan avval saryog' bilan yog'lab, paypoq kiyishni yoddan chiqarmay yoting. Bir oydan so'ng tovonlaringiz ipakday bo'lib qoladi!

Vazelin bilan oyog'ingizni noqulay oyoq kiyim tufayli jarohatlanadigan zonalarini surtib qo'ying. U yerda boshqa qadoqlar paydo bo'lmaydi!

Agarda sizda endigina oq soch paydo bo'lishi boshlayotgan bo'lsa, doimiy ravishda boshingizni yog'lar bilan uqalab turing. Bu oq sochlar paydo bo'lishini 50% ga kamaytirishga yordam beradi.

Soch-soqol olish kremi tugaganida, yangisini olishga shoshilmang. Soch uchun kondisioner soch-soqol olishni undanda qulayroq qilishi mumkin! Uning konsistensiyasi tifayli sochchalar puxtalik bilan olinadi teri esa, juda ham mayin bo'lib qoladi.

Qora nuqtachalarga qarshi vosita
2 osh qoshiq makkajo'xori uni va 2 choy qoshiq sirka - yuzdagi qora nuqtachalarga qarshi mo'jizaviy vosita. Teringizga 10 daqiqaga uni surting, bir oz uqalang va yuvib tashlang.

Eng yaxshi skrab
Suli yormasi atalasi tana va yuz parvarishi uchun juda yaxshi skrab. Teri yangilanish uchun mo'ljallanga qimmatbaho kosmetikani omadli ravishda o'rnini bosadi! Suli terining shikastlanib achishini kamaytiradi va quyoshda kuyib qolgan teri qismlarini tinchlantirishga yordam berib, sizning yanangizdagi har bir poralarini yaxshilab parvarish qiladi.

Bog'ichlar tarang tugun bo'lib qolganda yoki sevimli zanjirchangiz chorasiz darajada tugilib qolganda, makkajo'xori kraxmalini qo'llang. U bilan tugunni bir oz surting va tugunni yechish bir necha marotaba onson bo'ladi!

Ko'zingizga iliq choy xaltachalarini qo'ying - bu qovoqlarning ishishini va qizarishlarni yo'qotadi.

Ko'z burchakchalaridagi och rang tenlar mo'jiza yaratadi! Nigoh ochiq bo'lib qoladi va eng sillasi qurigan yuz ham qiyofasini o'zgartiradi. Bu maslahat shiddatli ish haftasining qizigan vaqtida ham sohibjamol bo'lib qolishga yordam beradi!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.